Iqtisodiyot va menejment


oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlashda mexnat va yong„in



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

 
3.2 oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlashda mexnat va yong„in 
xavfsizligi 
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning bosh 
maqsadi inson manfaatlariga qaratilgan. Shunga ko‗ra, korxonalarda ham faoliyat 
ko‗rsatayotgan xodimlar salomatligini, ular hayoti xavfsizligini ta‘minlash korxona 
rahbariyatining diqqat markazida bo‗lishi lozim.
O‗zbekiston Respublikasida mehnatni muhofazasi «Mehnatni muhofaza 
qilish» qonuniga binoan (5-modda) mehnat muhofazasi O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi. 
Davlat strukturasidagi barcha bo‗limlar bu bilan shug‗ullanib, boshqarib 
borishadi. 
Korxonalarda mehnat qonunlarining buzilmasligining tarmoq nazoratini 
vazir va birlashmalar bo‗ysunish tartibi bilan amalga oshiradi. 
Hayot faoliyati xavfsizligining barcha sohalari bo‗yicha bajariladigan 
tadbirlar davlat byudjeti, korxona, tashkilot, homiylar va boshqalar tomonidan 
moliyaviy ta‘minlanadi. 


46 
Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish majburiyligi ham qonunda 
batafsil ko‗rsatib o‗tilgan. Unga ko‗ra korxonalar xodimlarning texnika 
xavfsizligini ta‘minlashlari, shu maqsadda tegishli adabiyotlar, plakatlar bilan 
ta‘minlashlari, xodimlar o‗rtasida instruktajlar o‗tkazib turishlari, shuningdek
zaruriy hollarda xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‗r suv, 
shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta‘minlashi lozimligi keltirilgan. 
Korxonadagi har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatini muhofaza 
qilish standartlari, qoida va me‘yorlari talabalariga muvofiq bo‗lishi lozim. 
Korxonada mehnatning sog‗lom va xavfsiz sharoitlarini ta‘minlash, ishlab 
chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o‗rnatilishini tashkil etish 
va nazoratning natijalari to‗g‗risida mehnat jamoalarini o‗z vaqtida xabardor qilish 
ma‘muriyat zimmasiga yuklanadi. 
Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek, o‗ta 
noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog‗liq sharoitlarda bajariladigan 
ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me‘yorlarda 
maxsus kiyim, poyabzal va boshqa maxsus himoya vositalari, yuvish va 
dizenfeksiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlari, parhez ovqat bepul beriladi. 
Korxonada mehnatning sog‗lom va xavfsiz sharoitlarini ta‘minlash 
yuzasidan ma‘muriyat bilan xodimlarning o‗zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi 
yoki bitimida ko‗zda tutiladi. 
Korxona ma‘muriyati tomonidan mexnat konunchiligiga rioya kilinishi 
yukori idora organlari, maxsus davlat inspeksiyasi (Gos energonadzor), prokratura 
shuningdek kasaba soyuz organlari va ularning raxbarligidagi jamoatchilik nazorat 
kiladi.
Kasaba soyuzlarning ishlab chikarishdagi kumitalari xuzuridagi mexnat 
muxofazasi bo‗yicha komissiya tashkil qilinadi. Komissiya mexnat konunchiligiga, 
xavfsizlik texnikasiga va ishlab chikarish sanitariyasiga doir koida va normallarga 
rioya qilishni tekshiradi va mexnat muxofazasiga oid bo‗lgan kuriklarda ishtirok 
etadi. 


47 
Bu komissiya ishchilarga instruktaj berish va xavfsiz ishlash usullarini 
o‗rgatish sifatini, xatolar va asboblarning tuzukligini, mexnat muxofazasiga 
ajratilgan mablag‗larni sarflanishini, baxtsiz xodisalarni to'g'ri hisobga orlinishini 
nazorat kiladi, ishlab chikarish travmatizli va kasbiy kasalliklar sabablarini 
urganadi va ma‘muriyatga takliflar kiritadi, ishchilarning maxsus korjoma, maxsus 
oyok kiyimi individual ximoya vositalari sut, sovun, sifatli ichimlik suv bilan 
vaktida ta‘minlanishini nazorat kiladi. Komissiya istagan vaktida ish urinlarini 
tekshirishi mumkin. 
Mexnat muxofazasi bo‗yicha jamoat inspektor xujalikning har kaysi 
bulinmasida bir yil muddatga saylanadi. U mexnat konunchiligiga rioya kilinishini, 
instruktajning uz vaktida utkazilishini nazorat kiladi, stanoklar asbob-uskunalar, 
ximoyalovchi kurilmalar buzukligini aniqlash, chikindilarni uz vaktida yigishtirib 
olinishi, utish joylari va ish urinlarida tartibga rioya kilinishini nazorat kilib turishi 
zarur, shuningdek ishchilar maxsus korjoma, ximoyalovchi vositalar, sovun bilan 
ta‘minlanishini tekshirib turishi zarur. 
Korxonalarda kasaba soyuz qoshida mexnat texnikaviy inspektori 
tayinlanadi. U mexnat qonunchiligi bo‗yicha ishlarni kasaba soyuziga qarashli 
korxonaldarda nazorat kiladi. Bundan tashqari qurilgan korxona va xonalar uning
ijozatisiz foydalanishga topshiriladi. Hamda davlat nazorati inspeksiyalari bilan 
aloqada bo‗ladi. "Yo‗l harakati qoidalari" ga rioya qilishni Davlat avtoinspeksiyasi 
nazorat qiladi.
Elektr qurilmalar, elektr tarmoqlar, bug‗ qozonlari, elektr stansiyalari
qishlok xo‗jaligi korxonalaridagi ko‗tarish-tushirish texnikalari ishlashi va ularga 
xavfsiz xizmat ko‗rsatish qoidalari rioya qilishni Davlat energiya nazorati 
inspeksiyasi nazorat qiladi. 
Davlat sanitariya nazorati Respublika sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Insoniyatning hayoti va ish jarayonida sodir bo‗lish ehtimoli ko‗p bo‗lgan 
va katta talofat keltiradigan baxtsiz hodisalardan biri yong‗in hisoblanadi. Shuning 
uchun korxonalarda yong‗in xavfsizligi choralarini ko‗rish, yong‗in sodir etgan 


48 
hollarda uni o‗chirishga moslashgan asboblarga ega bo‗lish muhim ahamiyatga 
ega. 
Korxonalarda, tashkilotlarda xavfsizlikni ta‘minlash va ish sharoitini 
yaxshilash ma‘muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari va kodeksida 
yozib qo‗yilgan. 
Har qanday korxonada ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatiladigan xom 
ashyosi, chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasi hisobga 
olingan holda yong‗in chiqishga, portlashga va yong‗in chiqqan taqdirda uning 
tarqalishiga, shuningdek yong‗inning asoratiga asoslangan holda yong‗inga va 
portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.
Albatta, har bir korxonada yong‗in xavfi birinchi navbatda, u yerda 
ishlatilayotgan xom ashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong‗inga 
xavflilik darajasi bilan o‗lchanadi. Shuning uchun ham korxonalarni 
kategoriyalarga 
ajratganda 
ishlatilayotgan 
moddalarning 
fizik-kimyoviy 
xususiyatlari hisobga olinadi. 
Korxonalarda yong‗inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalarning 
yong‗inga xavflilik darajasiga qarab, korxona ma‘muriyati belgilaydi. Agar 
korxonada yong‗in xavfli bo‗lsa, unda yong‗inga qarshi kurash bo‗limi tashkil 
qilinadi. Bunday bo‗lim o‗zining maxsus yong‗inga qarshi kurash komandalarini 
tashkil qiladi. 
Hozirgi vaqtda davlat yong‗inga qarshi kurash nazoratini Ichki ishlar 
vazirligining yong‗indan muhofaza qilish bosh boshqarmasi amalga oshiradi. 
Uning asosiy vazifasi korxonalarda yong‗in va portlashga olib keladigan sabablarni 
yo‗qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni 
amalga oshirishdan iboratdir. 
Qabul qilingan texnologik loyihalashning amaldagi me‘yorlariga binoan 
barcha ishlab chiqarish korxonalari texnologik jarayonlarning portlash va yong‗in 
xavfi bo‗yicha besh toifaga bo‗linadi (A, B, V, G va D). 
«A» hamda «B» toifalar portlash va yong‗in xavfi mavjud korxonalardir.


49 
«V» toifasiga faqat yong‗in xavfi mavjud korxonalar kiradi. Ular «A» va 
«B» toifalarida uchramaydigan yonuvchi suyuqlik, chang va tolalar, qattiq 
yonuvchi modda hamda materiallar mavjudligi bilan harakterlanadi.
«G» toifaga yonmaydigan moddalar va materiallarni issiq, cho‗g‗langan 
yoki erigan holda ishlaydigan, ish jarayonida nursimon issiqlik ajraladigan uchqun, 
alanga chiqib turadigan, shuningdek, qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg‗i 
yoqiladigan sexlar kiradi. «D» toifaga yonmaydigan moddalar va materiallar sovuq 
holatida ishlatiladigan sexlar kiradi. 
Yongin sanoat korxonalari, xalq xo‗jaligining barcha tarmokdarida yuz berib, 
yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‗lgan hodisa 
hisoblanadi. Ular katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og‗ir baxtsiz hodisalarga - 
zaharlanish, kuyish hamda kishilar halokatiga sabab bo‗lishi mumkin. 
Yong‗inga qarshi kurash ishlari davlat miqyosida amalga oshiriladi. Yong‗in 
xavfsizligini ta‘minlash, uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora-tadbirlarini 
oldindan ko‗rish, unga qarshi samarali kurash olib borish yonginni o‗chirishda 
qo‗llaniladigan birlamchi vositalardan to‗g‗ri foydalanishga qaratilgan. 
Korxonani loyixalashda, kurishda, texnologik jarayoni amalga oshirishda 
e‘tiborga olinadigan yongin
xavfsizligi chora tadbirlari kelajakda yonginning oldini 
olish va undan ogohlantirishda muhim hisoblanadi. 
Yong‗in
xavfsizligi qoida-talablarining buzilishi, texnologik jarayonning 
rejimga to‗g‗ri kelmasligi, elektrotexnik asbob-uskunalarning nosozligi, ulardan 
foydalanish qoidasining buzilishi sanoat korxonalarida yong‗in, portlash 
bo‗lishiga olib keladi. 
Yong‗in sodir bo‗lishi asosan texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi, 
korxona va sex ma‘muriyati tomonidan kamchiliklarga yo‗l qo‗yilishi bilan bog‗liq. 
Ishlab chiqarish korxonalarida mavjud bo‗lgan sabablar, beriladigan yoki 
qo‗yiladigan komponentlar tarkibi va tezligining o‗zgarishi, aralashtirilmasligi, 
uskunaga begona modda tushib qolishi, xom-ashyo tarkibining o‗zgarishi, gaz, 
bug‗larni yo‗qotish usulining buzilishi va boshqa holatlar avariyaga, portlashga 
olib keladi. 


50 
Texnologik jarayonlarda yong‗in xavfsizligini ta‘minlashda quyidagi 
umumiy tadbirlar amalga oshiriladi: 

xavfli texnologik usullarni xavfsiz turiga almashtirish; 

uskuna-moslamalarni tusiklangan holatda joylashtirish; 

korxona binolaridagi qo‗llanadigan yonuvchi va portlashga xavfli 
moddalarning miqdorini kamaytirish; 

uskuna, gaz quvurlarida, havo almashtirish tizimida yonuvchi 
moddalarning portlashga xavfli koitsentratsiyasi hosil bulishiga yul 
kuymaslik; 

yonuvchi aralashmalarga ingibitorlar, inert moddalar kushish; 

yong‗in alangalanadigan moddalarni saqlashda, ularbilan ishlashda inert 
muxitini yaratish; 

belgilangan texnologik rejimni aniq bajarish,standartlarga amal qilish; 

xavfli joylarda o‗t manbaining paydo bo‗lishigayo‗l qo‗ymaslik; 

yong‗in va portlashning tarqalishiga yo‗l qo‗ymaslik; 
Savdo korxonalari bino va inshootlarida yong‗inni o‗chirish uchun suv, suv 
bug‗i, ko‗pik, inert gazlar, kukunlar, siqilgan havo va qattiq moddalar keng 
qo‗llaniladi. O‗t o‗chirish moddalari elektr o‗tkazish va elektr o‗tkazmaslik 
xossalariga ega bo‗ladi. Shuningdek, zararli kam zaharli va zaharsiz turlariga 
bulinadi. Shuning uchun korxona ob‘ektlari va maydonlarini yong‗in uchirish 
moddalari bilan ta‘minlashda va yong‗inni o‗chirishda biror uslubni qabul qilganda 
ularni hisobga olish kerak.


51 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə