Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix05.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120360
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
64-variant

3.
 
Ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar 
Ish haqi kamida har yarim oyda bir marta, ammo boshqa xodimlarning ayrim 
toifalari uchun bu muddatlar boshqacha bo’lishi ham mumkin. Ish haqi to’lashning 
avans va avanssiz tartibi mavjud. Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun 
avans oladi, oyning ikkinchi yarmi uchun esa u bilan uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. 
Avans miqdori ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasida kelishuv asosida 
belgilanadi. Avanssiz hisob-kitobda oyning birinchi yarmi uchun ish haqi amalda 
ishlab chiqarilgan mahsulotga qarab to’lanadi. Ish haqidan ushlab qolinishiga, faqat 
quyidagi hollardagina yo’l qo’yiladi: 
-soliqlar bo’yicha; 
-sudning chiqarilgan hukmiga binoan ahloq tuzatish ishlari o’talayotganda, 
boshqa xil ushlab qolishlardan qat’i nazar ish haqining besh foizidan yigirma 
foizigacha bo’lgan miqdorda; 
-sudning chiqargan qaroriga binoan 20 foizdan ortiq bo’lmagan miqdorda
alliment undirib olinayotganda yoki boquvchisi mayib-majruh bo’lib qolganda, 
sog’lig’iga zarar yetkazilganda yohud vafot etganda, shuningdek, bosqinchilik yoki 
o’g’rilik tufayli yetkazilgan zarar undirib olinayotganda-ko’pi bilan ellik foiz 
miqdorda; 
-ma’muriy tartibda solinadigan, va hech shubhasiz majburiy tartibda ushlab 
qolinadigan jarimalar tarzida; 
-korxona 
oldidagi 
qarzini 
undirish 
maqsadida 
quyidagi 
hollarda 
ma’muriyatning farmoyishi bilan: 
a)
ish haqiga berilgan avansni ushlab qolish uchun: 
-hisob-kitobdagi yanglishishlar natijasida ortiqcha to’langan pulni qaytarib 


22 
olish uchun; 
-xizmat safarlari yoki boshqa joyda ishlashga o’tganligi munosabati bilan; -
xo’jalik ehtiyojlariga berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida 
qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun bunday hollarda avansni qaytarish, qarzni 
to’lash va hokazo uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan boshlab kamida 
bir oy o’tmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berilishi mumkin, 
agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa, u holda qarz faqat sud yo’li bilan undiriladi. 
b)
ishdan bo’shatilgan xodim shu yilgi ta’tildan foydalangan bo’lsa, ishlab ado 
etilmagan ta’til kunlari uchun: 
-korxona tugatilishi, shtatlar qisqartilishi munosabati bilan egallab turgan 
lavozimiga noloyiqligi aniqlanganligi; 
-vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganligi natijasida ishga uzoq vaqt 
kelmaganligi sababli; 
-harbiy xizmatga chaqirilishi yoki o’tishi; 
-boshqa ishga saylab qo’yiladigan lavozimiga o’tkazilganligi; 
-o’qishga yuborilgani bundan mustasno. 
-pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan xodim ishdan bo’shatilgan hollar 
bundan mustasno. 
v) xodimning aybi bilan yetkazilgan zararni undirish uchun, o’rtacha oylik ish 
haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda. 
Zararni undirishi haqidagi farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan ikki 
haftadan kechikmay chiqarilishi va bu haqda xodim xabardor qilingan kundan 
boshlab kam deganda yetti kundan keyin ijro etish uchun qo’yilishi lozim. 
Rag’batlantiruvchi to’lovlar va ularning asosiy turlari. 
Mamlakatimiz xo’jalik faoliyati tajribasida xilma-xil rag’batlantirish tizimlari 
ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida alohida- 
alohida yoki boshqa tizimlar bilan birgalikda foydalaniladi. Aytaylik, biror xodim 
mehnatda sezilami yutuqlarni qo’lga kiritdi va uni rag’batlantirish kerak. Bunda 
rahbariyat quyidagi rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’rishi mumkin (3-rasm): 
1)
xodimning malaka razryadini va tegishli ravishda tarif stavkasi 


23 
(maoshi)ni oshirish; 
2)
unga kasb mahorati uchun qo’shimcha haq to’lashni belgilash; 
3)
bir martali mukofot berish; 
4)
ko’rsatib o’tilgan bu rag’batlantirish turlarini biron-bir tarzda qo’shib 
foydalanish. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə