Iqtisodiyot va menejment


III-Bob. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlash yo„llari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

III-Bob. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlash yo„llari 
3.1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlash istiqbollari 
Insonlarning muhim ehtiyojlaridan biri oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan 
ehtiyojdir. Bu esa ushbu turdagi mahsulotlarni ko‗paytirishni taqozo etadi. Oziq-
ovqat mahsulotlarini yetishtirishda qishloq xo‗jaligi muhim sohalardan biri 
hisoblanadi. 
Sir emaski, dunyoda kuniga ming-minglab odamlar ochlik tufayli turli 
kasalliklarga chalinmoqda va hayotdan bevaqt ko‗z yummoqda. Nufuzli xalqaro 
tashkilotlarning ma‘lumotlar bo‗yicha hozirgi paytda yer kurrasida qariyb 1 
milliarddan ortiq odamlarning qorni nonga to‗ymaydi. 
Ma‘lumotlarga ko‗ra, so‗nggi 35 yil ichida dunyo aholisining bug‗doyga 
bo‗lgan talabi ikki barobarga ortib, g‗alla yetishtirish miqdori olti yuz million 
tonnaga yetdi. Hozirgi vaqtda barcha donli ekinlar maydoniga nisbatan bug‗doy 
ekiladigan yer maydoni jahon bo‗yicha 32 foizni tashkil etadi. Mutaxassislarning 
fikricha kelgusi 20-25 yil davomida bug‗doyga bo‗lgan talab 40 foizga oshadi. 
Demak, 2020 yilda jahon bo‗yicha bug‗doyga bo‗lgan ehtiyoj 840 million tonnani 
tashkil etadi. Mazkur talabni qondirish uchun jahon bo‗yicha bug‗doy 
hosildorligini bugungi kundagidan qariyb yana bir barobarga oshirishni taqozo 
etadi. Bundan ko‗rinadiki, kelajakda jahonda oziq-ovqat tanqisligi muammosini 
hal etish o‗ta tig‗iz masalalardan biri bo‗lib hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti 2015 yil 15 mayda qabul 
qilingan ―Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya 
qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi Farmonida ham xususiy tadbirkorlikning 
iqtisodiyotdagi roli va o‗rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish 
yo‗lidagi mavjud to‗siq va cheklovlarni tugatish, jumladan, qishloq xo‗jaligi 


33 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay iqtisodiy, huquqiy shart-sharoit 
va rag‗batlar yaratishga keng e‘tibor qaratilgan .
11
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq, qishloq xo‗jaligi 
sohasida ham keng ko‗lamli islohotlar boshlab yuborildi va g‗alla mustaqilligi 
g‗oyasi olg‗a surdi. G‗allachilikning ilg‗or usullari, zamonaviy va intensiv 
agrotexnologiyalari amaliyotga dadil tatbiq etildi va chet ellardan hosilni tez nest-
nobud qilmay o‗rib-yig‗ib oladigan kombaynlar sotib olindi. Shuningdek
dehqonlar moddiy manfaatdorligini oshirishga alohida e‘tibor berildi. Natijada 
O‗zbekiston g‗alla mustaqilligiga uzil-kesil erishdi. 
Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizni 2015 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasida ta‘kidlaganidek: 
―Mamlakatimiz qishloq xo‗jaligida ham chuqur tarkibiy o‗zgarishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Murakkab 
ob-havo 
sharoitlariga 
qaramasdan 
fermer 
va 
dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‗tgan yili mo‗l hosil 
yetishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ortiq g‗alla, 3 million 350 ming 
tonnadan ziyod paxta xirmoni barpo etildi. 
Ta‘kidlash kerakki, bunday mo‗l hosil asosan qishloq xo‗jaligida ishlab 
chiqarishni jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g‗o‗za va boshoqli don 
ekinlarining 
rayonlashtirilgan 
navlarini 
joriy 
qilish, 
zamonaviy 
agrotexnologiyalarni o‗zlashtirish evaziga ta‘minlandi. 
Mamlakatimizda bug‗doydan gektaridan o‗rtacha 55 sentner hosil olingani, 
ayrim tumanlarda bu ko‗rsatkich 60-77 sentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz, 
fermerlarimizning ulkan yutug‗idir
12
. Bu esa, o‗z navbatida, qayta ishlash 
11
O‗zbekiston Respublikasi 1-prezidentining ―Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli 
himoya qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi Farmoni. – Toshkent.; ―Xalq so‗zi‖ gazetasi, 2015 yil 16 may, 98 (6281)-son
12
I.A.Karimov. ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan olg‗a yurishdir‖. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 
yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisidagi ma‘ruzasi. Toshkent. ―Xalq so‗zi‖ gazetasi, 2016 yil 16 
yanvar, 11 (6446) – son


34 
korxonalarini xom ashyo, aholini esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗la 
ta‘minlash, shuningdek, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini 
oshirishga asos yaratdi. Eng asosiysi, qisqa muddatda mamlakatimizning oziq-
ovqat xavfsizligi ta‘minlandi. 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash deganda, mintaqada mavjud resurslardan 
unumli va oqilona foydalanish orqali fan-texnika yutuqlariga asoslangan holda, 
aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish demakdir. 
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya 
normalari va qoidalariga mosligi tushuniladi. 
Mamlakatimiz aholisini yuqori sifatli, xavfsiz, vitaminlar va mineral 
moddalarga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash ustuvor vazifalardan biri 
qilib belgilangan. Chunki, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida vitaminlar va mineral 
moddalar yetishmasligi onalar va bolalar o‗rtasida kasallik va o‗lim darajasining 
oshishiga, bolalar va o‗smirlarning intellektual-jismoniy rivojlanishining 
pasayishiga, katta yoshdagi insonlarning esa ish qobiliyatlarini susayishiga olib 
keladi. Bu salbiy oqibatlarni oldini olishning birdan-bir xavfsiz va tejamli usuli 
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini boyitishdir. 
Davlatimiz siyosati, avvalo, aholini boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta‘minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlarni 
amalga oshirish va oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish uchun vitamin-mineral 
aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini ta‘minlash 
muhim vazifa hisoblanadi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta‘minlash, aynan qishloq xo‗jaligi tarmog‗i zimmasida ekanligi bizga ma‘lum. Bu 
sohaning respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‗rin tutganligi uchun 
yurtboshimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridanoq qishloq xo‗jaligida 
keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, xo‗jalik yuritishning eng 
samarali, taraqqiy etgan davlatlar tajribasida o‗zini har tomonlama oqlagan 
fermerlik harakatiga o‗tilishi ushbu soha rivojida yangi davrni boshlab berdi. 


35 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli mamlakatimiz 1-prezidenti Islom 
Karimov ta‘kidlaganidek, istiqlol yillarida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarish 2 barobarga ko‗paydi. Bu mamlakatimiz aholisining qariyb 10 million 
kishiga yoki 30 foizdan ko‗proqqa oshganiga qaramay, jon boshiga to‗g‗ri 
keladigan go‗sht iste‘molini 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlarini 1,7 barobar, 
sabzavotlarni 2 marta, mevalarni qariyb 4 barobar oshirishga erishildi. 
Agrar sohadagi tarkibiy o‗zgarishlar tufayli meva-sabzavotchilik, 
bog‗dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlar ham tobora rivojlanib 
bormoqda. Natijada 2015 yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 
million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 
million 731 ming tonna meva yetishtirildi. Bu aholi jon boshiga qariyb 300 
kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‗g‗ri 
kelmoqda. Bu optimal, ya‘ni maqbul deb hisoblanadigan iste‘mol me‘yoridan uch 
barobar ko‗p demakdir 
13

Bundan ko‗rinadiki, O‗zbekiston nafaqat ichki oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlamoqda, balki xorij mamlakatlari oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga ham 
munosib hissa qo‗shib kelmoqda. 
2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va 
qishloq xo‗jaligi tashkiloti (FAO)ga a‘zo bo‗lgan davlatlarning oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani 
uchun beriladigan mukofotga sazovor bo‗lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e‘tirof 
etildi. 
Bugungi kunda umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarga teng bo‗lgan 
oziq-ovqat, eng avvalo birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport 
qilinmoqda. Keyingi uch yilda eksport qilinayotgan qishloq xo‗jalik mahsulotlari 
miqdori 3 barobardan ko‗proqqa oshdi. Natijada, dunyoni 80 dan ortiq davlatiga 
13
I.A.Karimov. ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan olg‗a yurishdir‖. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 
yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisidagi ma‘ruzasi. Toshkent. ―Xalq so‗zi‖ gazetasi, 2016 yil 16 
yanvar, 11 (6446) – son


36 
180 turdagi sifatli meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan 
mahsulotlarni eksport qilinmoqda. Mamlakatimiz o‗rik, yong‗oq, olxo‗ri, uzum, 
karam va boshqa ko‗plab meva va sabzavot mahsulotlarini eksporti bo‗yicha 
yetakchi davlatlar qatorida turadi. 
Mustaqillik yillarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‗sish 
sur‘atlari har yili 8-10 foizga oshirilganligi natijasida ichki bozor ehtiyojlari, 
asosan, o‗zimizda tayyorlangan mahsulotlar hisobiga qondirilmoqda. Oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash va aholini iste‘moli uchun uzluksiz hamda yetarli 
miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida 2012-2015 yillarda 
jami 312 ta meva-sabzavot, go‗sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari 
tashkil etish belgilandi. Shu jumladan, 169 ta yangi korxona qurish va 143 ta 
mavjud korxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirildi. 
Ularning ijrosini ta‘minlanishi natijasida mamlakatimizda 63,1 ming tonna meva-
sabzavot, 16,5 ming tonna go‗sht, 45,7 ming tonna sut mahsulotlarini qayta ishlash 
quvvatlari tashkil qilindi. 
Qishloq xo‗jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy 
o‗zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali 
foydalanish 2016 yil va yaqin istiqbolga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturlarni muhim 
yo‗nalishidir. 
Mazkur dastur asosida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirishni tarkibini 
o‗zgartirish belgilangan bo‗lib, bunga ko‗ra 2020 yilgacha paxta xom ashyosi 
yetishtirishni 350 ming tonnaga bosqichma-bosqich kamaytirish belgilab 
qo‗yilgan. Buni evaziga 170 ming 500 gektar sug‗oriladigan yer paxtadan 
bo‗shatiladi. Bu ekin maydonlarida sabzavot va kartoshka, ozuqa ekinlari, yog‗-
moy olinadigan va boshqa ekinlar ekiladi. Shuningdek, bog‗ va uzumzorlar tashkil 
etiladi. 
Ekin maydonlarini optimallashtirish va zamonaviy agrotexnologiyalarning 
joriy etilishi natijasida 2020 yilda boshoqli don yetishtirish 16,4 foizga oshirilib, 
uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga yetkazish, kartoshka yetishtirishni 35 
foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‗sht yetishtirishni 


37 
26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni 74,5 foizga ko‗paytirish, baliq yetishtirishni 
2,5 martaga ko‗paytirish va shu turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish 
hajmini ham ma‘lum miqdorda oshirish e‘tiborga olingan. 
Shuningdek, jami 190 ming tonnadan ziyod meva va sabzavotlar 
saqlanadigan 274 ta zamonaviy sovutgichli kamera va omborlarni qurish va to‗liq 
rekonstruksiya qilish ishlari bajariladi. 
Respublikamiz hukumati tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga 
munosib hissa qo‗shib kelayotgan barcha sub‘ektlarning ishlab chiqarish 
faoliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida, tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy 
jihatdan qo‗llab-quvvatlab kelinmoqda. Bu quyidagi yo‗nalishlarda amalga 
oshiriladi. 
1. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning huquq va 
manfaatlarini himoyalashga amaliy yordam berish. 
2. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‗paytirish maqsadida ko‗p tarmoqli fermer 
xo‗jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan sabzavotchilik, intensiv 
bog‗dorchilik, uzumchilik, chorvachilik, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlash, issiqxonalar tashkil etishga doir loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha 
maxsus dasturlar qabul qilish va bularni bajarish doirasida xo‗jalik sub‘ektlariga 
banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish. 
3. Oziq-ovqat, xususan, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari eksportini 
ko‗paytirish va faoliyatni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va hokazolar. 
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‗lganidek, Namangan viloyatida 
ham ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklari qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish 
bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va 
qishloq aholisiga turli xizmatlar ko‗rsatish kabi yo‗nalishlarda samarali faoliyat 
ko‗rsatmoqda. Bu esa o‗z istiqbolini topmoqda. 
Bugungi kunda viloyatda bunday fermer xo‗jaliklarining soni tobora 
ko‗payib bormoqda. Jumladan, Kosonsoy tumanidagi ―Chashmai safed‖ fermer 
xo‗jaligi ham Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida barqaror yutuqlarga erishib, rivojlanib 


38 
borayotgan ko‗p tarmoqli xo‗jaliklardan biri hisoblanadi. Bu xo‗jalik faoliyati 
chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish, sut va go‗sht mahsulotlarini 
qayta ishlash kabi turli tarmoqlarni qamrab oladi. Bizga ma‘lumki, foyda olishdagi 
asosiy samara o‗zi yetishtirgan mahsulotlarni qayta ishlab, so‗ngra sotishdan 
olinadi. ―Chashmai safed‖ fermer xo‗jaligida ham bunga katta e‘tibor qaratilgan 
bo‗lib, xo‗jalikda yetishtirilgan sutni qayta ishlash orqali pishloq, qatiq, qaymoq, 
sariyog‗, smetana kabi 12 turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‗lga 
qo‗yilgan. Shu bilan birga, bu yerda ishlab chiqarilayotgan ―Kosonsoy pishloqlari‖ 
brendidagi mahsulotlar yurtimizning deyarli barcha bozorlarida doimiy o‗z 
haridorlariga ega. Tumandagi ―Ahmadxon hoji Kosoniy‖ fermer xo‗jaligida ishlab 
chiqarilayotgan non mahsulotlari, shuningdek, boshqa xo‗jaliklardagi istiqbolli 
amaliyotlarni butun respublika miqyosida ommalashtirishga namuna bo‗la oladi. 
Bu kabi ko‗plab fermer xo‗jaliklari tuman iqtisodiyotida salmoqli o‗rin 
egallaydi. Bularning natijasi o‗laroq, o‗tgan yilda Kosonsoy tumanida yalpi qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarini o‗sish sur‘ati 108 foizga ta‘minlandi. 
O‗tgan yilda chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish 
bo‗yicha 71 ta loyiha amalga oshirilib, bunga 200 million so‗mdan ortiq mablag‗ 
sarflandi, natijada 100 ta yangi ish o‗rni yaratildi. Shu bilan birga, qishloq 
xo‗jaligida qoramollar bosh sonlari 40,0 mingni, shu jumladan, sigirlar 13,6 ming 
boshni, qo‗y-echkilar 45,6 ming boshni, parrandalar 458,9 ming boshni, otlar 285 
ming boshni va asalari oilalari 1808 tani tashkil etdi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni 
to‗ldirish dasturiga ko‗ra, tuman aholisini arzon va sifatli mahsulotlar bilan 
ta‘minlashni yanada yaxshilash maqsadida, dehqonchilik mahsulotlaridan 42 ming 
tonna don, 27,5 ming tonna sabzavot, 6,5 ming tonna kartoshka, 4 ming tonna 
uzum, 9,2 ming tonna meva yetishtirildi. 
Shuningdek, viloyatning boshqa tumanlari ham oziq-ovqat mahsulotlarini 
yetishtirishga o‗z hissalarini qo‗shmoqda. Jumladan, Uychi tumanidagi ―Ko‗rkam 
nur sahovat‖ fermer xo‗jaligi tomonidan yillik quvvati 15 tonna bo‗lgan go‗shtni 


39 
qayta ishlash sexi faoliyati yo‗lga qo‗yilgan. Norin tumanida esa ―Dildora‖ fermer 
xo‗jaligi tomonidan xom sutni qabul qilish servis punktlari ishga tushirildi. 
O‗tgan yillar tajribasidan kelib chiqib, Norin tumanida 2015 yilda oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash uchun 34 ta loyiha ishlab chiqildi. Uning ijrosiga 4 
milliard 580 million so‗m mablag‗ yo‗naltiriladi va shu yo‗l bilan 145 ta yangi ish 
o‗rni yaratiladi. Chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilikni 
rivojlantirish, mevali bog‗lar, tokzorlar barpo etish, yangi sovutgichli 
omborxonalarni tashkil etish, go‗sht mahsulotlarini qayta ishlash sexlarini ishga 
tushirish ishlari rejalashtirilgan. Bunday ijobiy ishlar viloyatning boshqa 
tumanlarida ham amalga oshirilmoqda. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi tobora 
muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi kunda mamlakatimiz aholisining oziq-
ovqat xavfsizligini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, aniq maqsadli 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bulardan ko‗zlangan maqsad mamlakat 
iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‗lgan qishloq xo‗jaligini barqaror 
rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va O‗zbekistonning rivojlangan 
davlatlar qatoridan mustahkam o‗rin egallashini ta‘minlashga qaratilgan. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə