Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning roli



Yüklə 306,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix19.04.2023
ölçüsü306,51 Kb.
#106384
1   2   3   4   5   6   7   8   9
25 Djalilova (3)

 
Annotation.
 
In this article, innovation is becoming one of the most characteristic features of 
economic development and is analyzed as a factor accelerating the development of the 
market. There are also suggestions and recommendations on how to achieve the rapid 
development of entrepreneurship in the modern world through the widespread use of 
innovation. 
Key words: 
Innovation, capital, innovation process, factors of production, innovative 
entrepreneurship.
 
Kirish
Hozirgi vaqtda innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning eng xarakterli 
xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Yaqinda bu nom ekzotik, noma'lum va hatto 
professionallar orasida ham unchalik aniq bo'lmagan narsani eslatardi, ammo endi 
innovatsiyaning o'zi ham, uning tushunchalari ham dunyoni tezda zabt etmoqda. 
Innovatsion jarayonda jiddiy rol o'ynaydigan va innovatsiyalarni korxonalar uchun strategik 
resursga aylantiradigan xalqaro kapital bozori kengayib bormoqda, bu borada unga yangi 
moliyaviy tuzilmalar unga yordam bermoqda
.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, innovatsiyalarga ko'pincha 
odamlarning bevosita salbiy munosabati va pozitsiyasi to'sqinlik qiladi. Biroq, 
O‘zbekiston
da 
1/2022, 
yanvar-
fevral
(№ 00057)


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
239
 
 
 
 
 
 
 
 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
paradoksal vaziyat rivojlanmoqda, ya'ni butun jamiyat innovatsion jarayonlarga ijobiy 
munosabat va qo'llab-quvvatlashni bildirayapti. 
Xususan, 
O‘zbekiston
da
qabul qilingan 
ko‘plab normativ
-
huquqiy hujjatlar ва 
ижтимоий тармоқларда кенг муҳокамага қўйилган қонун лойиҳалариda 
o‘z aksini 
topgan

Innovatsion faoliyat to‘g‘risida 2020 yil 27 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni, Ilm-fan va ilmiy 
faoliyat to‘g‘risida”g

Qonun, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol 
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab
-
quvvatlash yili”da amalga 
oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoni, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat 
siyosatini tubdan yangilash chora-tad
birlari to‘g‘risida» 2020 yil 26 martdagi PF
-5975-
son Farmoni 
, «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2020 yil 26 
martdagi PQ-4653-son, 
«Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va 
tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 13 
oktabrdagi PQ-4862-
son qarorlari, “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag‘allikni qi
sqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini 
samarali tashkil etish to‘g‘risida ”
2021 yil 17 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarori kabi myoriy hujjatlar shular jumlasidandir. 
Ushbu hujjatlarni qabul 
qilishdan maqsad tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish 
va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, innovatsion tizimning salohiyati va 
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, innovatsiyalar uchun qulay bo‘lgan normativ
-
huquqiy, moliyaviy va axborot muhitini yaratishdan iborat. Shuningdek, sanoatda 
raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini 
oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport 
tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni 
kengaytirish
дир
.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, 
yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish orqali 
tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish
tadqiqot ishining maqsadi 
hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari esa 
sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni 
oshirish
bosqichlarini tadqiq qi
lish va uning о‘ziga xos xususiyatlarini asoslash; 
y
uqori 
texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish 
va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or 
boshqaruvni qo'llashni kengaytirish
га 
ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash
dan iboratdir.

Yüklə 306,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə