Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix05.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120360
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
64-variant

3-
 
rasm. Xodimni rag’batlantirishning bir necha turlari
7
 
Rag’batlantiruvchi tizimlarning bir necha guruhlarini alohida ajratib ko’rsatish 
mumkin: 
1.
Mehnat asosiy haq to’lashni xodimning asosiy mehnat me’yoridan 
chetga chiqadigan ko’rsatkichlarni bajarish va oshirib ado etish darajasi bilan bog’liq 
qilib qo’yadigan tizimlar. Bularga joriy ish natijalari uchun beriladigan turli 
mukofotlar kiradi.
7
Muallif tomonidan ishlab chiqildi 
Xodimning malaka 
razryadini va tegishli 
ravishda tarif 
stavkasi (maoshi)ni 
oshirish
Unga kasb mahorati 
uchun qo’shimcha 
haq to’lashni 
belgilash
Bir martali mukofot 
berish
Ko’rsatib 
o’tilgan bu 
rag’batlantirish 
turlarini biron- bir 
tarzda qo’shib ^ 
foydalanish


2.
Mehnatga asosiy haq to’lashni xodimning shaxsiy ishchanlik sifatlari
uning kasb mahorati darajasi va alohida fazilatlari, ishga bo’lgan munosabati bilan 
bog’laydigan tizimlar. Bular, avvalo, quyidagilar uchun rag’batlantiruvvchi 
xususiyatga ega bo’lgan qo’shimcha va ustama haqlardir: kasb mahorati; kasblar 
(lavozim)ni birga qo’shib bajarganlik, xizmat ko’rsatish me’yorlari (zonalari)ning 
kengayganligi; avvalgi ko’p hajmli ishni (xizmatlarni) ozroq miqdordagi xodimlar 
kuchi bilan bajarganlik. 
3.
Xodim yoki xodimlar guruhining asosiy ish haqini muntazam 
xususiyatga ega bo’lmagan muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan yoki muayyan, 
yetarli darajada zoq taqvim davri (yarim yil, bir yil) mobaynida qandaydir umumiy 
jamoa natijalari bilan bog’lovchi tizimlar. Bunga bir marta beriladigan turli 
mukofotlar va to’lovlar taalluqli bo’lib, hozirgi vaqtda ham ayrim korxonalarda 
alohida muhim ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan topshiriqlarni bajarganlik, 
ishlab chiqarish musobaqasida g’olib bo’lib chiqqanlik uchun, korxonaning yillik, 
yarim yillik, chorak yakunlari bo’yicha faoliyati va hokazolar to’lab borilmoqda. 
Biz yuqorida mehnatga haq to’lashning rag’batlantiruvchi tizimini 
tasniflashning ayrim boshqa belgilarini, xususan, rag’batlantirish tizimida hisobga 
olinadigan ko’rsatkichlar miqdori, shartlar va boshqa biron-bir tavsiflarni ajratib 
ko’rsatdik (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirishning barcha tizimlarini oddiy va 
murakkab tizimlarga ajratish mumkin); rag’batlantirish tizimi bilan ayrim xodimlarni 
yoki xodimlar jamoalarini qamrab olish va tegishli ravishda rag’batlantirishlar 
natijalari va miqdorlarini hisobga olish (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish 
tizimlari, alohida va jamoa-guruh tarzida bo’lishi mumkin); rag’batlantirish tizimida 
e’tiborga olinadigan mezonlarga nisbatan mukofotlashning ortib borish xususiyati 
(ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish tizimlari mutanosib ortib boruvchi va 
kamayib boruvchi tizimlarga bo’linishi mumkin). 
Kafolatlangan va badal to’lovlari. 
Xodimlarning uzrli sabablar bilan o’z mehnat vazifasini amalda bajarmagan 
davr uchun qonunda ko’zga tutilganiga muvofiq ravishda haq to’lashi kafolatli 
to’lovlar, deb ataladi. Bunday to’lovlar quyidagi hollarda belgilanadi: 
24


-xodim davlat va jamoat vazifalarini bajarganligi uchun, qonun bo’yicha bu 
vazifalar ish vaqtida bajarilgan taqdirda. Deputatlik burchini bajarish, deputat 
sifatida kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari quriltoylari, plenumlari, 
konferentsiyalari qatnashish, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlariga, 
sudga chaqirilish, xalq maslahatchilari sifatida sud majlislarida ishtirok etish kabilar 
shular jumlasiga kiradi; 
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, malakasini oshirgan vaqti uchun; -
tibbiy ko’rikdan, albatta, o’tishi lozim bo’lgan xodimning tibbiy tekshiruvdan o’tish 
davri uchun; 
-donorlik vazifasini bajargan hollarda 
-ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifini ayni ish korxonaning o’zida joriy qilish 
ishida qatnashgan vaqti uchun; 
-yillik ta’tilda bo’lgan vaqti uchun, xodimga ta’tildan oldingi 12 oxirgi 
kalendar oylar hisobidan o’rtacha ish haqi to’lanadi; 
-sovuq paytlari ochiq havoda yoki usti yopilmagan binoda ishlovchi ishchi va 
xizmatchilarga isinish va dam olishga berilgan tanaffuslar vaqti uchun; 
-bir yarim yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga bolasini emizishga berilgan 
tanaffus vaqti uchun; 
-shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan xodimlarga ishga 
joylashagan vaqti uchun. 
Xodimning o’z mehnat vazifalarini bajarilishi yoki boshqa joydagi ishga 
ko’chib o’tishi, yohud, boshqa joydagi ishga ko’chirilishi va qabul qilinishi bilan 
bog’liq sarf-harajatlarini qoplash maqsadida to’lanadigan haq badal to’lovlari, deb 
ataladi. Bunday to’lovlarga quyidagilar kiradi: 
-xizmat safariga yuborilganda beriladigan badal; 
Bunda safar muddati yo’lga ketgan vaqtni hisobga olmaganda 40 kundan ortiq 
bo’lmasligi kerak. Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo ’l kira haqi 
va turar-joy ijarasi haqi to’lanadi. Sutkalik pul dam olish va bayram kunlarini ham 
qo’shib hisoblab, xizmat safarining har kuni uchun to’lanadi. Safarga jo’nagan va 
undan qaytgan kuni bir kungi hisoblanadi. 
25 


26 
-ishchi va xizmatchilarga tegishli asboblarning eskirishi uchun to’lanadigan 
badal; 
Uning miqdorini ma’muriyat xodim, hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan 
kelishilgan holda belgilaydi. 
4.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə