Isayeva shaxnozaning


I BOB. KICHIK GURUH O‘QUVCHILARINI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 67,93 Kb.
səhifə3/7
tarix24.02.2023
ölçüsü67,93 Kb.
#101472
1   2   3   4   5   6   7
ISAYEVA SHAXNOZA KURS ISHI

I BOB. KICHIK GURUH O‘QUVCHILARINI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Kichik guruh o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatish - pеdagogik muammo sifatida
Hayot jumboqlarini, tabiat tug`dirgan muammolarni o‘rganish, ularga tеgishli javob topish istagi, yana ham to‘g`rirog`i, baxt-saodatga erishish muammosi, insonning o‘zini va olamni bilishga bo‘lgan qiziqishi asrlar mobaynida fikrlashga, o‘z fikrlarini mantiqiy asoslashga da'vat qilib kеladi. Sharq allomalari asarlarida bu muammoga alohida to‘xtalib o‘tilgani bеjiz emas. Zеro, ijodiy, ongli faoliyat yuritadigan insongina o‘z xalqi, Vatani, ota-onasi oldidagi burchini uddalay oladi va har qanaqa yot ta'sirlarga bеrilib kеtmaydi, inson dеgan ulug` nomga munosib ish ko‘radi.
Sharq va harb olimlari bu muammoni o‘zlari yashab o‘tgan davr ijtimoiy mug`itidan kеlib chiqqan holda еchishga harakat qilganlar.
Inson tafakkurining bеqiyos kеngliklari «Qur'oni Karim» va «Avеsto»da diniy asosda talqin qilingan bo‘lsa, o‘rta asrlarda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Bеruniy kabi qomusiy olimlar asarlarida ilmiy-badiiy usulda talqin qilingan.
Kaykovus ilmiy asarlar mutolaasidan olingan bilimlar nеcholi haq bo‘lmasin, hayotda o‘z fikriga tayanib ijodiy ish ko‘rish lozim bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘lishi mumkinligini o‘g`liga nasihat tarzidagi «Qobusnoma» asarida yozadi: «Ey farzand, bilgilki, barcha hukmni kitob bo‘yicha qilmasdan, o‘z fikrlari bilan ham hukm qilurlar va bunday tadbirlar bilan ham ishni bilib olurlar»
O‘quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan interfaol ta’lim olishlariga ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari - norasmiy bahs - munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o‘qish, o‘rganish, seminarlar o‘tkazish, o‘quvchilarni tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat.
Interfaollik, bu – o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o‘quv- biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida dialog shaklida yoki o‘qituvchi – o‘quvchilarning o `zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi – o‘qituvchi, o‘quvchi – o‘quvchi suhbatlarida sodir bo‘ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritishi, uni ehtiyoji, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarni ishga solishga muhit yaratishdir. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o‘qigan, ko‘rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy fazilatlariga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda. Agar o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchi o‘zining o‘zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo‘lar edi.
Interfaol o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaol o‘yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlanishiga ordam beradi .
Bu metod o‘quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof –muhit, hayotni bilishgaqiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi .
Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turli yo‘nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan, didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Interfaol o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda tahlil qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish, til o‘rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi.
Interfaol o‘yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha, ya’ni o‘g‘il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o‘yinlar :
ishtirokchilarning soni bo‘yicha –yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o‘yinlar :
o‘yin jarayoni bo‘yicha fikrlash, o‘ylash, topag‘onlik, harakatlarga asoslangan musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan;
vaqt me’yori bo‘yicha - dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan o‘yinlar.
Interfaol usullarning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
2. Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;
3. O‘z-o‘zini fikrlashga majbur etish;
4. Faollashtirish;
5. O‘quvchilarni tashkilotchilik va yo‘naltiruvchanlikka undash:
6. Do‘stona munosabatlarni shakllantirish;
Interfaol metodlarda o‘qitishning mohiyati quyidagicha:
o‘rgatuvchi ham o‘rganuvchi ham ma’lumotlar bilan faol ishlashi;
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o‘rgatishi;
o‘qituvchiga “o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish uchun” xizmat qilsa, o‘quvchilarga esa “fikrlashni o‘rganishlari uchun” xizmat qilishi;
Interfaol metodlarni qo‘llashda foydalaniladigan vositalar:
1. Darsliklar, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar.
2. Texnika vositalari.
3. Tarqatma materiallar.
5. Slaydlar.
6. Ko‘rgazmali qurollar.
7. Didaktik o‘yinlar.
O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida (motivatsiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarni ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olishga yo‘llash, o’z - o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ayrim didaktik o‘yinli dars shakllari:
“O‘zim tekshiraman” o‘yini.
Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda o‘qituvchi kichik hajmdagi diktantlarni tanlaydi. Boshlang‘ich sinflarning har bir sinfida darsning boshlanishida qo‘llash mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar diktantni yozib bo‘lishgach, o‘qituvchi doskaga diktantni yozib ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa o‘qituvchining yozganiga qarab, o‘zlari yozgan diktantlarini tekshiradilar. Diktant oldindan doskada yozilib, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. Bunday diktantlarni hatto alifbe davrida ham qo‘llash mumkin bo‘lib, o‘qituvchi dastlab faqat harflardan, so‘ng (undosh harflar bilan tanishtirilgach) bo‘g‘inlardan iborat diktant yozdirishi mumkin:
1-variant: Oo, Ii, Uu, Aa, O‘o‘
2-variant: -Lo, -no, -to, -mi, -un, -in
3-variant: Bola, lola, ona, zar, par
4-variant: Bugun havo issiq.
Bugungi kunda, boshlang`ich ta`limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko‘ra didaktik o‘yinlar, evristik suhbat, mantiqiy boshqotirma, loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda. Bu texnologiyalar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga, ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishga, amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishga, ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka asoslangan. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi
Kreativ fikrlashni rivojlantirish shartlari tanqidiy fikrlash;
 sifatni tahlil qilish qobiliyati;
 mantiqiy zanjir yaratish qobiliyati, yangi g‘ayrioddiy g‘oyalarni taqdim
 etish; an’anaviy sxemalar, qarorlar, harakatlar bilan chegaralanib qolmaslik;
 muammoli vaziyatlarni tezda hal qilish;
 yetarli yechimni tanlash;
 muammoga tinch yondashish.
Kreativ fikrlash psixologiyasi: Ajablanadigan va ijodkorlik qobiliyati kreativ fikrlashning asosiy shartlari hisoblanadi. Muhim vaziyatlarda tezlik bilan harakat qilish va muammolarni hal qilishning turli yo‘llarini topish juda muhimdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kreativ fikrlashga o‘rgatish bir kunda yoki bir soatlik dars davomida amalga oshirilmasdan, balki yillar davomida bosqichmabosqich turli omillar ta‘sirida amalga oshiriladigan jarayondir.
Ta‘lim metodlari xilma-xil bo‘lib, o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra guruxlarga birlashtiriladi.
Ta‘lim metodlarining tasnifiga oid turli qarashlar mavjud: ba‘zi mutaxassislar ta‘lim metodlarini tasnif etishda bilim manbalarini hisobga olishsa, ayrim olimlar o‘qituvchi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar esa o‘quvchilar faoliyatini e’tiborga olishadi.
Ta‘lim metodlariga bunday qarashlarning ko‘p va rang-barang bo‘lishi tabiiy. Chunki ta‘lim metodlari mazmunan boy hodisa bo‘lib, ular ma‘lumot mazmuni bilan ham, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati bilan ham, bilim va malakalar bilan ham, shuningdek, kreativ qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Ta‘lim metodlarining barchasi ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilmaydi. Binobarin, reproduktiv metod o‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirishga t a ‘sir etmasa, muammoli izlanish metodi orqali bu borada yuqori natijalarga erishish mumkin. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning xilma-xil o‘quv materiallarini hal qilishlari orqali izlanish g‘oyasining joriy qilinishi kreativ fikrlashga o‘rgatish usullaridan biridir. O‘quvchilar tafakkurining kreativligini shakllantirishda bu usuldan oqilona foydalanish nihoyatda samarali bo‘lib, tadqiqotchilik ko‘nikmalari va ishga kreativ yondashishga yordam beradi.
Muammo - mohiyatiga ko‘ra, zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan masaladir. O‘qituvchi o‘quvchi oldiga muammo qo‘yar ekan, uni hal qilish yo‘lidagi harakat davomida o‘quvchi izlanadi, ijod qilishga intiladi, muammo ustida avvalgi tajriba va bilimga tayangan holda fikr yuritadi.
O‘quvchilar ta‘lim ob’ekti bo‘lib qolmay, sub’ekti ham bo‘lishlari lozimligi davr talabidir. Ular o‘qituvchining talabini shunchaki o‘zlashtirmay, balki o‘z shaxsiy tajribalari, aqliy rivojlanish darajalariga qarab faol o‘zlashtirishlari, qayta ishlashlari lozim. Ta‘lim jarayonida kreativ fikrlashga harakat qilishga qobil yosh avlodni tarbiyalash lozim. Shu bois ko‘pgina olimlar va ilg‘or o‘qituvchilar o‘quvchilarda o‘quv faoliyatiga kreativ va kreativ yondashuvni tarkib toptirish yo‘lida izlanmoqdalar. Bu borada olib borgan izlanishlarimiz natijasi o‘laroq, ta‘limning muammoli metodining o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatishdagi o‘rni ustida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Bu metoddan foydalanish bilish jarayonining samaradorligini oshiradi, bilimlarni chuqur, ongli, mustahkam o‘zlashtirishga, kreativ fikrlash va izlanishlar natijasida o‘ziga xos kashfiyotlar qilish imkonini beradi.
Ta‘limning muammoli metodi nuqtayi nazaridan ta‘limdagi asosiy yo‘nalish o‘quvchilarda o‘quv topshiriqlarini hal etish, bilish va kreativ fikrlash faoliyatini shakllantirishdir. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar sub’ekt sifatida jalb qilinib, o‘qituvchi rahbarligida o‘zlari bilim oladigan sharoitga solinadi. Shu jarayonda yangidan yangi, murakkablashib boruvchi uzluksiz muammolarga daxldor ta‘lim tashkil etiladi. Bunday ta‘limda butun bir dars bitta asosiy muammoni hal etishga bag‘ishlanishi mumkin. Yoki bir dars davomida o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali bir qancha izchil muammolarga bo‘linishi mumkin.
Muammolar ketmaket hal qilingach, bilimlarni bir tizimga solish, umumlashtirish amalga oshiriladi. Muammoli izlanish metodi o‘quvchilar oldiga muammoli savol yoki topshiriqlar qo‘yish, muammoli vaziyat yaratish, muammolarni hal etishga o‘quvchilarni jalb etish, ular faoliyatini nazorat qilish, yakuniy xulosalar chiqarishni o‘z ichiga olib, uning o‘quv muammosi, muammoli vaziyat, muammoli savol, muammoli topshiriq kabi kategoriyalari mavjuddir.
O‘quv muammosi ilmiy bilish zaruriyatining sub’ektiv ifodasidir. U muammoli vaziyatning in’ikosi, ya‘ni ta‘lim jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida yuzaga keluvchi ob’ektiv ziddiyatdir.
Umuman olganda, o‘quv muammosi deganda o‘quvchilar tomonidan kreativ izlanishlar tufayli hal etilishi ko‘zda tutilgan ziddiyatli masala tushuniladi.
Ziddiyatli masala esa o‘ziga xos muammoli topshiriq, muammoli savol shaklida bo‘lib, o‘quvchilardan kreativ fikr yuritishni talab etadi. Muammoning hal etilishi natijasida yangi bilimlar bilan qurollantiriladi.
Bizningcha, muammoli vaziyat muammolarni hal etishning yangi yo‘llari va usullarini topish jarayonida yuzaga keladigan holatdir.
Muammoli savollar o‘zlashtirilgan bilimlar asosida javob berishni taqozo qilishi bilan ajralib turadi.
Muammoli savollar “Nima uchun?”, “Qanday tushunish mumkin?”, “Siz nima deb o‘ylaysiz?” “Sababi nimada?” kabi turli shakllarda bo‘lishi mumkin.
Shunga ko‘ra, muammoli masalani berilgan topshiriqni to‘g‘ri bajarishga xizmat qiluvchi, maqsadga erishishga olib keluvchi, yangi, noma‘lum bilimlarni egallash ehtiyojini uyg‘otuvchi amaliy yoki nazariy masala sifatida baholash mumkin.
Ta‘lim jarayonida berilgan topshiriqni an’anaviy usullarda hal etish mumkin bo‘lmasa, hal etishning yangi usulini qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Muammoli topshiriq shu tariqa yuzaga keladi.
Muammoli ta‘lim boshqa o‘quv predmetlarida bo‘lgani kabi, shubhasiz, ona tilini o‘qitish jarayonini takomillashtirishda ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lishi mumkin. Chunki u o‘quvchilarning bilish faoliyatini ma‘lum maqsadga yo‘naltirishga xizmat qiladi, darsga kreativlik bag‘ishlaydi va oxir-oqibatda o‘quvchilarning aqliy rivoji uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Muammoli ta‘limning ahamiyati o‘quvchilarda bilish faoliyatini boshqarish masalalarini hal etishdagi o‘rni bilan ham belgilanadi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi mavjud ob’ektiv ziddiyatlar ta‘limga muammoli yondashuvni samarali amalga oshirish imkonini beradi.
Boshlang‘ich sinf ona tili ta‘limida muammolilikning bo‘lishi mutlaqo tabiiydir. Shu bois darsda muammoli ta‘limning material va o‘quvchilar tayyorgarligiga imkon beradigan barcha muammolilik elementlaridan foydalanishga intilish lozim. Biroq tegishli o‘quv qo‘llanmalari va metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilmas ekan, muammoli ta‘lim muammoligicha qolaveradi. Shu munosabat bilan nafaqat muammoli yondashuvga katta e’tibor berish kerak, balki shaxsiy tajriba va ilmiy izlanishlarga suyangan holda boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida muammoli ta‘limdan unumli foydalanish bo’yicha tegishli o‘quv qo‘llanmalari va metodik tavsiyalar ishlab chiqish muhimdir.
O‘qituvchi dars jarayonida tovush, harf, so‘z, gap va uning turlari, bo‘g‘in hamda nutqqa doir bilish muammosini qo‘yishda o‘quvchilar eksperimental xarakterdagi kreativ ishga jalb etiladi. O‘qituvchi muammoli vaziyat yaratib o‘quvchilarni uning hal qilinishi tomon yo‘naltirar ekan, tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish kabi tafakkur jarayonlaridan biriga ongli ravishda jalb qilish orqali bilimlarni mexanik tarzda eslab qolishdan ongli o‘zlashtirishga yo‘l ochadi. Bunda muammoli izlanish metodi mantiqiy tadqiqot metodlari bilan qo‘shilib ketadi va o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kreativ fikrlashga o‘rgatuvchi usullardan yana biri – mustaqil ish metodidir.
Nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki umuman ta‘lim sohasida keng qo‘llaniladigan o‘quvchilarning kreativ ishlari ta‘lim samaradorligini oshiruvchi vosita sifatida doimiy ravishda tadqiqotchilar diqqat markazida bo‘lib kelgan. Metodist olimlar kreativ ishlardan dars jarayonida keng foydalanishni doimo yoqlab chiqqanlar. Chunki o‘quvchilarning bilimlarni egallash va kreativ fikrlashga o‘rgatish, avvalambor, kreativ ishlarni bajarish, oldida turgan muammo va masalalarning yechimini topish jarayonida shakllanadi.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning hamkorlik faoliyati ta‘lim sub’ektining o‘zaro muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish vositasi bo‘lib qolmasdan, balki bu faoliyat o‘quv materialini o‘zlashtirish vositasiga ham aylanishi lozimdir. Ya‘ni hamkorlik ikkiyoqlama faollik orqali amalga oshishi mumkin, uni takomillashtirish esa o‘sha vositalar bilan qurollanishni taqozo etadi.
O‘quvchilarning ta‘limga ixlos qo‘yishi o‘qituvchining mana shu hamkorlikni yarata bilish mahoratiga bog‘liq. Bunday hamkorlik o‘zaro muloqotning shunday bir shaklidirki, unda o‘quvchi o‘zini ta‘lim ob’ekti deb emas, balki kreativ va erkin harakat qiluvchi shaxs, deb biladi. O‘quvchining o‘quv jarayoniga munosabati bu jarayonning qanday borishi, pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabat uslubi, o‘quv materiallarini tanlash va tashkil qilish, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish usullariga, baholash tizimiga bogliqdir.
Muammoli izlanish va kreativ ishlash metodi, didaktik o‘yinlardan foydalanish jarayonida o‘quvchilar kreativ faoliyatining o‘sishi o‘quv jarayonining shaxsni kamol toptirishga qay darajada yo‘naltirilganligiga, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishiga bevosita aloqadordir.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi munosabatlardagi rasmiyatchilikni tugatishga, ta‘lim samaradorligini oshirish va kreativ fikrlashga yordam beradi. Chunonchi, amalda o‘zaro hamkorlik darajasi ta‘lim jarayonida ko‘tarilgan qo‘llar, o‘quvchilarning erkin faoliyati va hatto o‘zaro munosabatlari, raqobat va uyushqoqlik muhiti bilan beligilanadi. Bunday hamkorlik o‘rnatilgan t a ‘lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar ustidan hukmronlik o‘rnatmasdan o‘zini teng tutsa o‘quvchilar o‘qituvchilari bilan erkin fikr almashadilar.
Aytish joizki “so’zlovchining turli xil ro’hiy holati, quvonchi, qahr-g‘azabi, tanbehi, tahdidi haqorati, maslahati kabilar tilda mavjud bo’lgan lisoniy vositalar yordamida voqelanadi” Shunga ko‘ra, o‘quvchilarning kreativ fikr yuritish jarayonini o‘qituvchi bilan hamkorlik faoliyatiga chambarchas bog‘liq deyish mumkin. O‘qituvchilar o‘quvchilari bilan teng munosabat o‘rnatar ekan, beriladigan har qanday topshiriq quvonch bilan bajariladi, natijada ta‘lim samaradorligi ham ta‘minlanadi.

Yüklə 67,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə