Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish. Reja


Brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirish



Yüklə 28,25 Kb.
səhifə5/6
tarix16.05.2023
ölçüsü28,25 Kb.
#110512
1   2   3   4   5   6
Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish.

Brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirish
Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr
uskunalar da brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirishni ishlashga ijozat beruvchi
shaxs bajaradi. Agar naryad beruvchi naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satrida
yozma ravishda ish rahbari yoki ishboshchiga topshiriq byergan bo‘lsa, brigadani
boshqa ish joyiga ko‘chirishni ish rahbari yoki ishboshchi ham amalga oshirishi
mumkin.
Bitta havo elektr uzatish tarmog‘i, havo aloqa uzatish va kabel elektr uzatish
tarmoqlarini hamda elektrostansiya va podstansiyalarni 1000 V kuchlanishgacha
bo‘lgan elektr uskunalarning har xil ish joylarida brigadani boshqa ish joyiga
ko‘chirishni ishboshchi naryadda rasmiylashtirmasdan amalga oshiradi.
Brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirish naryadning 3-jadvalida rasmiylashtiriladi.
Navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimidan bo‘lgan ishlashga ijozat beruvchi
brigadani ko‘chirishni naryadning har ikkala nusxasida rasmiylashtiradi.
Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida uskunadan kuchlanishni
olmay bajariladigan ishlarda naryad faqat brigadani bir taqsimlovchi uskunadan
boshqa taqsimlovchiuskunaga ko‘chirishda rasmiylashtiriladi.
Farmoyish bilan ish bajarilayotganda barcha elektr uskunalarda brigadani boshqa
ish joyiga ko‘chirish rasmiylashtirishni talab qilmaydi.
Ish jarayonida tanaffus va ish tugashini rasmiylashtirish
Ish kuni mobaynidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish uchun, ish sharoiti tufayli)
brigada ish joyidan chiqarilishi hamda taqsimlovchi elektr uskuna joylashgan xona
eshigi qulflab qo‘yilishi zarur.
Naryad ishboshchida (nazorat qiluvchida) qoladi.
Brigada a’zolarining tanaffusdan so‘ng ishboshchisiz (nazoratchisiz) ish joyiga
qaytishga haqlari yo‘q. Tanaffusdan so‘ng ishboshchi (nazorat qiluvchi) brigada
naryadni rasmiylashtirmasdan ishga qo‘yadi.
Ish kuni tugashi tufayli ishda tanaffus bo‘lsa brigada ish joyidan chetlashtirilishi
kerak.



Yüklə 28,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə