Ir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi



Yüklə 34,52 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü34,52 Kb.
#130598
  1   2   3
atama yechimlari


Ishsizlik: ir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).
Ishsizlik inson manfaatlariga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatadi.
Amaldagi iqtisodiy hayotda Ishsizlik ish kuchi taklifining unga boʻlgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi. Ishsizlik sababi turlicha: texnika rivojlanish bilan mehnat unumdorligi ortadi, i.ch. kam mehnat talab boʻlib qoladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi; iqtisodiyot rivojlanishi bilann malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez oʻsgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bulib, ishsiz qoladi.

To‘la bandlik: Toʻla bandlik amalda mehnatga qobiliyatli aholining 90 — 92 % band boʻlishini nazarda tutadi. Bozor sharoitlarida toʻliq bandlik jamiyat darajasida tabiiy ishsizlikning boʻlishini ham bildiradi. Toʻla bandlik ishga muhtoj boʻlganlar va ishlashni xohlaganlarning barchasi ish bilan taʼminlangan holatni bildirib, ish kuchiga boʻlgan talab bilan ish kuchi taklifi oʻrtasida muvozanat mavjudligini ifoda etadi. Ishchi kuchidan samarali foydalanish uchun samarali bandlikdan foydalaniladi. Samarali bandlikni esa ikki nuqtai nazardan: iqtisodiy nuqtai nazardan — inson resursidan eng oqilona foydalanish, ijtimoiy nuqtai nazardan — mehnatning inson manfaatlariga eng muvofiq kelishi jihatlaridan tavsiflash mumkin. Toʻliq bandlik bandlikni miqdor jihatdan, samarali bandlik esa sifat jihatdan tavsiflaydi.



Mehnat bozorida talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatning boʻlmasligi hamisha toʻliq va samarali bandlikka sharoit qoldirmaydi. Agar taklif talabdan ortib ketsa, albatta ishsizlik paydo boʻladi, talab taklifdan va real ehtiyojlardan ortib ketgan sharoitlarda esa yashirin ishsizlik kelib chiqadi. Bandlik va ishsizlikni, ularni kerakli darajada saqlab turish maqsadlarida tartibga solishning asosiy mexanizmi bandlik xizmati ishini tashkil etish, kasbga tayyorlash va kasbga yoʻnaltirish hisoblanadi.
Friksion ishsizlik: Friksion ishsizlik- bularga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchlari kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan mavsumiy ishlar, ishlab chiqarishlardagi eski modelning yangisi bilan almashtirilishi, ish yoki turar joylarini o’zgartirishlar, o’quv yurtlarini tugatish va shuningdek boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doima mavjud bulib, ma’lum bir darajada kerakli deb hisoblanadi. Strukturali ishsizlik- bularga asosan ishsizlarning malakalarini o’zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, kasb egallashi lozim bo’lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan strukturali ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida ma’lum malaka va tajriba mavjud bo’ladi va undan foydalanib ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa ishchi kuchi darxol va tezroq ish joylarini topa olmaydilar. Strukturali ishsizlik iste’mol bozori ma’lum mahsulotlar bilan to’ldirilganda va u mahsulotga ehtiyoj qolmaganda paydo bo’ladi





Yüklə 34,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə