Ишлаб чикариш дастури


Bazalarning doimiylik tamoyili



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə17/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Bazalarning doimiylik tamoyili deb, texnologik jarayonning barcha operatsiyalarini bajarishda detalning bitta yuzasidan o’rnatish baza sifatida foydalanishga aytiladi.
Agarda yo’qoridagi tamoyilga amal qilish qiyin bulsa, u holda o’rnatish bazasi sifatida boshqa yuzalarga nisbatan aniq o’lcham bilan belgilanuvchi xizmat vazifasiga bevosita ta’sir etuvchi yuza olinadi.
Xuddi shuningdek, bitta yuza turli xil baza vazifasini bajara oladigan qilib tanlab olish kerak, chunki bu ham detalni tayyorlashda yo’qori noaniqlikni ta’minlaydi.
SHu maqsadda bitta yuzani ham o’lchov, ham o’rnatish bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq buladi. Agarda bu juftlikka yig’ish bazasi ham qo’shilsa yanada yo’qori mexanik ishlov berish aniqligiga erishish mumkin.
Xuddi shu yondashish bazalarni qo’shilish tamoyili deb yuritiladi.
O’lchov bazasini o’rnatish bazasi sifatida foydalanish tug’risidagi qaror detalni qaysi o’lchami aniq ta’minlanishi va qaysi yuzani o’lchov boshi sifatida qabul qilish kerakligiga bog’liq buladi.
Masalan, 2.1,a-rasmda kursatilgan holat uchun X o’lcham aniq ta’minlanishi kerak, bu o’lcham uchun o’lchov boshi A-A yuza. Ushbu yuza bir vaqtda ham o’lchov ham o’rnatish bazasi bulib xizmat qiladi. 1,b-rasmda Y o’lcham aniq ta’minlanishi kerak, uning uchun o’lchov boshi yuza B-B, qaysiki B-B yuza shu holat uchun o’lchov bazasi, A-A yuza esa o’rnatish bazasidir. Bundan kurinib turibdiki, ikkinchi misolda bazalarni qo’shilish tamoyili amal qilmaydi.


2.1-rasm. O’rnatish va o'lchash bazalari

Bazalarning o’lchamlari detalni ishonchli, mustahkam maxkamlash uchun natijada ishlov berish jarayonida uz holatini uzgartirmasligi uchun yetarli bulishi kerak. Bazaviy yuza qisish (mahkamlash) kuchlari ta’sirida deformatsiyalanmaydigan bulishi va imkoniyati boricha kesish va qisish kuchlarini bir yo’nalishda qabul qilib, ishlov berilayotgan yuzaga yaqin joylashgan bulishi kerak.


    1. Detallarni dastgohlarda o’rnatish usullari.


Detallargga ishlov berish uchun ular turli usullar yordamida o’rnatilishi mumkin.



  1. Detalni bevosita dastgoh stoliga o’rnatish. Bu usul donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi. Bu usulni qullashning asosiy sababi maxsus moslama tayyorlashni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligida.

  2. Avvaldan belgilab olish usuli bilan detalni dastgoh stoliga o’rnatish. Avvaldan belgilab olishda ishlov beriladigan yuzalarning holatini belgilovchi o’q va boshqa chiziqlarni xom-ashyo yuzasida hosil qilinadi.

Buning uchun xom-ashyo yuzasi buyoq bilan buyab olinadi. CHiziqlar shtangentsirkullar, shtangenreysmusular, burchaklilar, parraklar yordamida o’tkaziladi.
Avvaldan belgilab olish yo’qori malakali ishchining kup vaqtini talab qiladi. Bu usul yordamida yo’qori aniqlika erishish qiyin. SHuning uchun bu usuldan katta o’lchamdagi murakkab quyma detallarga ishlov berishda foydalaniladi.

  1. Detallarni maxsus moslamalarga o’rnatib ishlov berish. Bu usuldan foydalanilganda maxsus moslama yordamida detala kesuvchi asbobga nisbatan aniq holatda beriladi. Maxsus moslamalardan foydalanilganda xom-ashyo da avvaldan chiziqlar utkazish uni dastgohga o’rnatishda sozlash ishlarini bajarish kerak emas.

Maxsus moslamalar yordamida detalni dastgohga o’rnatish tez va oson bajariladi. Moslamalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida ko’rib chiqilishi mumkin. Kup seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida moslamalardan foydalanish majburiy kurinishga ega. Aks holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish mumkin emas. Bu ishlab chiqarish sharoitlarida har bir operatsiyani bajarish uchun aloxida moslama loyihalash taqozo etiladi.
Maxsus moslamalarda detallarni bazalash uchun o’rnatish yuzalari nazarda tutiladi.



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə