Texnologiyalarga asoslangan darslar va ularning samaradorligi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix05.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#125420
  1   2
boshlangich-sinflarda-zamonaviy-pedagogik-texnologiyalarga-asoslangan-darslar-va-ularning-samaradorligi



[389] 
BOSHLANG'ICH SINFLARDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN DARSLAR VA ULARNING 
SAMARADORLIGI 
To'xtasinova Shahnoza Sharobiddinovna
Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani
28-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining
Boshlang’ich sinf oqituvchisi
 
Annotatsiya: 
maqolada boshlang’ich sinflarda dars o’tish jarayonida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarning samaradorligi haqida fikrlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
zamonaviy dars, pedagogik texnologiyalar, samaradorligi, 
savodxonlik darajalari, didaktik o’yinlar. 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta‘limning interfaol usullari 
ta‘lim jarayonining yengillashuvini, aniqlashuvini, o‘qituvchining erkin va 
majburiyatsizligini, eng asosiysi, o‘quvchi uchun o‘ta qizqarliligi va samaradorligini 
ta‘minlab bera oladi.
Pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishini majburiy grafika mashg‘ulotlari 
jarayonini beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, o‘quvchini biroz 
bo‘lsada fikr yuritishda o‘z fikrini boshqa o‘quvchiga aytishga, umuman, sinf xonasida 
kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok etishga undaydi.
Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari
shaxsiy tabiatlariga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish 
asosidagi metodlar keng qo'llanilmoqda. Agar o'qitish jarayonida har bir o'quvchi 
o'zining o'zlashtirish imkoniyatidan kelib chiqib quyidagi mezonlarga rioya qilsa, yaxshi 
natijalar beradi:
- ishtirokchilarning tarkibi bo'yicha, ya'ni o'g'il bolalar, qiz bolalar yoki aralash 
guruhlar uchun o'yinlar;
- ishtirokchilarning soni bo'yicha yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf 
jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o'yinlar;


[390] 
- o'yin jarayoni bo'yicha - fikrlash, о'ylash, topag'onlik, harakatlarga asoslangan, 
musobaqa va boshqalarga yo'naltirilgan;
- vaqt me'yori bo'yicha - dars, mashg'ulot vaqtining reja bo'yicha ajratilgan qismi, 
o'yin maqsadiga erishguncha, g'oliblar aniqlanguncha davom etadigan o'yinlar.
Ayrim didaktik o'yinli dars shakllari:
- ishchanlik o'yini darsi - mavzu bo'yicha masalalarni hal etish jarayonida 
o'quvchilarning faol ishtirok etishini ta'minlash orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish 
mashqi;
- rolli o'yin darsi- mavzu boyicha masalalarni o‘rganishda o'quvchilarga oldindan 
ma'lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rollarni bajarishlarini tashkil etish 
asosida bilimlarini mustahkamlash;
- teatrlashtirilgan dars - mavzu bilan bog'liq sahna ko‘rinishlarini tashkil etish 
orqali dars mavzusi boyicha chuqur, aniq ma'lumotlar berish;
- «kim oshdi savdosi» darsi - o'quv fani, ayrim bo'limi boyicha bilimlarni har bir 
o`quvchi qanchalik ko`proq bilishini namoyish etish;
- yarmarka darsi - mavzuni bo‘laklarga bo'lish, oldindan o'zlashtirgan 
o‘quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan 
darslar;
- o'yin darsi – mavzuni sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida ifodalash 
mashqlari bo'lib, o‘quvchilarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatini 
beradi;
- integral (integrallashgan) dars - boshqa darslarga doir va integratsiyalash uchun 
qulay holda mavzular bo’yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli fanlarga 
qiziqishlarini orttirib, ta'lim jarayonidagi faollikni ta'minlaydi.
4-sinf ona tili darslarida orfografik mashqlarni tahlil qilishda zamonaviy pedagogik
texnologiya usuli bo‘lmish interfaol metodlarni qollash har jihatdan ham ta‘lim 
samaradorligini oshiradi.
Orfografik mashqlarni tahlil qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan bir qancha interfaol
metodlarni ko‘rib chiqamiz.


[391] 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə