Iqtisodiyot va menejment


II-Bob. Tayloq tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlanganligining holati



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

II-Bob. Tayloq tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlanganligining holati 
va tahlili 
2.1. Tayloq tumaning ijtimoiy – iqtisodiy tavsifi 
 
 
O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar
mamlakatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan aniq va puxta ishlab chiqilgan 
milliy dasturlarning amalga oshirilishi, davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga 
yaratilib berilayotgan qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar, tegishli imtiyozlar 
tufayli Tayloq tumanida ham barcha iqtisodiy ko‗rsatkichlarda rivojlanish 
sur‘atlari kuzatilmoqda.
Tayloq tumani
- Samarqand viloyatidagi tuman. 1992 yil 9 aprelda tashkil 
etilgan. Viloyatning janubiy sharqiy qismida. Shimoldan Jomboy va Bulungʻur, 
jaubdan va sharqdan Urgut, gʻarbdan Samarqand tumanlari bilan chegaradosh. 
Maydoni 0,28 ming km². Aholisi 183,9 ming kishi. Tumanda 8 ta qishloq 
fuqarolari yigʻini (Adas, Bogʻizagʻon, Jumabozor, Gʻulba, Madaniyat, 
Sochakibolo, Tepaqishloq, Toyloq, Qoʻrgʻoncha) bor. Markazi — Toyloq shahri. 
Tabiati Tuman hududi Zarafshon daryosining hozirgi davr qayirlari hamda 
koʻhna qayir (terrasa)laridan iborat boʻlib, asosan, tekislik. Zarafshon daryosi 
keltirgan oqindi (qum, shagʻaltosh, loyqalar)dan tarkib topgan. Ular ustini 5–10 m 
qalinlikdagi lyoss yotqiziqlari qoplagan. Tuman hududidan Markaziy magistral, 
Dargʻom kanallari va Zarafshon daryosi, Krrasuv soyi oqib oʻtadi. Tuprogʻi boʻz, 
oʻtloqboʻz, oʻtloqbotqoq va allyuvial tuproq. Foydali qazilmalari, asosan, 
shagʻaltosh, qum va lyosslardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha 
trasi 25,9°, yanvarniki 0,2°. Vegetatsiya davri 215—230 kun oraligʻida. Yiliga 
320–350 mm yogʻin tushadi. 
Tuman hududidagi qayirlarda toʻqayzorlar mavjud boʻlib, bu yerda yovvoyi 
jiyda, tol, qamish, turangʻil oʻsadi. Tuman hududidagi ekin ekilmagan yerlarda 
ajriq, yulgʻun, shuvoq, bugʻdoyiq, yantoq, yalpizlar uchraydi. Qushlardan mayna, 
chumchuq, qargʻa va boshqa bor. 


21 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa 
millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga 480 kishi. 
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini yetishtirish va 
ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Sanoatida taʼmirlash, aloqa va aholiga 
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, meva konserva zavodlari bor. 
Toyloq tumanida yirik, oʻrta, kichik korxonalar hamda mikrofirmalar 
faoliyat koʻrsatib turibdi. Meva konservalari, non, qandolatchilik va sharob 
mahsulotlari, salqin ichimliklar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 
Tumandagi ixtisoslashgan mikrofirmalar tomonidan aholiga maishiy xizmat 
koʻrsatish (avtomobil, muzlatkich, radio, televizorlarni taʼmirlash va boshqalar) 
ishlari amalga oshiriladi. 2 ta qoʻshma korxona, shu jumladan, Uzbekistan—
AQSH "Adas—Agro Invest" (uzumni qayta ishlaydi), Oʻzbekiston—Rossiya 
"TonigriN" (mevani qayta ishlaydi) mahalliy xom ashyo asosida ishlamoqda. 
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Tumanda 5620 ga yerga 
gʻalla, 1994 ga yerga sabzavot, 307 ga yerga kartoshka, 2697 ga yerga ozuqa 
ekinlari ekiladi. Koʻp yillik daraxtzorlar 4686 ga (shundan, bogʻlar 1446 ga, 
tokzorlar 2490 ga, tutzorlar 692 ga).
Tayloq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ko‗rsatkichlari Samarqand viloyatining 
o‗rtacha ko‗rsatkichlari bilan taqqoslangan qiyosiy ma‘lumoti 2.1.1-jadvalda
keltirilgan 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə