Iqtisodiyot va menejment


-rasm. Tayloq tumanida tovar aylanmasi hajmi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

2.1.2.-rasm. Tayloq tumanida tovar aylanmasi hajmi. 
Manba: Samarqand viloyat Davlat statistika Bosh boshqarmasi ma‘lumotlari. 
Tahlillar shuni ko‗rsatmoqdaki, tumanda tovar aylanmasi hajmi 2016 yilda 
27657 ming AQSH dollarini tashkil etgan, 2017 yilda esa 41456,2 ming AQSH 
dollarini tashkil etilishi prognozlashtirilgan. Shuningdek, 2016 yilda eksport hajmi 
12275,3 ming AQSH dollarini, import hajmi esa, 15381,7 ming AQSH dollarini 
tashkil etgan (2.3-rasm).
 
2.2.
 
Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo„lgan iste‟mol 
talablarining tahlili 
O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov dunyo hamjamiyati vakillari 
ishtirokida ―O‗zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim 
zaxiralari‖ mavzusida bo‗lib o‗tgan xalqaro konferensiya ochilish marosimida 
so‗zlagan nutqida ―Mustaqil taraqqiyotimizning o‗tgan qisqa davrida 
O‗zbekistonda amalga oshirilgan ulkan islohotlar qishloq xo‗jaligini tubdan 
diversifikatsiya qilish va aholimizni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗liq 
ta‘minlash, ularni katta miqdorda eksport qilishni yo‗lga qo‗yish imkonini berdi‖ 
deb alohida ta‘kidladi. Darhaqiqat, ushbu maqolada keltirilgan tahlillar 
mamlakatimizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashning ulkan 
zaxiralari mavjud ekanligini isbotlaydi. 
Экспорт
Импорт 
Товар айланмаси 
2016 йил 
2017 йил прогноз 
12275,3 
15662 
15381,7 
25803,2 
27657 
41465,2 


28 
Raqobat muhiti keskinlashib borgan sari iste‘mol bozorini o‗rganishga 
bo‗lgan ehtiyoj kuchayib boradi. Bu ehtiyoj esa bugungi kunda an‘anaviy 
marketing tadqiqotlarini o‗tkazish usullari bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy 
strategik qarorlarni qabul qilishda natijaviylikni ta‘minlash usullarini ham 
qo‗llashni taqozo etadi. Chunki bozorda savdo va aholining iste‘mol madaniyati 
tez rivojlanib borayotgan bir sharoitda, faqat marketing tadqiqotlarini o‗tkazib, 
aniqlik darajasi yuqori bo‗lgan sifatli natijalarga erishib bo‗lmaydi. Gap shundaki, 
iste‘mol bozorining rivojlanib borishi talab va taklif muvozanatini ta‘minlash va 
ayniqsa, talab darajasini aniq belgilagan holda, iste‘mol tovarlari taklifini (ishlab 
chiqarishni) doimo muvofiqlashtirib borishni talab etadi. 
Amalda aholi iste‘mol talabini uning soni hamda daromadlarining o‗sishi 
bilan bog‗liq holda aniqlangan variantlarning mavjudligi, bozorda baho 
o‗zgarishini, ishlab chiqarish uchun resurslar ajratishni (yer, mehnat va b.) tartibga 
solish imkoniyatini beradi. Shu nuqtai nazardan, hududlar aholisini iste‘mol 
tovarlariga, birinchi navbatda, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabini aniqlash 
amaliy jihatdan uy xo‗jaliklari rivojlanishini, ayniqsa, ularni ishlab chiqarish 
resurslariga bo‗lgan ehtiyojini bilish, daromad va harajatlari tarkibini 
prognozlashga asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Shu nuqtai nazardan, uy xo‗jaliklarining oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat 
tovarlariga bo‗lgan iste‘mol talablarini aniqlash uchun amaliy jihatdan ham sodda, 
ham ilmiy asoslangan normativ usulidan foydalanish mumkin. Bunday yondashuv 
mamlakatimizda aholining eng kam (minimal) iste‘mol byudjetini hisoblash uchun 
qator yillar davomida qo‗llanilib kelinadi. Ushbu yondashuv asosini har bir 
mahsulot turi bo‗yicha tabaqalashtirilgan me‘yorlar tashkil etadi. 
Me‘yorlar O‗zbekiston aholisi uchun belgilangan ratsional tibbiy 
me‘yorlardan farq qilib, ular mamlakat aholisining to‗lov qobiliyatini hamda 
iste‘mol qilinadigan mahsulotning respublikada ishlab chiqarilishi yoki import 
qilinishini hisobga oladi va ular ma‘lum ozuqa birligini (kilokaloriya) ta‘minlaydi. 


29 
Shu bilan bir vaqtda, ta‘kidlash joizki, aholi daromadining oshib borishi, oila 
turmush sifatining yuksalishi, iste‘mol ratsionlarida muhim sifat o‗zgarishlariga 
olib keladi va aholining asosiy qismi ratsional tibbiy me‘yorlarda belgilangan 
hajmda ovqatlanishga bosqichma-bosqich o‗tadi. Shuni inobatga olganda aholi 
iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talabni aniqlashda tibbiy me‘yorlarga asoslangan 
prognozlarni amalga oshirish lozim. 
Ushbu qoidalardan kelib chiqib, uy xo‗jaliklarining oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo‗lgan talabi ikki xil me‘yorlar, ya‘ni minimal iste‘mol byudjetini 
hisoblash me‘yorlari hamda ratsional tibbiy me‘yorlardan foydalangan holda 
hisoblandi (2.2.1-jadval). 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə