Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

 
mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning bozori; 
– narx-navoning hosil bo‗lishi; 
– tovarlar harakati; ta‘minlash. 
Shuningdek,
 
K.Berri, A.Pulfordlar marketing strategiyasining quyidagi 
jihatlarini ko‗rsatib o‗tadilar: bozorlar iste‘molchilar, kuch-raqobat ustunligi, 
faoliyat kengligi, maqsadi, resurslar, vaqt. 
Har qanday mahsulot va xizmatlarga bo‗lgan talabning shakllanishiga bir 
necha omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotiga bo‗lgan 
talabning shakllanishiga ham qo‗yidagi omillar mavjud. 
1.
Demografik omillar – aholi soni, uning tarkibi, jinsi, yoshi, oila soni va 
ularning o‗rtacha ko‗rsatkichlarining o‗zgarishi va h.k. 
2.
Iqtisodiy omillar – aholining pul daromadlari va ularning ijtimoiy guruhlarga 
taqsimlanishi, chakana savdo baholari, tovarlar taklifi hajmi va tarkibi, aholini 
ijtimoiy himoya qilish fondlari, aholining shaxsiy xo‗jaliklaridan olayotgan 
mahsulotlari va boshqalar. 
3.
Tabiiy iqlim sharoitlari – yil davomida fasllarning uzun-qisqaligi, hududning 
relefi va boshqalar. 
4.
Ijtimoiy omillar – aholining ijtimoiy va mamlakatlar bo‗yicha tarkibi, ularning 
bilim va madaniy saviyalari, tarixiy urf-odatlari, an‘analari, milliy bayramlari 
va boshqalar. 


18 
Odamning yashashi va komil inson bo‗lib yetishishi uchun ular turli 
narsalarga ehtiyoj sezishadi. Ba‘zi bir ehtiyojlarning kamayishi bilan ularning 
o‗rniga boshqa bir yangi narsaga ehtiyoj paydo bo‗ladi. Shuningdek, oziq-ovqatga 
bo‗lgan ehtiyoj aholi sonining o‗sishiga ham bog‗liq, bu esa, demografik omillar 
sirasiga kiradi. 
Aholi sonining o‗sishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojning 
o‗sishiga olib kelmoqda. Shuning uchun O‗zbekiston Respublikasining aholi 
talabi, asosan, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashga qaratilgan. Shu 
nuqtai nazardan, maqoladagi asosiy vazifalardan biri sifatida oziq-ovqat 
mahsulotlarining me‘yorga nisbatan iste‘molini o‗rganish va unga ta‘sir 
ko‗rsatuvchi omillarni tahlil qilishga qaratilishi lozim. 
Umuman, bugungi kunda mamlakatimizning oziq-ovqat sanoatida 
tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bir qancha mahsulotlar 
tabiiyligi, arzonligi, qulayligi va sifati bilan ajralib turadi. Biroq, bu mamlakatimiz 
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida muammolar yo‗q va hamma imkoniyatlar ishga 
solindi, degani emas. Chunki, mazkur mahsulotlarni mamlakatimiz aholisiga sotish 
bilan birga, xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Zero, ekologik toza, sifatli 
mahsulotlarga jahonning barcha davlatlarida ham ehtiyoj katta. Faqat ularga 
mahsulotni yetkazib berish mexanizmlarini yo‗lga qo‗yish kifoya. Bu esa, sohani 
yanada jadal rivojlantirish uchun katta imkoniyatdir. Ishdagi tahliliy natijalar shuni 
ko‗rsatadiki, oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi hisobiga 
viloyatda mehnat resurslarini yangi ish o‗rinlari bilan ta‘minlash yanada ortadi. 
Bugungi kunda bu sohada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar soni ham sezilarli 
darajada ko‗payib bormoqda.
Tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan yetishtirilayotgan poliz ekinlari va 
sabzavot mahsulotlarining o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni 
yetishtirish va sotish davridan emas, balki iste‘molchi talabini hisobga olgan holda, 
ekinlar seleksiyasini yaratish va ularni ekish vaqtidan oxirgi iste‘molchiga yetib 
borishigacha bo‗lgan bo‗g‗inlari yaratilishi kerak. Buning uchun bozorga 
tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan poliz ekinlari va sabzavot 


19 
mahsulotlarini yetkazib berish bilan bog‗liq muammolarni hal qilishda 
quyidagilarga alohida e‘tibor berish zarur: 
– tabiiy-iqlim sharoitlari va tashkiliy-iqtisodiy salohiyatdan yetarli darajada 
samarali foydalanish; 
– poliz ekinlari va sabzavot mahsulotlari yetishtirish bo‗yicha ixtisoslashgan 
xo‗jaliklar va ulgurji bozorlar tashkil etish; 
– poliz ekinlari va sabzavot mahsulotlari saqlash uchun zamonaviy 
muzlatkichlar bilan ta‘minlash; 
– poliz ekinlari va sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning intensiv 
texnologiyasiga o‗tish hamda texnologik xususiyatlarga ega bo‗lgan yuqori hosilli, 
kasallikka chidamli, mexanizatsiyalashgan qayta ishlovga yaroqli navlarni yaratish. 


20 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə