Iqtisodiyot va turizm


Mehmonxonaning bo'limlarini o'rganish va tahlil qilish



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə4/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

1.2. Mehmonxonaning bo'limlarini o'rganish va tahlil qilish


Reception
Reception mehmonxonalarning komanda punkti, mehmon bilan, mehmonxona xizmatlari yuzma yuz uchrashib, hayrlashadigan joyidir.
“Asian Plaza” mehmonxonasi reseptionida administratorlar xizmat ko’rsatishadi. Mehmonlarning kelib ketishi ular tomonidan nazorat qilinadi.
Administratorlik faoliyati 2 ga kechgi va kunduzgiga bo’lindi;

  • 7.00-19.00gacha;

  • 19.00-7.00 gacha; (tungi smena qisqartirilgan tarkibda ishlaydi)

Kunduzgi smenada bosh administrator ishlaydi. Uning asosiy majburiyatlari:

  1. Mehmonxonadagi bo’sh qolgan nomerlarni kompyuterdagi bronlash jadvalida doimiy ravishda kiritib qo’yish. Iloji bo’lsa nomerlarning qaysi turga kirishini belgilab qo’yish. Ya’ni single, double, triple.

  2. Mehmonxonani tark etayotgan mehmonlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirib ko’rish:

  3. Barcha xarajatlarni qaytib ko’rish ya’ni mehmonning xarajatlarini (qo’shimcha xizmatlar nazarda tutilyapti)

  4. Mehmonning yashaganligi uchun pulning qanday to’lashini nazorat qilish, agar firma to’laydigan bo’lsa bosh buxgalter hamda direktorga xabar berish;

  5. Mehmonlar bilan xushmuomalada bo’lish;

  6. Kalitlarning joyida ekanligini nazorat qilish.

Kechki smenaning asosiy vazifalari:

    1. Kunduzgi administrator topshirgan paytda hamma narsalarni qabul qilib olish ( ya’ni fridge, seyf va h.k)

    2. Kelgan turist registratsiya qilinganmi yoqmi tekshirib ko’rish.

    3. Kechqurun nomerda biron bir muammo chiqgan paytda unda tezda bartaraf eta olish.


10-rasm. Mehmonxona reception ko’rinishi
Turlider va gidsiz kelgan mehmonlarga muzey va tarixiy obidalar uchun biletlar, taksi xizmatini ham administratorlar amalga oshiradi.
Bundan tashqari telefonlarga javob qaytarish, WiFi internet tarmog’ining har kuni ishlayotganini ta’minlab turish ham administrator vazifasiga kiradi.
Qabul qilish va joylashtirish bo’limining asosiy funksiyalari:

  • tashrif buyurgan mehmonlarni ro’yxatga olish;

  • nomerlarni taqsimlash;

  • mehmonlarni joylashtirish;

  • ro’yxatdan chiqarish;

  • nonushta haqida ma’lumot berish;

  • mehmonlarning hujjatlari bilan jiddiy shug’ullanish;

  • mehmon yuklarini o’z nomerlariga etib berish, kuzatish va boshqalar.

Bugungi kunda O’zbekiston mehmonxonalari “E-mehmonxona” dasturini joriy qildi, uning yordamida kerakli barcha ma’lumotlar onlayn rejimda to’ldiriladi. Endilikda keladigan mehmonlar registratsiya daftariga emas, balki, onlayn “emehmon.uz” saytiga registratsiya qilinadi.

Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə