Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

1.3.
 
Oziq-ovqat mahsulotlari iste‟moli va unga ta‟sir 
etuvchi omillar 
O‗zbekistonda
 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash 
sharoitida uning tamoyillariga to‗la-to‗kis amal qilishga katta e‘tibor berilmoqda. 
Bu esa, o‗z navbatida, aholining bozor sharoitida ishlash va yashash tartib-
qoidalari to‗g‗risidagi tasavvurlarini ham o‗zgarib borishiga olib kelmoqda. Shu 
bilan birga, bozor iqtisodiyotining asosiy g‗oyalari tamoyillari, talablarini amalga 
oshirish imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. 
Respublikamizda bozor tovarlar bilan to‗yinib, bozorning barqaror tuzilmasi 
va infratuzilmasi shakllanib kelmoqda, xo‗jalik sub‘ektlarining mustaqilligi 
kengayib, tadbirkorlikning rivojlanishiga qulay muhit yaratilmoqda. Bularning 
hammasi bozor munosabatlarining ob‘ektiv qonuniylik va demokratik asoslarining 
kuchayib borishi va natijada bozorning yangi bosqichiga o‗tish uchun shart-sharoit 
yaratilayotganidan dalolat beradi. Bozorning bu yangi bosqichi haridor bozori va 
sifat bozori bo‗lib, bu bosqichda to‗la mazmundagi tovar iste‘molchilar 
tasavvuriga mos keladigan tushunchalar bilan baholanadi. Tovarni iste‘molchi 
sifatli deb qabul qilgan taqdirda uning harid qilinishi sodir bo‗ladi. 
Iste‘molchi aniq tovar sifati, o‗zi uchun muhim bo‗lgan alohida xossalarini 
boshqa ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining aynan bir xil tovarning xuddi shunday 
xossalari bilan taqqoslab, uning ahamiyati, qadr-qimmati to‗g‗risida xulosa 
chiqaradi. Bu esa korxona, firma uchun eng katta yutuq hisoblanadi. 
Shunday qilib bozor, ishlab chiqarilgan, taklif etilayotgan va sotilayotgan 
tovarlar zamonaviy talabga naqadar mos, ularga sarf qilingan harajatlar naqadar 
foydali ekanligini baholovchi asosiy mezondir. Prezident Islom Karimov 
aytganlaridek, ―...bugun bozor qonunlariga asoslanuvchi yangi iqtisodiyot 
yaratayapmiz. Bunda mahsulot talab va taklifni hisobga olgan holda, 
raqobatbardosh bo‗lishi va u umum qabul qilingan standartlarga javob berishini 


17 
nazarda tutgan holda ishlab chiqarilishi lozim‖ . Jumladan, ―...xalqimizni oziq-
ovqat mahsulotlari bilan to‗liq ta‘minlashga zamin tug‗dirdi, kerak bo‗lsa, ularni 
chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon bermoqda.‖.
Shu boisdan har bir korxona, firma, tadbirkor o‗z faoliyatini ana shu talablar 
nuqtai nazaridan tashkil etishi va amalga oshirishi, respublika iqtisodiyotida 
marketing 
elementlaridan 
samarali 
foydalanishi 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Masalan,
 
U.Breddik marketing strategiyasining quyidagi elementlarini qayd qiladi: 
– haridorlarning ehtiyojlarini aniqlash; 
– raqobatchilarning strategiyasini tushunish; 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə