Ишлаб чикариш дастури


KON MASHINA DETALLARIGA ISHLOV BERISHDA QO’LLANILADIGAN



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə14/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

KON MASHINA DETALLARIGA ISHLOV BERISHDA QO’LLANILADIGAN
TURLARINING UMUMIY KO’RINISHI.


Reja:

  1. Xomaki detallar tayyorlanishi.

  2. Kon mashina mexanizmlariga termik va mexanik ishlov berishlar.

  3. Buyum konstruktsiyasining umumiy texnolikligi.



Mavzuning maqsadi:
1.Talabalarga transportlashtirish, qayta ishlash, eskiz va mashrut kartalar tuzilishini o’rgatish.
2. Ishlov berishda o’tkaziladigan operatsiyalar ketma-ketligi haqida o’rganish.
Mavzuda ishlatiladigan tayanch iboralar: Prokat, qattiq qotishma, shtamplab, preslash, termik ishlov berish, xomaki detal, eksplatatsiya.


Mashina detallari xomaki detallarini tayyorlash quyidagicha amalga oshiriladi:
a) turli usullarda metallarni quyish bilan: qo’mli qoliplarda, metal qoliplarda, markazdan qochma usulda, bosim ostida, quyiladigan modellar bo’yicha, qobiqli qoliplarda, vakumli surish.
b) metallarga bosim ostida ishlov berish (plastik deformatsiyalash bilan) bolg’alash bilan, shtamplab (qizdirib va sovo’qlayin), preslash bilan, prokatka qilib, uiyalab;
v) plastmassadan quyib;
g) plastmassani shtamplab.

  1. Mashina detallari xomaki detallariga mexanik usulda ishlov berish:

a) Uirindi olish bilan metal qirquvchi dastgohlarda kesuvchi qirrali asboblar bilan metallarni kesish;
b) plastik deformatsiyalash bilan metallni zichlash; roliklar bilan sirpantirish, bosish - teshiklarni sharchalar to’g’rilagichlar bilan kalibrlash;
v) metall detallarni sovo’q holda to’g’rilash bilan;
g) metall detallarga bo’lak-bo’lak oqimlarga ajratib ishlov berish, bunda termik ishlov berilgan detallar maxsus qurilmalarda po’lat yoki chqyan bo’laklar (mexanik yoki pnevmatik bo’laklovchi apparat bilan otiluvchi) oqimining zarbiy ta’siriga uchratiladi. Ishlov berilayotgan detalning sirtqi qatlami plastik deformatsiyalanadi, uning ta’siriga qattiqlik va mustahkamlik oshadi.
d) plastmassalarning plastik deformatsiyalanishi bilan.

  1. kimyoviy mexanik ishlov berish:

a) chqyan, mis yoki latundan;
b) ishlov berilayotgan materialga kimyoviy ta’sir qiluvchi sitrli - faol moddalardan iborat jilvirlovchi pastalar yordamida yumshoq doiralar (qog’oz, charm) bilan jilvirlash;
v) qattiq qotishmali asbobga jilvirlash kukuni va metall disk yordamida ishlov berish.

  1. elektrokimyoviy ishlov berish

Elektrokimyoviy usulning mohiyati elektr energiyani elektroliz shaklida qo’llashdir. Maxsus elektrolitlar va tegishli tok rejimlari qo’llaniladigan oddiy elektrolitik vannalarda amalga oshiriladigan elektrojilvirlashlar kiradi.

  1. termik ishlov berish.

Termik ishlov berish texnik talablarga mos keladigan mexanik va fizik xususiyatlarini hosil qilish uchun metall strukturasi ko’rinishini o’zgartirish maqsadida qo’llaniladi.
Mashina detallariga termik ishlov berish texnologik jarayonning boshlang’ich, oraliq va oxirgi bosqichlarida qo’llanilishi mumkin. Termik ishlov berish operatsiyalarining harakteri konstruktiv va ekstratsion talablar, shuningdek texnik ishlov berish texnologiyasi talablari bilan belgilanadi.
Metall detallarga kimyoviy - termik ishlov berish detallarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalarini yaxshilash uchun qo’llaniladi.

  1. Detallar xomaki detallarini eskirtirish.

Eskirtirish quymaning strukturasini muvozanat holatiga keltirish maqsadiga ega, ya’ni metallni sovutganda ham, dastlabki mexanik ishlov berishda (dag’al ishlov berishda) ham paydo bo’ladigan ichki kuchlanishlardan ozod qilish.
Eskirtirish tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy eskirtirish usuli shundayki, unda xomaki detalni quyishdan so’ng dag’al ishlov berishdan so’ng ochiq havoda atmosfera ta’sirida 0,5 - 6 oy va ko’prok vaqt davomida ushlab turiladi.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonining tabiatga ta’sir qiluvchi asosiy omillari:
a) ishlab chiqarishning tipi va texnologik jarayonini bajarishning tashkiliy shakllariga bog’liq ravishda ishlab chiqarish dasturining ko’lami;
b) detalning konstruktiv shakli, o’lchamlari va texnologligi;
v) detal materiali turi va uning xususiyatlari;
g) xomaki detalning shakli, o’lchami va tayyorlash aniqligi;
d) ishlov berilgan sirt aniqligi va sifatiga quyiladigan talablar hamda texnik shartlar bo’yicha boshqa talablar;
e) foydalaniladigan uskuna va texnologik jihozlarning tabiati;
j) ishlab chiqarishning eng katta tejamliligi va unumdorligi.
Buyum va detallar konstruktsiyasining texnologligi
Texnologik jarayonlarning tabiatiga sezilarli ta’sir qiluvchi omillardan biri bo’lib buyum va uning tegishli detallari konstruktsiyasi texnologligi hisoblanadi. Alohida detallarni konstruktsiyalashda nafaqat ekspluatatsion talablarni, balki shuningdek buyumni eng ratsional va tejamli tayyorlash talablarini ham qondirishga erishish kerak. Konstruktsiyaning texnologikligi tamoyili shundan iboratdir.
Buyumni tayyorlash mehnat hajmiyligi va tannarxi qancha kam bo’lsa, u shuncha texnologikdir. SHunday qilib, konstruktsiya texnologikligining asosiy me’zoni bo’lib tayyorlashning mehnat talabligi va tannarxi hisoblanadi.
Buyum va detallarning texnologik konstruktsiyasi quyidagilarni ko’zda tutadi:
a) Unifikatsiyalashtirilgan yig’ma birliklar standartlashtirilgan va me’yorlashtirilan detallar va detallar elementlaridan maksimal keng foydalanishni;
b) Asl murakkab konstruktsiyali va turli nomlanishdagi detallarning imkoni boricha katta takroriyligini;
v) Detallarga mexanikaviy ishlov berish va butun buyumni tayyorlash mehnat talabligi va tannarxini kamaytirish maqsadida ishlov berish uchun qo’lay sirtli va yetarli bikrlikli eng rotsional shakldagi detallarni yaratishni;
g) Detallarda qo’lay asoslovchi sirtlarning mavjudligi yoki belbog’cha va h.k lar ko’rinishidagi yordamchi bazalarni yaratish imkoniyatini;
d) Tayyor detallarga imkoni boricha yaqin o’lchamli va shaklli detallar uchun xomaki detallar olshining eng ratsional, ya’ni materiallardan foydalanishning eng yo’qori koeffitsientini va mexanik ishlov berishning eng kam meunat talabligini ta’minlaydigan;
e) Yig’uvda o’zaro almashinuvi detallar tayyorlash, detal- kompensatorlar qo’llash va yug’uv ishlarini mexanizatsiyalash yo’li bilan chilangarlik- prigonka ishlarini iloji boricha kam qo’llash yoki to’la yo’qotishni;
j) Alohida yig’ma detallar va buyumni butunicha yig’ishning vaqt va makon bo’yicha parallel bajarish imkoniyatini soddalashtirishni.
Buyum konstruktsiyasining texnologikligi shuningdek yig’uv va ekspluatatsiyaning talablariga javob berishi kerak. Yig’ishning asosiy talabi bo’lib quyidagilar hisoblanadi; prigonka ishlarisiz yig’ish imkoniyatini ta’minlash, buyum uzellarini mustaqil yig’ish imkonini yaratish, nomlanishi bo’yicha ham donalar bo’yicha ham detallarning eng kam chiqadi, yig’ma birliklar va ular buyumlarining o’zaro almashinuvchanligining eng baland darajasi, qulay yig’iluvchi bazalarning mavjudligi, sozlashlarda bo’laklarga ajratish zaruratining istisno qilinishi va boshqalar.
Buyum konstruktsiyasining umumiy texnoloikligi quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanishi mumkin:

  1. Konstruktsiya mehnat hajmiyligi, ya’ni detala, yig’ma birlik, butun buyum tayyorlashga sarflanadigan .

  2. Detalni tayyorlashda metalldan foydalanish koeffitsienti; standart va me’yorlashtirilgan detala va yig’ma birliklardan foydalanish darajasi;

  3. Asl va murakkab konstruktsiyali detallar sonining buyumdagi detallar umumiy soniga % li nisbati;

  4. Buyumlar va o’xshash mashinalar konstruktsiyalarning mavjud va avval qo’llanilgan turli ko’rinishlaridagi yig’ma birliklarida detallardan foydalanish darajasi;

  5. Bir nomli detallarning takroriylik koeffitsienti;

  6. Detal, yig’ma birlik, butun buyumni tayyorlash tannarxi, 19.152-73 GOST iga muvofiq buyum texnik xarakteristikalari tarkibiga uning ta’mirga yaroqlilik ko’rsatkichlari kirishi kerak.

Buyum remontga yaroqliligining asosiy ko’rsatkichlari;
1. Ekspluatatsiya va ta’mirlash shartlarining xarakteristikasi;

  1. Texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish shartlari, jumladan buyumni ekspluatatsiya qiluvchi va ta’mirlovchi xodimlarning malakasi va tarkibi;

  1. Eksplatatsiya va ta’mirni moddiy material-texnik ta’minoti tizimi;

  2. Ta’mirlov va texnik xizmat ko’rsatishning o’rtacha mehnat talabligi

  3. Texnologik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda asbob va moslamalar nomenklaturasini chegaralash;

  4. Mahkamlovchi detalar tip va o’lchamlarini chegaralash;

  5. Buyumning standartlashtirilgan va unifikatsiyalashtirilgan qismlaridan keng foydalanish;

  6. Ekspluatatsiya va remont jarayonidagi buyum texnik holatini nazorat qilishning ratsional usulub va vositalariga talablar;

  7. Texnologik xizmat ko’rsatish va ta’mirda detallar, yig’ma birliklar va to’plamlarning yengil ajratilishi ruxsat etilishi va o’zaro almashinuvchanligiga talablar;

  8. Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayonida sozlash oxiriga yetkazish ishlarini bajarishga talablar;

  9. Eyiluvchi detallar konstruktsiyasiga tiklash ishlarining ilg’or usullarini qo’llagan holda boshlangich yoki ta’mirlash o’lchamlarigacha tiklashga moslashuvchanlik bo’yicha talablar.




Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə