Isayeva shaxnozaning


III BOB. ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHNING SAMARADORLIGI



Yüklə 67,93 Kb.
səhifə6/7
tarix24.02.2023
ölçüsü67,93 Kb.
#101472
1   2   3   4   5   6   7
ISAYEVA SHAXNOZA KURS ISHI

III BOB. ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHNING SAMARADORLIGI
3.1. Ijodiy fikrlashga o‘rgatishda o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligi
Muammo yuzasidan olib borilgan tadqiqot davomida boshlang`ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlashga o‘rgatish jarayoniga ta'sir qiluvchi muhim omillardan biri - o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligi diqqat markazida tutildi.
Ma'lumki, ta'lim jarayoni ikkiyoqlama xaraktеrga ega bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning tеng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchi ta'lim jarayonining to‘g`ri tashkil etilishi, ta'lim maqsadlarining to‘g`ri amalga oshirilishi va ta'lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta'lim jarayoni o‘qituvchining to‘liq hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, dеgan noto‘g`ri fikrning tug`ilishiga asos bo‘la olmaydi. hozirgi davr talabi ham kimnidir bo‘ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir.
Ta'lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o‘zlashtirishga oid mеxanizmgina bo‘lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik lozim. Bizningcha, o‘quv vaziyati ta'lim jarayonini tashkil qiluvchi o‘zgaruvchan tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat:
o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorligi;
o‘quvchilarning o‘zaro bir-birlari bilan hamkorligi.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning hamkorligi o‘qituvchining o‘quvchilarga ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi. U asta-sеkin faollashib o‘quv harakatlariga aylanadi. Natijada, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar munosabati hamkorlik pozitsiyasiga o‘sib o‘tadi.
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituuvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘qvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga tayyorlash bugungi boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan muhim talablardan biridir. Chunki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni oson va qiziqib o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o‘qituvchining ham professional o‘sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi.
O‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish qachondan boshlanadi? degan savol tug'ilishi tabiiy. Buning uchun insonnning fikrlash jarayonining shakllanish bosqichlarini bilish lozim.
Insonnning fikrlash jarayoni hayotni, insonlarni, ular orasidagi munosabatlarni, tabiatni sezgilar yordamida kuzatish jarayonida shakllana boradi. Bola dunyoga kelgandan boshlab hayotni, kattalar faoliyatini, tabiatdagi voqea va hodisalarni ko‘rib, kuzatib, ularni o‘ziga o‘zlashtira boshlaydi va natijada unda tasavvurlar paydo bo‘ladi, nutq shakllanadi. Shuning bilan birgalikda bola sezgilari yordamida to‘plagan ma'lumotlari asosida ko‘plab tasavvur boyliklariga ega bo‘ladi va uni tushunishga, anglashga intiladi. Shuning uchun ularda ko‘plab savollar paydo bo‘ladi. Masalan, osmonda nima bor? Nega kecha va kunduz bo‘ladi? Qushlar nega uchadi? Nega men kichkinaman? Nega ranglar xilma-xil? Nega yomg'ir, qor yog'adi? Ular qaerdan paydo bo‘ladi?Bulut-chi? va hokazo. Bir onaning uch yarim yashar bolasi haqida so‘zlab berganlari:”Bir kun bolam menga shunday savol berdi: -Ona nega bizning burnimiz har xil? Meniki yassi, sizniki tik, opamniki yana boshqacha? Nima deyishni bilmasdan, -Shunday yasashganda bolam, dedim. - Kim yasagan, do‘xtirlarmi? Ular kesib-kesib yopishtirishadimi? - Yo‘q, bolam, xudo yasagan. - Xudo qanday yasaydi? Xullas, bolam meni savol-javobda yengdi. Nima deb tushuntirishni bilmadim. Bolamni chalg'itishga harakat qildim. Bolam esa savol berishini to‘xtatmas edi. Darhaqiqat, maktabgacha tarbiya yoshida bolalar ota-onalariga tinimsiz savollar yog'diradilar. Ana shunday paytda bolaning savollariga chidam bilan javob berish uning fikrlashiga, voqea, hodisalarni anglashiga yordam beradi, nutqining o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘pincha ba'zi ota-onalar bu savollarga befarq qaraydilar yoki javob berishni lozim topmaydilar. Uni urishib tashlaydilar. Bu esa bolaning fikrlash jarayonini susaytiradi, uni befarqlikka yo‘llaydi. Hamma narsa mening uchun emas, mening bilishim shart emas deb o‘ylaydi, hamma voqea va hodisalarga befarq bo‘lib qoladi. Bolaning nutqi maktab ta'limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqatga kirishib kishilarning fikrini uqib olish va to‘g'ri idrok qilish darajasida shakllana boradi. U eshitgan va ko‘rganlari to‘g'risidagi ma'lumotlarni tushuna oladi.
O‘zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqliy faoliyat operasiyalaridan o‘rinli foydalanadi. (Ularni taqqoslaydi, oydinlashtiradi, guruhlarga ajratadi, haqli xulosa chiqarishga harakat qiladi). Shunday qilib unda fikrlash bosqichi paydo bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning fikrlash darajasi maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonida takomillashadi.
O‘quvchining fikrlash darajasining takomillashuvida o‘qituvchining roli beqiyosdir. O‘qituvchi o‘quvchilarni ta'lim jarayonining faol subektiga aylantirmog'i lozim.
Bunda ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta samara beradi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilingan darsda o‘quvchi faol qatnashadi, o‘qituvchi va o‘rtoqlari bilan erkin muloqotga kirishadi. Ayniqsa shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya o‘quvchilarni ta'lim jarayonining sub'ektiga aylantiradi. O‘quvchilarni o‘quv materiali ustida erkin fikr yuritishga imkoniyat yaratadi. Bu sohada modulli ta'lim texnologiyasining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, ta'lim jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish ham katta samara beradi. Didaktik o‘yinlar bolada o‘qish motivini rivojlanishiga yordam beradi. O‘yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. O‘yin o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir.
O‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. Muhimi, didaktik o‘yinlar jarayonida bolada o‘z kuchiga ishonch shakllanadi, erkin harakat qilishga, o‘z fikrlarini erkin bayon qilishga o‘rganadi, mustaqil fikrlar bildira boshlaydi. Masalan, “Suratdagi xatoni top” o‘yinida bola suratni mustaqil kuzatadi. Qish manzarasi tasvirlangan suratda daraxtning gullayotgani ham chizilgan bo‘lsa, buni bola mustaqil topadi. Shu joyda uning tafakkuri ham ishga tushadi. Ya'ni o‘rganganlari asosida har bir faslning o‘ziga xosliklarini esga oladi va qishda daraxt gullamasligini asoslaydi. Xuddi shuningdek, “Bo‘lishi mumkin emas”, “Matndagi xatoni top” o‘yinlari, rebus, boshqotirma kabilar o‘quvchilarning fikrlash jarayonini faollashtiradi va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Shuningdek, darslikdagi rasm ustida ishlashga doir mashqlar ham o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bola rasmga o‘z munosabatini bildiradi, savol-javoblarda faol ishtirok etadi, rasm asosida hikoya yozish topshirig'i berilsa, u o‘z tasavvurlari asosida hikoya yozadi.
Boshlang'ich sinf o‘qish darslarida bolani mustaqil fikrlashga o‘rgatish imkoniyatlari keng va undan oqilona foydalanish yaxshi samara beradi. O‘quvchini matn ustida ishlashga yo‘llash mustaqil fikrlashga o‘rgatishning eng samarali usullaridan biridir. Boshlang'ich sinflar uchun tayyorlanadigan darsliklar ham matn oxirida beriladigan mashqlar, savol va topshiriqlar asosida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llashi lozim. Masalan, “”She'rni kim aytayapti?”, “She'rga siz qanday qo‘shimcha qila olasiz?”, “Hikoya (yoki ertak) qahramoni bilan do‘stlashishni xohlaysizmi?”, “Hikoya qahramoniga qanday maslahat berasiz?” , “Ertak voqealari ichida bo‘lishni xohlaysizmi?”, “Unda kim bo‘lib qatnashishni xohlaysiz?” kabi savollar, “Matnni qismlarga bo‘ling va har bir qismga sarlavha qo‘ying”, “O‘qituvchi yordamida matn rejasini tuzing”, “Reja asosida matnni qayta hikoya qiling”, “Matndagi qahramonlarni almashtirib qayta hikoya qiling” va boshqa shu kabi topshiriqlarni berish o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishga va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash asosida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar kontingentining yangicha va samarali ishlash sirlarini o‘rganib chiqish. Pedagoglarning modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash faolligini oshirish va aksincha, unga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash, modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash asosida ishlashning yanada samaraliroq yo‘llarini izlash. Mazkur masalalar bo‘yicha to‘plangan axborotlar maktab o‘qituvchisi pedagogik faoliyatini modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash elementlari bilan boyitishda va uning samarali bo‘lishiga yordam beradigan bir qator chora-tadbirlarni belgilab olishga yordam beradi.
Tajribali o‘qituvchilarning modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash asosida ishlash sirlarining o‘ziga xosligi, tuzilishidagi farqlari va xarakter xususiyatlarini chuqur o‘rganish. Buni bilish o‘qituvchining modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash faoliyatining motivli asosini “tasvirlab” berishga, uni o‘z etaloni sifatida qabul qilishga, o‘qituvchi kasbiga qiziqishning o‘quv yurtidagi rivojlanish jarayonini bilish, yosh kadrlar tayyorlashdagi kamchiliklarni ko‘rish, ularning amaliyotini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishga yordam beradi.
Ta’lim – tarbiya jarayonida ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilar muammoli vaziyatlarni aniqlash, tahlil qilish va mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallaydi, ko‘rgazmali vositalar tayyorlash, ilmiy tavsifdagi izlanishlarni talab qiladigan masalalarni hal qilish uslublari bilan tanishadi. Bugungi kun ta’lim oluvchidan faol harakat qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni, hayotning o‘zgarayotgan sharoitlariga tez moslashishni talab qiladi. Buning uchun, ta’lim oluvchi zarur bilimlarni mustaqil egallash va amaliyotda qo‘llash; muammolarni yechishga qaratilgan qarashlarni taklif qilish, yangi muammolarni aniqlash va yechish; erkin va mustaqil fikrlash; innovatsion g‘oyalar yaratish qobiliyatiga ega bo‘lish; o‘zining intellektual salohiyati rivojlantirish ustida mustaqil ishlash kabi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.
Bizningcha, ta’limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta’limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta’limiy o‘yinlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta’limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilari bilim olishning poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatini rivojlantirishni taqoza etadi. Shunday ekan o'quvchilarning ijodkorli, ijodiy faoliyatini rivojlantirish lozimligi kun tartibdagi muammo bo'lib qoldi. Hozirgi kunda, 1-4-sinf o'quvchilariga ijodiy faoliyatini rivojlantirishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiboriga olish, ta'limni samarali tashkil etishda darslarni noan'anaviy tarzda o'tkazish, darslarda innovatsion metodlardan faydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, ularni har tomonlama yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Shunday qilib boshlang’ich sinf o'quvchilarini ijodiy faoliyatini shakllantirishda, yuqorida aytib o'tilganidek ertak, hikoya, maqol, masal, she'r kabi asarlarni o'rgatishda, she'rni yodlatishdan oldin o'qituvchi mag'zini chaqib berishi, o'quvchilarda ushbu aytilayotgan ma'lumotlarni anglab yetishi, faraz qilishlari va hokozalar o'quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
''O'quvchini mehnat qilishga o'rgat, uni nafaqat mehnati sevishga, u bilan shunday uyg'unlashishga ko'niktirginki, toki mehnat uning vujudga singib ketsin, uni shunga o'rgatki, uning uchun o'z kuchi bilan biron-bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig'maydigan holat hisoblansin, u mustaqil o'ylamog'i, izlamog'i, o'zini ko'rsatmog'i, o'zining uyg'onmagan qobiliyatlarini rivojlantirmog'i, o'zini sobitli inson qilib yetishtirmog'i lozim ''-deydi, A. Disterveg.
Bunday mustaqil ishlarga namuna asosidagi mustaqil ishlar, sharhlab yozish, grammatik topshiriqli diktantlar kiradi. Bu xildagi mashqlar o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritish jarayoniga qisman ta’sir ko‘rsatadi va u ko‘pincha darslik mashqlari asosida o‘tkaziladi. Quyida darslikdan tashqari bo‘lgan namuna asosidagi mustaqil ishlarning ayrim variantlarini keltiramiz. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi usullardan yana biri - mustaqil ish metodidir.Nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki umuman ta’lim sohasida keng qo‘llaniladigan o‘quvchilarning mustaqil ishlari ta’lim samaradorligini oshiruvchi vosita sifatida doimiy ravishda tadqiqotchilar diqqat markazida bo‘lib kelgan. Metodist olimlar mustaqil ishlardan dars jarayonida keng foydalanishni doimo yoqlab chiqqanlar. Chunki o‘quvchilarning bilimlarni egallash va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, avvalambor, mustaqil ishlarni bajarish, oldida turgan muammo va masalalarning yechimini topish jarayonida shakllanadi.
Aytish joizki “so’zlovchining turli xil ro’hiy holati, quvonchi, qahr-g‘azabi, tanbehi, tahdidi haqorati, maslahati kabilar tilda mavjud bo’lgan lisoniy vositalar yordamida voqelanadi” Shunga ko‘ra, o‘quvchilarning kreativ fikr yuritish jarayonini o‘qituvchi bilan hamkorlik faoliyatiga chambarchas bog‘liq deyish mumkin. O‘qituvchilar o‘quvchilari bilan teng munosabat o‘rnatar ekan, beriladigan har qanday topshiriq quvonch bilan bajariladi, natijada ta‘lim samaradorligi ham ta‘minlanadi.

Yüklə 67,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə