Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik



Yüklə 354,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix20.10.2023
ölçüsü354,92 Kb.
#128719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
244 
www.birunijournal.uz 
ettiruvchi oynaga o‘xshab ketsa ham, oynadan keskin ravishda farq qiladi. Oyna 
hayotni befarqlik bilan aks ettiradi, kishi ongi esa faol ravishda aks ettiradi, ya’ni aks 
ettiruvchi narsani kishi moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan baholaydi ham” 
[4;122-b]. Isajon Sulton ijodkor sifatida so‘zni ruhning aksi ekanini tushuntirsa, Izzat 
Sulton ilmiy nuqtai nazardan ongni hayotni aks ettirishi to‘g‘risidagi nazariyaga 
qisman qo‘shiladi. N.Ahmedova esa “Nutqiy voqealanish va obraz” nomli 
maqolasida bunga yanada o‘zgacha ta’rif beradi: “Demak, inson hissiy bilish faoliyati 
orqali narsa-hodisalarning dastlab tashqi ko‘rinishini, suratini ongida aks ettiradi, 
keyinroq esa ularning xossalarini ajrata boshlaydi. Bu xuddi ko‘zguga o‘xshab ketadi. 
Ya’ni narsa-hodisalar ham ko‘zguda akslanadi” [5;107].
Voqelikni akslarni ifodalash asardagi yetakchi omillardan biri. Aslida butun 
olam katta bir ko‘zgudir va har narsaning aksi unda namoyon bo‘ladi. Borliqdagi 
yaratiqlar shu oynaning parchalari kabidir. Muallif buni arslon va ko‘zgu haqidagi 
kichik rivoyat orqali o‘quvchiga yetkazishga urinadi. Arslonni har tomoni faqat 
oynadan qurilgan xonaga qamab qo‘yilganda, har tarafda o‘z aksini ko‘rgan arslon 
g‘azab bilan akslariga tashlanadi va ular bilan olishib halok bo‘ladi. Ya’ni dunyo
hech kimga o‘zicha yomonlik ham, yaxshilik ham qilmaydi. Bu ko‘zguda faqat 
amallarimiz va harakatlarimiz natijalari aks etadi. Inson unda ko‘rishni xohlagan 
narsalarnigina ko‘radi. Bu tushuncha tasavvufdagi “vahdat ul-vujud” haqidagi 
qarashlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Tasavvufshunos olim N.Komilov shunday 
ta’rifni keltirgan: “ Vahdat ul-vujud nazariyasiga ko‘ra, olam mutlaq zoti mukarram 
Haq taoloning o‘z husni jamoli, qudrat va sifatlarini namoyon etish istagidan paydo 
bo‘lgan. Ya’ni, Haq taolo o‘z-o‘zini tanish uchun borliqni yaratdi. Borliq go‘yo 
ko‘zgu bo‘lib, Haq jamoli, ilmi-hikmati unda aks etadi, jilolanadi” [6;47-b]. 
Shuningdek, ijodkor so‘zlar, ularning qudrati haqida bir qancha falsafiy fikrlarni 
bayon etadi. 
So‘zlar inson ichki olamini, uning tuchuncha va tuyg‘ularini namoyon etuvchi
tilsimdir. So‘zlash ne’matining faqatgina insonga xosligi ham uning sharaf egasi 
ekanini anglatadi. Yozuvchi jism va ruhni ko‘za va mayga qiyoslaydi. Ko‘zaga
loydan yasalgan qo‘pol bir jism, mayga esa latif bir narsa sifatini beradi. Xuddi shu 
kabi bir qancha ta’riflarni keltiradi. Masalan, tana ham g‘ilof kabi, ruh ma’vosida esa 
ummonlar , daryolar to‘lqinlanishi, ba’zan qushlar sayrasa, ba’zan yong‘inlar 
chaqnashini e’tirof etadi. Bunday ruhiy holatlarni anglatishning bir yo‘li so‘zlash, 
faqat so‘zgina buni ifodalashga qodir ekanini uqtiradi. So‘zning qudrati haqida 
mulohaza yuritgan yana bir ijodkor Polsha yozuvchisi Yan Parandovskiydir. U
o‘zining “So‘z kimyosi” nomli kitobida ijodkorlik haqida fikr bildirib shunday 
yozadi: “So‘zda qancha yashirin qudrat bor ekanini his qila olish va bu qudratni 



Yüklə 354,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə