Ir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi



Yüklə 34,52 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü34,52 Kb.
#130598
1   2   3
atama yechimlari

Tarkibiy ishsizlik: iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish oqibatida ishchi kuchiga talab tarkibida o`zgarish ro`y berishi natijasida yuzaga keladigan majburiy ishsizlikning ko`rinishi.

Siklik ishsizlik: - iqtisodiy siklning so‘nish bosqichi tufayli vujudga kelgan ishsizlikdir. So‘nish bosqichida ishlab chiqarishning faolligi susayadi, ayrim korxonalar yopiladi, natijada ishsizlik ortadi. Ishsizlikning amaliy va tabiiy darajalari o‘rtasidagi farq siklik ishsizlik ko‘rsatkichini tashkil qiladi.

Siklik ishsizlik - salbiy iqtisodiy hodisadir. Uning borligi iqtisodiyotning to‘liq bandlik darajasida faoliyat ko‘rsatmayotganligini, demak, YaIMning potensial darajasiga erishilmayotganligini bildiradi.
Siklik ishsizlik ko‘rsatkichlari g‘oyatda turli-tuman bo‘lib, so‘nishning intensivligiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. AQShda Buyuk depressiya davrida siklik ishsizlik darajasi 25 foizgacha yetgan.
Agar ishsizlik tabiiy darajadan yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lsa, ya’ni siklik ishsizlik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa, u holda o‘rinli savol tug‘iladi: ishsizlik tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkinmi? Bozorning bunday holati o‘ta to‘liq bandlik deb ataladi.
________
Emigratsiya: (lot. — koʻchib ketmoq) — aholining muayyan mamlakatdan boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik yashash uchun (ixtiyoriy yoki majburiy) koʻchib ketishi. E., asosan, kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga xos boʻlib, u yerdagi ishsizlik va boshqalar iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy va milliy tengsizlik, siyosiy, diniy va boshqalar taʼqiblar tufayli sodir boʻladi. E. mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga bevosita taʼsir etadi. E. tushunchasi uchun yagona taʼrif mavjud emas, har bir davlatning oʻz mezonlari bor. Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda har bir fuqaroning xohlagan davlatni, jumladan, oʻz mamlakatini ham tark etish huquqi (yaʼni E. huquqi) nazarda tutilgan. 19-asrning 70-yillariga qadar Yevropa davlatlarida E. jarayoni kuchli boʻlgan. 1940—60 yillarda Irlandiya, 196070-yillarda esa Portugaliya va Gretsiyada E. jarayoni tufayli aholi soni keskin qisqargan. 1946—61 yillarda Yevropa davlatlaridan Amerikaga 6,9 mln. emigrant ketgan. AQSH, Kanada va Avstraliyaga aholining koʻplab koʻchib ketishiga sabab ishchi kuchiga boʻlgan talabdir. Oʻzbekistonda ham baʼzi tarixiy davrlarda maʼlum dapajada E. jarayoni boʻlib turgan. Bu jarayon 20-asrning 90-yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi tufayli birmuncha kuchaydi. Oʻzbekistonda yashab kelayotgan rus, ukrain, qrimtatar, yahudiy kabi millatlarning maʼlum qismi oʻz tarixiy vatanlariga koʻchib keta boshladi. 1996-yilda Oʻzbekistondan ketgan migrantlar soni 59,7 ming, 2002-yilda 86,5 ming kishini tashkil etgan. Yana q. Aholi migratsiyasi.

Yüklə 34,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə