Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik



Yüklə 354,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix20.10.2023
ölçüsü354,92 Kb.
#128719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
243 
www.birunijournal.uz 
kishilar hayotda faqat o‘z ehtiyojlarini qondirishni o‘ylaydilar. El-yurt manfaati 
uchun qayg‘uradigan insonlar asarda Ozod timsolida ifodalangan. Ulargina baxt 
lolasiga yetib boradilar, o‘zi uchun unga ko‘z tikkanlar oqibatda bo‘sh qo‘l bilan 
ortga qaytishga majbur bo‘ladi.
NATIJALAR 
I.Sultonning so‘zga munosabati, individual uslubi, ramz tanlash mahorati uning 
romanlari saviyasini ko‘taradi. Asarlarining sarlavhasi ham ramziydir. Ozodning 
mashaqqat chekib manzilga yetib borishi, baxt lolasiga erishishi, maqsadiga yetishi 
va bu yo‘lda ruhan poklanishi, ruhning turli illatlardan ozod bo‘lishiga ishoradir. 
Boshqa tarafdan yondashganda yigitning qishloqdan chiqishi, muayyan maqsad bilan 
mustaqil safarga otlanishi, ya’ni chegaradan o‘tishi deb qarash ham o‘rinli bo‘ladi. 
Bu yerda chegara qishloqdir. Unda Ozodning ota-onasi, turli tartib-qoidalar bor. 
Tashqarida esa chegarasi yo‘q kenglik, erkinlik bor. 
Asarda ramz, majoz, aforizmlardan unumli foydalanilgan. I.Saymurodova bu 
haqida fikr bildirib, romanda bashariyatning o‘zligini anglashga bo‘lgan
intilishlarini mahorat bilan ko‘rsatib berilganini ta’kidlaydi: “I.Sulton “Ozod” 
romanida ilgari surilayotgan g‘oyani inson o‘zini-o‘zi anglash yo‘lidagi manzil, 
ma’no va mazmunni o‘ziga xos ifoda yo‘sini orqali noan’anaviy tarzda kitobxonga 
taqdim etadi” [2;96-b]. 
MUHOKAMA 
Badiiy matnda Uchyong‘oq, Iskandar devori, Tuz cho‘li kabi ramziy ma’nolarni 
aks ettirgan noreal makonlar tasviri, Ozodning hayratlari, o‘ylari, anglashlari, 
bugungi kun ortida tarixni namoyon bo‘lishi kabi noan’anaviy ifoda usullaridan 
foydalaniladi. Romanni akslarda ifodalangan ma’no olamlariga yashiringan 
hikmatlar haqida deyish ham mumkin. Muallif butun olam, borliqni ko‘zguga 
mengzaydi, har bir narsa nimaningdir aksi degan fikrni olg‘a suradi. Masalan, 
qaqragan giyoh qurg‘oqchilikning aksi, qiyshiq imorat uquvsiz ustani aks ettirishini 
ta’kidlaydi. Ammo ijodkorning nazarida akslarning eng ajoyibi so‘zdir. Boshqa 
akslar olamdagi narsalarni ko‘rsatsa, so‘z inson ruhini aks ettiradi. Adabiyot so‘z 
san’ati, insonshunoslik ekan, demak, u inson ruhiyatining oynasidir. I.Haqqul “bir 
obraz tarixi va taqdiri” maqolasida bu haqida yozadi: “Adabiyot inson ruhining bir 
oynasi. Odam qismati ba’zan shu qadar murakkab, shu darajada ziddiyatli bo‘ladiki, 
uning tub mohiyati va ichki bog‘lanishlarini faqat adabiyot suvratlantirib ko‘rsatishi 
mumkin” [3;20-b]. Uning ma’nolari tasavvurga sig‘magan xayoliy manzaralarni ham 
yaqqol namoyon qiladi. Aks haqida so‘z yuritganda adabiyotshunos Izzat Sultonning 
bu borada bildirgan fikri ham ahamiyatga molikdir: “Kishi ongi hayotni aks 



Yüklə 354,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə