Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish. Reja


Ish jarayonida nazorat olib borish



Yüklə 28,25 Kb.
səhifə4/6
tarix16.05.2023
ölçüsü28,25 Kb.
#110512
1   2   3   4   5   6
Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish.

Ish jarayonida nazorat olib borish
Ijozat berilgandan so‘ng brigada a’zolari tarafidan xavfsizlik talablarini bajarilishi
ustidan nazorat ishboshchiga (nazorat qiluvchiga) yuklatiladi. U iloji boricha xavfi
ko‘proq ish bajarilayotgan joyda bo‘laturib, o‘z ishini shunday tashkil qilishi
kerakki, o‘sha erdan turib ishlayotgan hamma brigada a’zolari ishini nazorat
qilaoladigan bo‘lsin.
Nazorat qiluvchiga brigada a’zolarini nazorat qilishdan boshqa biror ishni
o‘rindoshlik yo‘li bilan bajarilishi man qilinadi.
Mabodo ishboshchi (nazorat qiluvchi) ish joyidan vaqtincha ketishi kerak bo‘lib
qolsa, uning o‘rnini ish rahbari, ishga ijozat beruvchi yoki naryad berish huquqiga
ega bo‘lgan xodimga almashtirish imkoni bo‘lmasa, ishboshi brigadani ish joyidan
chiqarib yuborishi shart (taqsimlovchi uskuna joylashgan hududdan ular
chiqarilib, eshiklar qulflanadi, xodimlar elektr tarmog‘i tayanchidan tushiriladi va
hokazo).
Ishboshchi (nazorat qiluvchi) almashtirilganda, u naryadni o‘z o‘rniga
vaqtinchalik qoldirilgan xodimga berib ketishi kerak.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada farmoyish bilan ish
bajarilayotgan bo‘lsa ishboshining qisqa muddatga ketishiga ruxsat etiladi.
Bunday paytda brigadaning elektr xavfsizligi gruppasi III bo‘lgan bir yoki bir
nechta a’zolari ish joyida qolib ishni davom ettirishlari mumkin.
Ishboshchining ro‘xsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasi ish
joylaridan vaqtinchalik ketishlari mumkin. Bunda ularni brigada tarkibidan
chiqarish talab qilinmaydi. 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunada
ish joyida qolgan brigada a’zolarining soni ishboshchi bilan hisoblaganda ikki
kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Elektr xavfsizligi gruppasi III bo‘lgan brigada a’zolari taqsimlovchi uskuna
joylashgan xonadan mustaqil chiqib, yana ish joyiga qaytib kelishi mumkin. I va II
gruppaga ega bo‘lgan brigada a’zolari esa faqat III gruppaga ega bo‘lgan brigada
a’zosi yoki elektr uskunani yakka o‘zi kirib chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxs
hamrohligida chiqib yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin. Taqsimlovchi
uskunalar joylashgan xonadan chiqib ketishda eshikni ochiq, qulflamagan holda
tashlab ketish man qilinadi.
Ishga qaytgan brigada a’zolari faqat ishboshchining ruxsati bilan ishga tushishlari
mumkin. Agar elektr uskuna joylashgan xonani qulflashni iloji bo‘lmasa,
ishboshchi qaytguniga qadar, brigada a’zolari ish joyini tashlab ketishga haqqi
yo‘q.
Amaldagi Qoidani buzish hollari aniqlanganda yoki ishlayotgan ishchilar hayotiga
xavf tug‘diruvchi holat sezilganda darhol brigada ish joyidan chiqarilishi va
ishboshchidan naryad tortib olinishi kerak. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf
qilingandan so‘nggina birinchi bor ishga ijozat berish qoidasi talablarini bajargan
holda yangidan ishga qo‘yish mumkin.


Yüklə 28,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə