Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

1.2.
 
O„zbekistonda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish 
omillari 
O‗zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridan ijtimoiy yo‗naltirilgan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, barcha 
sohalarda keng ko‗lamli izchil islohotlarni amalga oshirish bo‗yicha o‗zining 
tadrijiy taraqqiyot yo‗lini tanladi. Bunda aholini to‗g‗ri ovqatlanish me‘yorlariga 
mos, yuqori sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash 
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‗nalishlaridan biri 
etib belgilandi. Shu munosabat bilan fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish asosida 
iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini 
takomillashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillariga mos tashkiliy tuzilmasini 
joriy etish, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini 
kengaytirish va ularning huquqiy himoyasini ta‘minlashga doir chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasini birinchi prezidenti 1991 yil 29 noyabrda qabul 
qilingan ―Respublikada dehqon (fermer) xo‗jaliklarini yanada mustahkamlash va 
5
Muslimbekova D. ―Oziq-ovqat xavfsizligi – muhim masala‖.//‖Mening mulkim-Chastnaya sobstvennost‖. – 
Toshkent, 2014. 08 avgust



tadbirkorlik faoliyatini davlat yo‗li bilan qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida‖gi farmoni 
mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirish uchun asos bo‗lib xizmat qildi. 
Bu borada qabul qilingan Yer kodeksi, ―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖, ―Dehqon 
xo‗jaligi to‗g‗risida‖ va ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‗g‗risida‖gi qonunlar fermerlikni rivojlantirish, ularning iqtisodiy hamda 
moliyaviy mustaqilligini ta‘minlash uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, fermer xo‗jaliklari 
samaradorligi va rentabelligini izchil oshirishni ta‘minlaydigan moddiy-texnik 
bazani mustahkamlash, yer maydonlarini optimallashtirish bo‗yicha kompleks 
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda qishloqlarda fermer xo‗jaliklariga 
keng turdagi xizmatlar ko‗rsatadigan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor 
infratuzilmasi shakllantirilmoqda. 
Mamlakatimiz birinchi prezidenti 2012 yil 22 oktyabrdagi ―O‗zbekistonda 
fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni mamlakatimizda qishloq xo‗jaligi 
tarmog‗ini isloh etishning mantiqiy davomi bo‗ldi. Mazkur hujjat fermer 
xo‗jaliklarining samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yer-
suv resurslari va yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish, 
qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirish, aholi bandligi hamda 
farovonligini ta‘minlashda ularning rolini kuchaytirish imkonini bermoqda. 
Farmonga muvofiq, tashkil qilingan O‗zbekiston Fermerlari kengashi, viloyatlar va 
tumanlar fermerlar kengashlari davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy 
davlat hokimiyati idoralari, tayyorlov, ta‘minot va xizmat ko‗rsatish tashkilotlari 
bilan munosabatlarda, shuningdek, sudlarda ish ko‗rib chiqilayotganda fermer 
xo‗jaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilmoqda. 
Chunonchi, O‗zbekistonda 1990 yilda aholining oziq-ovqat, asosan go‗sht, 
sut va qandolatchilik mahsulotlariga ehtiyoji import hisobiga qondirilgan bo‗lsa, 
unda bugungi kunda aholining ushbu mahsulotlarga ehtiyoji 96 foizga respublikada 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobiga qondirilmoqda. 



Ayni paytda O‗zbekistonning har bir fuqarosi bir oy ichida 40 turdagi oziq-
ovqat mahsuloti sotib olishi mumkin va bunga o‗rtacha ish haqining 40 foizini 
sarflaydi. 
―Qishloq xo‗jaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan 
mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. O‗tgan yili qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 
korxona, yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi.. Bu esa, 
yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo‗l qo‗ymasdan, 
aholini asosiy turdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta‘minlash, 
ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash 
imkonini bermoqda‖ 
6

Mustaqillik yillarida go‗sht iste‘moli aholi jon boshiga 1,3 marotaba, sut va 
sut mahsulotlari 1,6 barobarga, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsuloti iste‘moli 
esa deyarli 4 barobarga oshgan. Bu xalqimiz turmush tarzining o‗sib 
borayotganidan guvohlik beradi. 
Tahlillarning ko‗rsatishicha, respublikada, umuman olganda, iste‘molning 
minimal darajasi asosan mahalliy ishlab chiqarish hisobiga ta‘minlanmoqda. 
Oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar turi ham 
sezilarli darajada kengaydi. Masalan, soya, maxsar, kungaboqar kabi tarkibida moy 
bo‗lgan o‗simliklarni yetishtirish uchun ajratilayotgan yer maydonlaridan olingan 
hosil hisobiga yog‗-moy korxonalari tomonidan yiliga o‗rtacha 95 ming tonna xom 
ashyo tayyorlanib, qayta ishlanmoqda. Non va non mahsulotlari turi ham ko‗paydi. 
Ayni paytda mamlakatimiz korxonalarida uch yuzdan ziyod turdagi non 
mahsulotlari tayyorlanmoqda. 
Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan 3 mingdan ko‗proq nomdagi turli 
oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilmoqda va oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti 
har yili 80 ta yangi nom bilan boyib bormoqda. 
6
I.A.Karimov. ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//‖Xalq so‗zi‖, 2016 yil 16 yanvar. 


10 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ta‘minlash maqsadida oziq-
ovqat sanoatining korxonalari ISO-9001 xalqaro sifat standartlari va tayyor 
mahsulotlar xavfsizligi xalqaro sifat standarti ISO-22000 joriy qilingan. 
Mahalliy oziq-ovqat va xom ashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, 
bozorga xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va iste‘mol me‘yorlarida o‗rnatilgan 
assortimentda yetkazish bo‗yicha choralar amalga oshirilmoqda. Bu choralar 
respublikada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirishga ko‗maklashmokda. 
Real 
sektor 
korxonalarida 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiya 
va 
diversifikatsiya qilishni rag‗batlantirish hamda qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha amalga 
oshirilgan chora-tadbirlar oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishning o‗sishini 
ta‘minladi. 2015 yilda oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish umumiy hajmi 
16729,2 mlrd. so‗mni, o‗sish sur‘ati esa o‗tgan yilga nisbatan 114,4 foizni tashkil 
etdi. 
2014 yilga nisbatan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi shakar sanoatida – 
23,7 foizga, meva va sabzavot sanoatida – 17,9 foizga, go‗sht va sut sanoatida – 
5,7 foizga, yog‗ va moy sanoatida – 3,7 foizga o‗sgani kuzatildi. 
Hisobot davrida, o‗tgan yilning tegishli davriga nisbatan, tarmoqning yirik 
korxonalari tomonidan ishlab chiqarish hajmlari quyidagi mahsulot turlari bo‗yicha 
oshirildi: go‗sht konservalari – 8,0 martaga, go‗sht va o‗simlik konservalari – 2,0 
martaga, shinni (melassa) – 40,9 foizga, margarin va spredlar – 16,5 foizga, 
marmelad, jele – 20,2 foizga, uzoq saqlanmaydigan qandolat mahsulotlari – 17,8 
foizga, shakar – 16,3 foizga, uzoq saqlanmaydigan boshqa non mahsulotlari – 14,0 
foizga, ishlov berilgan suyuq sut – 11,4 foizga, saryog‗ – 7,9 foizga, bug‗doy noni 
– 6,3 foizga. 
Shuningdek, 2014 yilga nisbatan, spirt nastoykalari (113,4 foiz), pivo (105,3 
foiz) ishlab chiqarish hajmi oshdi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining asosiy qismi Toshkent 
shahri (tarmoqning umumiy hajmidagi ulushi 22,2 foiz), Toshkent (18,2 foiz), 
Samarqand (13,4 foiz) va Farg‗ona (6,5 foiz) viloyatlari korxonalari hissasiga 
to‗g‗ri kelmoqda. 


11 
Tarmoqdagi kichik tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan mahsulot ishlab 
chiqarish hajmining 2014 yilning shu davriga nisbatan 14,3 foizga oshishi 
ta‘minlandi hamda ularning oziq-ovqat sanoati jami hajmidagi ulushi 69,0 foizni 
tashkil etdi. 
2015 yilda respublikada 1501 ta oziq-ovqat sanoati korxonalari yangidan 
tashkil qilingan, 2016 yil 1 yanvar holatiga respublikada tarmoqning 8711 ta 
korxonasi faoliyat ko‗rsatmoqda. 
Mamlakatimizda faoliyat ko‗rsatayotgan Oziq-ovqat sanoati korxonalari 
uyushmasi aholiga sanoat mahsulotlari, iste‘mol tovarlari, o‗simlik yog‗i, 
margarin, mayonez, shakar va boshqa mahsulotlar yetkazib berayotgan yuzdan 
ziyod korxonani o‗z tarkibida birlashtirgan. Ular ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlarning bir qismi eksport qilinayotir. 
Ayni 
paytda 
tarmoq 
korxonalari 
sohada 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari turini kengaytirish va ichki bozorni 
yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli tovarlar bilan to‗ldirish ishlarini izchil 
davom ettirmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash bo‗yicha investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bu borada muhim 
omil bo‗layotir. 
2015 yilda hududlarda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun 1 ming 660 
dan ziyod investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi va 
viloyatlarda 21 ming 500 fermer xo‗jaligi ko‗p tarmoqli xo‗jalikka aylantirilib, 
intensiv va mahalliy bog‗lar barpo etildi, go‗sht, sut va meva-sabzavotni qayta 
ishlash korxonalari ko‗paydi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, 
asalarichilik hamda servis xizmatlari rivojlantirildi. Natijada 96 ming 200 yangi ish 
o‗rni yaratildi. 
Bu boradagi yutuqlarni yanada oshirishda intensiv usulda mahsulot 
yetishtirishni keng targ‗ib qilish, yerdan samarali foydalanish va mahalliy xom 
ashyo asosida yuqori qo‗shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish 
hajmini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. 


12 
O‗zbekistonning oziq-ovqat sohasidagi islohotlari Xalqaro jamoatchilik 
tomonidan ham keng e‘tirof etilmoqda. Jumladan, BMT Oziq-ovqat va qishloq 
xo‗jaligi tashkiloti (FAO)ning 39-sessiyasi doirasida 2015 yilda O‗zbekiston 
Mingyillik rivojlanish dasturi bo‗yicha yutuqlari (oziq-ovqat sohasidagi 
omilkorligi) uchun mukofotlandi. 
Shuningdek, O‗zbekiston Britaniyaning ―Economist‖ jurnali tomonidan 
2015 yil natijalariga ko‗ra tuzilgan yangi oziq-ovqat xavfsizligi darajasi reytingida 
9 pog‗onaga ko‗tarildi
7
. Bu reytingga hammasi bo‗lib 109 davlat kiritilgan. 
O‗zbekiston reytingdan 64-o‗rin egallab, o‗tgan yilgi natijasini 9 punktga 
yaxshiladi. 
Oziq-ovqat xavfsizligi indeksi (The Global Food Security Index) 
Britaniyaning ―The Economist Intelligence Unit‖ tahliliy kompaniyasi tomonidan 
AQShning ―Dupon‖ transmilliy kompaniyasi ko‗magida chiqariladi. Tadqiqotlar 
2012 yildan beri olib boriladi. Bugungi kunda bu indeks o‗zidan turli davlatlarning 
oziq-ovqat xavfsizligi holati ko‗rsatkichlarining eng to‗liq shaklini namoyon qiladi. 
Barcha davlatlar uchta kategoriya bo‗yicha baholanadi: oziq-ovqat bilan 
ta‘minlanganlik va iste‘moli darajasi, ularning mavjudligi va yetarliligi, oziq-ovqat 
mahsulotlarining sifati va xavfsizlik darajasi. Bu mezonlardan har biri 28 ta turli 
ko‗rsatkichni o‗z ichiga olib, ularning qiymati ikki yillik davr davomida 
o‗lchangan. 
Ma‘lumotlarga ko‗ra, O‗zbekiston sanab o‗tilgan mezonlar ichida ―etarlilik‖ 
bo‗yicha eng ko‗p ball olgan. Tadqiqotchilar ma‘lumotlariga ko‗ra, O‗zbekistonda 
oziq-ovqat mahsulotlari shunchalik ko‗pki, har bir fuqaro kuniga 39 
kilokalloriyadan iste‘mol qilish mumkin. 
Hisob-kitob 
qilishda 
xalqaro 
tashkilotlar 
va 
milliy 
institutlar 
ma‘lumotlaridan foydalanilgan. Davlatning reytingdagi yuqori pozitsiyasi uning 
oziq-ovqat xavfsizligi yuqori darajada ekanligini bildiradi. 
7
http://www.dupont.com/forms/dupont-food-security.


13 
2015 yilgi reytingda 2014 yildagi kabi 1-o‗rinni AQSH egalladi. Yetakchi 
o‗ntalikka Singapur, Irlandiya, Avstriya, Niderlandiya, Shveysariya, Kanada, 
Germaniya, Avstraliya kiritildi. 
Yana 
bir 
misol, 
2015 
yilning 
sentyabr 
oyida 
Hindistonning 
diplomasyindia.com axborot-tahlil portalida mamlakatimiz qishloq xo‗jaligida 
erishilayotgan muvaffaqiyatlar mavzusiga bag‗ishlangan maqola chop etildi 
8

Maqolada qayd etilishicha, O‗zbekistonda hozirgi paytda har yili 17 million 
tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Aholi jon boshiga deyarli 300 
kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‗g‗ri 
kelmoqda. Bu ko‗rsatkich optimal deb hisoblanadigan iste‘mol me‘yoridan uch 
baravar ko‗p hisoblanadi. Maqolada O‗zbekiston ayni paytda dunyoning 80 ta 
davlatiga 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot yuborayotgani alohida 
ta‘kidlangan. 
Shu kabi misollarni ko‗plab davom ettirish mumkin. 
Bugungi kunda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar oldiga ishlab 
chiqarish sifatini oshirish va uni boshqarishning yangi standartlari, zamonaviy 
texnologiyalarni joriy etish masalasi qo‗yilgan. Ularning joriy etilishi istiqbolda 
korxonalar quvvatini yangi darajaga ko‗tarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
sifatini oshirish va turini kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 
korxonalarni yangi qoidalar bo‗yicha sertifikatlashga tayyorlash, xodimlarni qayta 
o‗qitish, maxsus ta‘mirlash guruhlari tashkil qilish va boshqa masalalar katta 
ahamiyat kasb etayotir. 
Shu maqsadda faoliyati tugatilayotgan O‗zbekiston oziq-ovqat sanoati 
korxonalari 
uyushmasi 
negizida 
―O‗zoziqovqatsanoatxolding‖ 
xolding 
kompaniyasi tashkil etildi 
9

Respublikamiz birinchi prezidenti 2016 yil 18 fevraldagi Qaroriga ko‗ra, 
xolding tarkibiga oziq-ovqat, yog‗-moy va go‗sht-sut mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchi aksiyadorlik jamiyati va mas‘uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi 
8
http://diplomacyindia.com/development-of-agriculture-in-uzbekistan-during-the-years-of-independence-4671.
9
O‗zbekiston Respublikasining birinchi prezidentining ―Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil 
etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-son Qarori.


14 
176 ta korxona kiradi. Xolding ustav kapitali tugatilayotgan uyushma tarkibiga 
kirgan korxonalarning ustav jamg‗armalaridagi davlat aksiyalari paketini balans 
qiymati bo‗yicha berilishi hisobiga shakllantiriladi. 
Qarorga ko‗ra, yangi xolding kompaniyasi tarkibiga a‘zo sifatida ko‗ngilli 
tarzda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar kirishi mumkin. 
Xolding 
negizida 
oziq-ovqat 
sanoati 
korxonalarini 
rivojlantirish, 
rekonstruksiya va modernizatsiyalash jamg‗armasi yaratiladi. 
2015-2019 yillarda oziq-ovqat sanoatida 391 ta investitsiya loyihasini 
amalga oshirish, kamida 1 million 300 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini 
saqlash hajmiga ega bo‗lgan 2 mingdan ortiq zamonaviy sovutish kameralarini 
qurish, saqlash joylarining umumiy hajmini 2 million tonnagacha yetkazish 
nazarda tutilmoqda. 
Ko‗rsatib o‗tilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2015-
2019 yillarda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash va oziq-ovqat 
mahsulotlarining asosiy turlari bilan respublikaning o‗zini-o‗zi ta‘minlashi, 
shuningdek, tashqi bozorlarda talab yuqori bo‗lgan ushbu mahsulotlar eksportini 
sezilarli oshirish ta‘minlanadi. 
Shuningdek, ―2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‗zgartirish, 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta‘minlash chora-tadbirlari‖ Dasturida 
2016 yildan boshlab O‗zbekistonda quritilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarish ko‗rsatib o‗tilgan 
10

Dasturga binoan nazarda tutilgan prognozlarga ko‗ra, 2016 yilda 180 tonna 
mahsulot ishlab chiqarilsa, 2019 yilga kelib bu ko‗rsatkich 2300 tonnagacha 
yetadi. 
Umuman olganda, istiqlol yillarida mamlakatimizda ichki iste‘mol bozori va 
aholini, ayniqsa, qish-bahor mavsumida meva-sabzavot mahsulotlari bilan barqaror 
ta‘minlash, ularni eksport qilish ko‗lamini kengaytirishga doir keng ko‗lamli 
chora-tadbirlar amalga oshirildi, jumladan, chekka tumanlardagi savdo 
10
O‗zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining ―2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‗zgartirish, 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar dasturi to‗g‗risida‖gi 04.03.2015 
yildagi PF-4707-sonli Farmoni.


15 
tarmoqlarini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari bilan uzluksiz 
ta‘minlashga ham katta e‘tibor berildi. 
Xulosa qilib aytganda, so‗nggi yillarda oziq-ovqat sanoatini rivojlanirishga 
ijobiy ta‘sir etgan omillar quyidagilardir: 
– sifat menejmentining xalqaro andozalari asosida jahon oziq-ovqat 
mahsulotlari bozorida milliy bozor ulushini oshirish; 
– zamonaviy agrotexnologiyalarni jalb qilish bo‗yicha loyihalarni amalga 
oshirish borasida xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan hamkorlik qilishni 
rivojlantirish; 
– meva-sabzavot ekinlari va uzum hosildorligini oshirish, infratuzilma va 
logistika tizimlarini takomillashtirish; 
– oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, sohaga xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyali uskunalarni joriy etish, eksport 
salohiyatini oshirishga oid zarur qo‗shimcha choralar ko‗rish va boshqalar. 
O‗zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar, oziq-ovqat 
xavfsizligini, chunonchi, qishloq xo‗jaligini tubdan isloh etish va oziq-ovqat 
sanoatini rivojlantirish hisobidan ta‘minlash bo‗yicha amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarni quyidagi yo‗nalishlarda izchil davom ettirish maqsadga muvofiqdir: 
– oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozori talablari darajasida tayyorlash uchun 
korxonalarga zamonaviy texnologiyalar, sifatni boshqarishning yangi standartlarni 
joriy etish; 
– savdo logistika markazlari tashkil etish; 
– yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, idishlar, qadoqlash materiallari ishlab 
chiqaruvchi yangi korxonalar tashkil etish; 
– oziq-ovqat mahsulotlarini vakuum usulida halqaro talablar darajasidagi shisha 
idishlarda qadoqlash usulini kengaytirish va boshqalar. 
Bu, o‗z navbatida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning uzviy qismi sifatida 
oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, ulkan ishlab chiqarish salohiyatiga ega 
agrosanoat kompleksini jadal rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish 


16 
va shu tariqa mamlakatimiz farovonligi hamda barqarorligining kafolati bo‗lib 
xizmat qiladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə