Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning roli


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali



Yüklə 306,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix19.04.2023
ölçüsü306,51 Kb.
#106384
1   2   3   4   5   6   7   8   9
25 Djalilova (3)

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
243
 
 
 
 
 
 
 
 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
innovatsiyalar asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Shunday qilib, innovatsiyalar 
raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatini beradi. So'nggi yillarda buni nafaqat 
iqtisodchilar, balki siyosatchilar ham tushunishmoqda. Asosiy maqsadlarga erishish uchun
yalpi ichki mahsulotning 3 foizini ilmiy-
tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, bandlik darajasini 70 
foizga yetkasish , byurokratiyani qisqartirish
, korrupsiyani yo‘qotish 
va tadbirkorlikni 
rag
‘batlantirishni amalga oshirish kerak. Bu muammolar hal etilsa, mamlakatimizda 
iqtisodiyotimiz innovatsion jihatdan rivojlanishda katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Ilmiy-
tadqiqot va innovatsiyalar uchun davlat byudjetlaridan mablag' ajratish va uni ta'minlash 
hajmini oshirish nazarda tutilgan. Xususan, uchta asos
iy yo‘nalish ustuvorlik kasb etadi
:

ta’limga va intelektual mulkni shakllantirish va ko‘paytirishga sarmoya kiritish;

sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida raqobatbardoshlikni kuchaytirish;

mehnat bozorida monomarkazlar tashkil etish . 
Ko'rinib turibdiki, yuqorida aytib o'tilgan barcha holatlarda raqobatbardoshlikni 
oshirish innovatsiyalar bilan bog'liq. Mamlakatlar va alohida korxonalar o'rtasida samarali 
bilim almashinuvi uchun tadqiqot o’tkazish hamda bilimlarni kengaytirish uchun 
muvofiqlashtirilgan va umumiy makonni yaratish zarurat hisoblanadi. Gap nafaqat 
texnologiyalarni tadqiq etish va ishlab chiqarishni, intellektual mulk huquqlarini himoya 
qilishni qo‘llab
-quvvatlash,
balki innovatsiyalarning tarqalishi va tarqalishini ta’minlash
haqida ketmoqda, chunki innovatsiyalar joriy etilgan joyda samara kutilgandek 
bo’ladi
.
O‘zbekiston
sanoatida innovatsiyalardan foydalanish borasida yangi tendentsiya 
shakllandi. Bunga qadar, arzon ishchi kuchidan foydalangan holda tabiiy resurslarni qayta 
ishlash bilan bog'liq tarmoqlar ustunlik qilgan.
Biroq, bugungi kunda O‘zbekiston tabiiy 
resurslaridan foydalanishga tubdan yangicha yondashuvni maqsad qilgan. Buning yorqin 
namunasi yangi UzGTL zavodi tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha 
qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishn
ing yo‘lga qo‘yilganidir. Bu kabi yirik loyihalar 
tufayli O‘zbekiston bosqichma
-bosqich tabiiy gaz xomashyosi eksportidan voz kechib, neft 
mahsulotlari importini kamaytirmoqda. Bu esa, energetik mustaqilligimizni mustahkamlashga 
salmoqli hissa qo‘shilayotganidan dalolat beradi. Nafaqat O‘zbekiston, balki MDH 
mamlakatlari ichida eng yirik investitsiya loyihalardan biri hisoblanadigan mazkur UzGTL 
majmuasi ham innovatsion ishlab chiqarish namunasidir. Shuningdek, MDH hududidagi eng 
zamonaviy va innovatsiyalardan biri bu 

korxonaning markaziy boshqaruv pulti va zavod 
markaziy laboratoriyasidir. Yangi korxona GTL, ya’ni "gazni –
suyuqlikka" texnologiyasi asosida 
yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 1,5 million tonna tayyor mahsulotlar 

aviak
erosin, dizel yoqilg‘isi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bunday 
zavod shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda 

Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo 
etilgan. Bu yerda yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollari yoki 12,8 
trillion so‘mdan ortiq 
import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolari ishlab chiqariladi. 
GTL 
texnologiyasi asosida tabiiy gazdan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish uch bosqichda 
amalga oshiriladi. Ushbu texnologiya asosida tayyo
rlangan zamonaviy yonilg‘i turlari ekologik 
jihatdan sifatli va toza. Bu esa, o‘z navbatida, bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan 
tabiatga zarar yetkazmaslik tamoyiliga ham mos tushadi. Masalan, GTL dizel yonilg‘isini olaylik. 
Yuqori texnik tavsifga ega 
va tarkibida oltingugurt miqdori deyarli bo‘lmagan GTL dizelidan 
atmosferaga aytarli chiqit chiqmaydi. Xuddi shuningdek, GTL kerosini aviakompaniyalarga 
atmosferaga chiqariladigan zararlarni kamaytirishning xavfsiz va daromadli usulini taklif etadi.



Yüklə 306,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə