Isajon sultonning "ozod"romanidagi ramziylik



Yüklə 354,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix20.10.2023
ölçüsü354,92 Kb.
#128719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
isajon-sultonning-ozod-romanidagi-ramziylik

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
247 
www.birunijournal.uz 
beradi” [11;63]. Aslida Ozodning bu safari ma’nolar olamiga qilingan safar edi. 
Qahramon bu yo‘lda anglagan ma’nolari haybatidan hayratga tushadi. Insonning 
qanchalik sharaflangan idrok egasi ekanini his qiladi. Ma’nolarni anglashida 
shamolning hissasi beqiyos edi. “..lekin bilib ol, u yoqda eng yaqin hamrohing- 
shamol bo‘ladi..” [9;156-b] Shamol romanda yo‘l boshlovchi, donishmand, roviy 
qiyofasida namoyon bo‘ladi. U qahramonni oddiy ko‘ringan hodisalar darchasidan
uning tub zamiriga boqib, tarix sahifalari ostida ko‘milib ketgan ming yillik hikmatlar 
qatlamini ko‘rishga o‘rgatadi. Muallif manzilga yetib borish mashaqqaatlarini turli 
rakurslarda turib ramziy detallar vositasida mahorat bilan tasvirlaydi. 
Ozod nihoyat lolaga yetib borganda ko‘radiki, u boshqa lolalardan farqli 
ravishda qora rangda edi. Qora rang salobat va ulug‘vorlik belgisi ekani inobatga 
olinsa, lolaning rangi uning yuksak ekaniga bir ishora bo‘lishi mumkin, boshqa
lolalarga o‘xshamasligi uning darajasini yanada balandlatgandir. Balki u chaqmoqlar 
tufayli qora rangda tug‘ilar? Ochilishida chaqmoqlarning xizmati bo‘lgan bu gulning 
sathida chaqmoq kuydirgan izlar bor. Ikkinchi tomondan, u g‘amgin edi: “Bilmadim, 
-dedi Lola, bosh egib. Shunda Ozod lolaning mungli va mayus ekanini ko‘rdi, uning 
nozik gulkosalarida ko‘z yoshlari monand tomchilar titrar edi” [9;156]. Mulohaza 
qilinadigan bo‘lsa, bu o‘rinda qora rang qayg‘uni bildirish uchun ishlatilgan degan 
xulosa haqiqatga yaqinroq. Lola gulkosalaridan uchqunlar taratib, yog‘dulanib 
turardi, ammo uning hayoti qorong‘ulikdan iborat edi, hatto nima sababdan unib 
chiqishi, nega bebaho ekanini ham bilmaydi. Unga talpinayotganlari, aziz tutishlari
also quvontirmaydi. Yagona tilagi chaqmoqli qoyatoshlar ortidagi yana bir lolaga 
yetishish va murg‘ak lolasini - zuryodini dunyoga keltirish. Ozod anglaydiki, baxt 
atalgan lolaning o‘zi baxtga mushtoq. Bundan kelib chiqib, inson intilayotgan, talab 
qilayotgan ne’matlarning o‘zi insonga muhtoj deyish mumkin . Baxtni har kim har xil 
tushunadi. Kimgadir sog‘lik baxt. Boshqaga boylik. Ko‘pincha kishi o‘zida 
bo‘lmagan narsani baxt deb hisoblaydi. Boshqa jihatdan qaraganda, orzu qilgan
erishishni xohlagan narsalarinmizning hammasi ham biz o‘ylaganday mukammal 
bo‘lmasligi anglatiladi. Chunki hamma narsa ham ko‘ringanidek yoki 
ta’riflanganidek emas. Baxt aslida insonning o‘zi, borligi, asliyatining 
sharafliligidadir. Muammo shundaki, inson har doim ham buni anglab yetmaydi. 
Buyuk bo‘lib yaratilganini tushunmaydi. Barcha yaratiqlar ichida eng oliy maqomga 
egaligini unutib qo‘yadi. Muallifning maqsadi o‘quvchiga shularni singdirish, ruhini 
qalqitib, alq ko‘zini ochish, olamga, undagi har bir yaproq, tosh, giyohga tafakkur 
nazari bilan qarashga majbur qilishdir. Inson o‘z taqdirining yaratuvchisi, farovon 
hayotning bunyodkori. Hammasi uning qo‘lida, lola faqatgina ramziy ishora xolos. 
Ayni paytda Ozod obrazini yoritishda qo‘shni ayollarning suhbati, uzumzorlar 



Yüklə 354,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə