Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə6/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

To’g’ri potokli, bu shakl asosan yalpi va ayrim hollarda kup seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi. Bu shaklga asosan dastgohlar texnologik jarayon ketma-ketligi bo’yicha joylashadi. Operatsiyalarni bajarish uchun sarflangan vaqt barcha hollarda ham bir-biriga teng bulmaydi. Dastgohdan dastgohga detal donalab uzatiladi. Operatsiyalar uchun sarflangan vaqt bir-biriga teng bulmaganligi sababli detallarni tashish uchun roliklar, qiya o’rnatilgan novlar va ayrim hollarda konveyerlardan foydalaniladi.

  • To’xtovsiz potokli, bu shakl faqat yalpi ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi. Bu shaklda dastgohlar texnologik jarayon ketma-ketligi bo’yicha joylashib, barcha operatsiyalarni bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biri teng yoki moslashtirilgan buladi. Bu vaqt uz navbatida ishlab chiqarish taktiga teng yoki bulinuvchi (kupayuvchi) buladi.

    Texnikaviy taraqqiyot rivojlangan sari takomillashtirilgan va avtomatlashtirilgan, yo’qori aniulikka ega bo’lgan mashinalarni ishlab chiqarish hamda ulardan samarali foydalanish uchun cho’qur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan muhandislarni tayyorlashni vaqt taqazo etadi.
    Mutaxassislarni sifatini oshirish uchun kasbga tayyorlashda ularni ishlab chiqarish bilan bog’langan o’quv rejalarini va o’quv dasturlarini nazariy va fundamental fanlarga asoslagan holda olib boriladi. "Mashinasozlik texnologiyasi" fani ishlab chiqarishda mashinasozlik yo’nalishi bo’yicha shu sohada ta’lim oluvchi talabalarga cho’qur bilim berib sifatini shakllantiradi.
    Mexanik muxandislarni tayorlashda fundamental fanlarning rolini e’tiborga olish uchun "Mashinasozlik texnologiyasi" faniniga ta’siri alohida boblarida va talab etilgan joylarda texnologik jarayonlar masalalari zarur nazariy savollarga asoslanib ketishi ko’rsatiladi. SHu bilan birga ayrim joylarda umum nazariy fanlar amaliy, texnologik va muxandislik masalalarini yechishda qo’llaniladi.
    Keltirilgan mavzularda shu sababli, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan (tasodifiy xatoliklarda) va o’lchamli zanjirlarni hisoblashda va nazariy mexanikadan (bazalash nazariyasidan, tayyorlamani ishlov berish uchun kesishda, texnologik sistemalarni bikrligini va ishlov berilayotgan tayyorlanmaning geometrik shaklining) o’rganishda foydalanilgan.
    Umum nazariy va muxandislik muammolarining maxsus fanlarda o’zaro yaqinlashishi muxandislarning bilimini nazariy jihatdan mustahkamlaydi va ishlab chiqarda fundamental fanlar yuto’qlariga asoslanib ularni yechishda yaxshi natijalarga erishiladi.
    Mavzular to’plami YeSTPP, YeSKD va YeSTDlar asosida ishlashni ko’zda tutadi.
    Ma’lumki mashinasozlik xalu xo’jaligining barcha tarmoularini yangi texnika bilan ta’minlaydi, davlatning texnik jihatdan taraqqiyotini aniqlaydi va moddiy bazasini yaratishda asosiy rolь o’ynaydi. SHuning uchun ham uning rivojlanishiga hamma vaqtga katta ahamiyat beriladi.
    Mashinasozlik ishlab chiqarishining rivojlanib borishi natijasida yangi texnikaviy fan- "Mashinasozlik texnologiyasi" fani paydo bo’ldi. Mashinasozlik texnologiyasi – belgilangan muddatda, ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlangan miіdorda, kam mehnat sarf qilgan holda va tannarxi arzon bo’lgan sifatli mahsulot lar ishlab chiqarish to’g’risidagi fandir.
    Mashinasozlik texnologiyasi fani o’zining rivojlanishida bir nechta bosqichlardan o’tdi.
    Birinchi boskich 1929-1930 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr ichida dunyoda mashinalarni tayyorlash tajribalari bir muncha yig’ilib qolgan edi. Jurnallarda, katalog va broshyuralarda detallarga ishlov berish jarayonlarini va ularda qo’llaniladigan jixozlar va asbob-uskunalarning bayoni keltirilgan. Birinchi qo’lyozmalar va loyihalash tashkilotlarining me’yorli xujjatlari nashriyotda chop etilgan.
    Ikkinchi boskich 1930 - 1941 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ikkinchi jahon urushigacha bo’lgan davr. Bu vaqt mobaynida ishlab chiqarishda ahamiyatga ega bo’lgan tajribalari yig’ib umumiylashtirilib, sistemaga keltirish va texnologik jarayonni qurishda umum ilmiy tamoyillarni ishlab chiqish ishlari amalga oshirildi.
    1933-1935 yillarda A. P. Sokolovskiy, A. I. Kashirin, V. M. Kovan, A. B. Yaxin va boshqalarning sistemalashtirilgan ilmiy ishlari nashr etilgandan keyin bu davr ichida mashinasozlik texnologiyasi fan sifatida shakllangan desa bo’ladi.
    Bu etapda texnologik jarayonlarni tipiklashtirish tamoyillari ishlab chiqa boshlandi va amalga tadbiq etila boshladi. SHu bilan birga tayyorlamaga ishlov berishda bazalash nazariyasi, o’lchamlar zanjirlari, quyim qatlamlarini hisoblash, texnologik sitemaning bikrligi, xatoliklarini aniqlash usullari va boshqa muommolar yechila boshlandi.
    Uchinchi boskich 1941–1970 yillarga to’g’ri keladi. Bu davr ichida mashinasozlik tez rivojlanib bordi. Urush davridagi harbiy texnikani seriyali va ommaviy tayyorlashdagi potok usullari, metallarga ishlov berish tezligini oshirish, tez o’zgaruvchan texnologik jarayonlarni qo’llash kabi muommolarni yechimlari tahlil qilinib yangi izlanishlarga asos bo’ldi.
    Bu yillarda tayyorlamaga ishlov berishda xatoliklarni hisoblash va qurish (matematik statistika va ehtimollar nazariyasi asosida), texnologik sistemani bikrligi va uni aniqlikka va unumdorlikka ta’siri o’rganildi.
    Bu davr ichida potokli va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonni seriyali ishlab chiqarishda tashkil etish boshlandi. Prof. S. P. Mitrofanov tomonidan guruhli metod texnologiyasi ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Keng miqyosda plastik deformatsiya, elektrofizik va elektroximik jarayonlar toza ishlov berishda qo’llanila boshlandi.
    Turtinchi boskich 1970 yildan hozirgi vaqtgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda texnologik jarayonlarni loyihalashda EHM dan keng foydalanish va matematik modellashtirish mexanik ishlov berish jarayonlarida qo’llanila boshlangan edi.
    SHu vaqt ichida sonli dasturli dastgohlarda (CHPU) mexanik ishlov berish, programmalashtirish va avtomatlashtirish, SAPR TP ni joriy etish rivojlanmouda (SAPR TP – sistema avtomatizirovannogo proektirovanniya texnologicheskix protseso ) .
    Avtomatlashtirilgan sistemalar EHM da foydalanish asosida egiluvchan avtomatlashgan ishlab chiqarish sistemalarni yaratish, operatsiyalararo transport, nazorat, ishchi texnikadan foydalanish ishlari keng tarqalmoqda. Mashinasozlik texnologiyasi fani institutda o’qitilayotgan boshqa maxsus fanlardan ancha farq qiladi. Mashinasozlik texnologiyasi rivojlanayotgan sanoatning talabiga binoan o’zgaradigan amaliy fandir. A. P. Sokolovskiy aytganday, texnologiya to’g’risidagi bilim sexda tug’ilgan va shuning uchun ham undan uzilmasligi kerak. Aksincha, texnologni ishi unumsiz bo’ladi .
    1. Mashinasozlik texnologiyasi amaliy fan bo’la turib, shu bilan birga salmouli nazariy asosga ega. Bu - texnologik jarayonni tiplash va guruhli ishlov berish, sistemaning bikrligi, ishlov berish jarayonining aniqligi, tayyorlamaga ishlov berishda o’lchamlarning yeyilishi, jihozlarni va texnologik moslamalarning xatoliklari, ishlov berishda quyimlarning qatlami, unumdorlikning oshirish yo’llari va texnologik jarayonlarni samaradorligini oshirish, konstruktorlik va texnologik bazalarini bazalash nazariyasi va boshqalardir.
    Mashinasozlik texnologiyasi muxandislik va ilmiy fanlarning majmuasi bo’la turib o’quv fanlarining ijobiy yuto’qlariga aloqador. Mashinasozlik texnologiyasi talabga javob beradigan sifatli mashinalarni tayyorlash yagni texnik muommolarni sintez qilish ishlab chiqarishni rejadagi kabi masalalarni yechish uning asosiy vazifalaridan biridir.
    Mashinasozlik texnologiyasi fani kesish nazariyasi, metall kesish dastgohlari va asbob-uskunalar, texnik o’lchamlar, materialshunoslik va termik ishlov berish fanlari bilan juda yauindan bog’langan va ularga asoslangan.
    Mashinasozlik fani eng yosh fan bo’la turib, u shu bilan birga juda tez rivojlanayapti. Bunga sabab yangi texnika va sanoat ishlab-chiqarishini takomillashib borayotganligidadir. SHuning uchun ham mashinasozlik texnologiyasi uzluksiz aniqlana boradi va uning mazmuni yangiliklar bilan birga boyitila boradi.
    Mashinasozlik texnologiyasi oliy o’quv yurtlarida fan sifatida mexanik ishlov berish, ta’mirlash va yig’uv masalalari bilan chegaralanadi.
    Mashinasozlik texnologiyasi - asosiy kasbiy fan hisoblanib, shu sohadagi mutaxassislarni tayyorlashda konstruktorlik, texnologiklik va mexanik yig’uv ishlab chiqarishida bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirishda asos bo’ladi.

    Yüklə 4,25 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə