Ишлаб чикариш дастури


Texnologik jarayonning tarkibiy qismi



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə10/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Texnologik jarayonning tarkibiy qismi


Texnologik jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun tayyorlanayotgan detalni qaysi yuzalariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi. Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi.
SHu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alohida qismlarga bulinadi, bu qismlarning yig’indisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy qismlarga bulinadi: texnologik operatsiya; pozitsiya; utish; yurish; harakatlar yig’indisi.
Texnologik operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bulib, bir ish o’rnida (bir yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat.
O’rnatish operatsiyaning bir qismi bulib detalni (dastgoh turiga qarab bir necha detalni) bir marta mahkamlaganda bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. Dastgohga o’rnatilgan yoki mahkamlangan xom-ashyo uning ishchi organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi pozitsiyani egallash mumkin.
Pozitsiya detalni bir marta mahkamlagan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holati. Holatni uzgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida buladi. Masalan: kup shpindelli kup pozitsiyali dastgohlarda.
Operatsiya texnologik va yordamchi utishlarga bulinadi. Texnologik utish texnologik operatsiyani tugallangan qismi bulib detalni ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish ma’romlarining doimiyligi bilan harakterlanadi.
Yordamchi utish texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bulib ishchining va (yoki) dastgohning harakatlari yig’indisidan iborat. Yordamchi utish natijasida detalning tsikli, o’lchamlari va xususiyatlari uzgarmaydi.
Utish uz navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat buladi.
Ishchi yurish texnologik utishning tugallangan qismi bulib, kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog’liq buladi.
Yordamchi yurish texnologik utishning tugallangan qismi bulib kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detala nisbatan metalni kesib olmagan holda bir marta siljishidan iborat. Bu utish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur buladi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə