Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə5/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

II BOB. MENEJMENT
2.1 Tashkilot xodimlari bilan ishlash texnologiyasi
Men Yusupbayev Sardor 7.11.2023 kundan boshlab “Asian Plaza” mehmonxonasining Menejment bo’limida o’z amalyotimni boshladim. “Asian Plaza” mehmonxonasida jami 7 kishi faoliyat yuritadi, shundan:
Menejer-Muxammedov Dilshod
Adminstrator-2 kishi
Xona tozalovchi-2 kishi
Oshpaz-1 kishi
Qoravul-1 kishi mehmonxonada ishlaydi.
Mehmonxona rahbariyati tomonidan, xodimlarga quyidagi tartibda ish haqi belgilangan.
Menejer-Muxammedov Dilshod-4 mln.so’m
Adminstrator-2 kishi-kuniga 80 ming so’m.
Xona tozalovchi-2 kishi-2 mln.som.
Oshpaz-1 kishi-2 mln.so’m
Qoravul-1 kishi-2 mln.so’m
Mehmonxona xodimlari bilan quyidagi texnologiya asosida ish olib boradi:
Rejalashtirilayotgan yillarda ustuvor vazifa bo'lib, kadrlar bo'yicha asosiy jarayonlar samaradorligini baholash, rivojlantirish sohalarini aniqlash va bu borada tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ularni reglamentlashtirish hisoblanadi. Faoliyatning asosiy tamoyili korxonaning kalit layoqatlarini rivojlantirishdan iborat bo'lib, bunda kalit layoqatlar deganda birinchi navbatda ichki raqobat afzalliklari—korxona muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy xususiyatlar tushuniladi.
Xodimlarni ishga qabul qilishdan quyidagi asosiy maqsadlar ko'zlanadi:
• Xizmat ko’rsatish rejasiga mos ravishda korxonani malakali ishchilar bilan ta'minlash;
• mehmonxona xizmat bo'linmalarini raqobatbardosh xizmatlarini ko’rsatish va ularning sotuvini tashkil etish bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega xodimlar bilan ta'minlash.
Yangi xodimlarni ishga moslashuv tadbirlari quyidagilarni qamrab oladi:
mehmonxona ekskursiyasi;
• mutaxassislar uchun korxona rahbarining tashkilot madaniyati xususidagi ma'ruzasi;
• ishga kirayotganlar uchun kirish kursi hamda korxona xodimi faoliyat kodeksi bilan mustaqil tanishish.
Xodimlar faoliyati sifati quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
• Lavozimga muvofiqlik darajasini aniqlash maqsadida xodimlar faoliyati samaradorligi va sifatini baholash;
• Ish bo'yicha hatti-harakatlarni rivojlantirish va tuzatishlar kiritish maqsadida xodimlarning shaxsiy va ish borasidagi xususiyatlarini korporativ madaniyat, xodimning ideal profili va belgilangan talablarga muvofiqligini baholash;
• Xodimlarning ishdan qoniqish darajasini baholash;
• Motivlashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida ishchi faollikni stimullovchi omillarini aniqlash.
Mehnatni baholashda asosiy mezon belgilangan natijalarga erishish hamda ularni sifatidir. Sifat so'zsiz miqdordan ustun ko'riladi.



Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə