Ишлаб чикариш дастури


MA’RUZA № 1 Mavzu: KIRISH. «KON MASHINASOZLIK ASOSLARI» FANIDAN UMUMIY TUSHUNCHALAR



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə3/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

MA’RUZA № 1
Mavzu: KIRISH. «KON MASHINASOZLIK ASOSLARI» FANIDAN UMUMIY TUSHUNCHALAR.


Reja:



  1. Kirish. Mashinasozlikning ishlab chiqarishdagi va ilmiy-texnik taraqqiyotidagi o’rni.

  2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon tushunchalari.

  3. Texnologik jarayonning tarkibiy qismi.

  4. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari.

Mavzu maqsadi: Talabalarga mashinasozlik hauida umumiy tushunchalarni o’rgatish.
Mavzu bo’yicha tayanch iboralari:
Mashinasozlik; mashinasozlik texnologiyasi, texnologik jarayon, operatsiya, o’rnatish, texnologik va yordamchi utish, pozitsiya, ishlab chiqarish turi, donalar seriyali va yalpi ishlab chiqarish, ishlab chiqarish dasturi.


Kirish. Mashinasozlikning ishlab chiqarishdagi va ilmiy-texnik taraqqiyotidagi o’rni

Mashinasozlik – yangi jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratuvchi va mamlakatimizning texnik taraqqiyotini rivojlanishini belgilovchi sohga, chunki u sanoatning turli tarmoqlarini yangi texnika, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydi. SHuning uchun mashinasozlik ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlanishiga katta ta’sir kursatuvchi sanoatninng muhim tarmoqlaridan biri.


Mashinasozlik texnologiyasi ishlab chiqarish dasturiga asosan belgilangan muddat ichida talab etilgan sifat darajasida mehnat hamda moddiy resurslarni kam sarflagan holda mashina va mexanizmlar yaratish qonuniyatlarini urganuvchi fandir.
Texnologiya, inson birinchi marotaba mehnat qurollarini yarata boshlagan davrda tuђilgan bulsada, u fan sifatida ancha keyin shakllangan. Uning fan sifatida shakllanishning asosiy shartlaridan biri insonning mehnat qurollarini takomillashtirishga va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga bulgan intilishlaridadir. Mashinasozlik texnologiyasi bo’yicha o’tkazilgan nufuzli xalqaro ilmiy–texnik anjumanlarda ta’kidlab utilishicha mashinasozlikni rivojlanishida hozirgi kunda ikki yo’nalish asosiy va belgilovchi bulib qolmoqda. Bulardan biri ishlab chiqarish jarayonining va uni texnologik tayyorlashni intellektuallashtirish: bu uz navbatida loyihalash bo’limlarida va bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida hisoblash mashinalari va avtomatlashtirish vositalaridan keng kulamda foydalanishdan iboratdir. CHunki, intellektual loyihalash va ishlab chiqarish tizimlari tayyor mahsulot turining biridan ikkinchisiga utishni moslanuvchanligini ta’minlaydi. Ikkinchi yo’nalish inson ehtiyojini individualligini hisobga olgan holda bir xil vazifani bajaruvchi turli kurinishdagi mashina va mexanizmlar yaratishdan iboratdir.
Ushbu ma’ruza matnlarida mashinasozlik texnologiyasi asoslari, mashina va mexanizmlarning tipaviy detallarini tayyorlashning ilg’or texnologiyalari hamda ularni yig’ishning zamonaviy usullari tug’risida ma’lumotlar mujassamlashtirilgan. Ma’ruza matnlari - bakalavriatda ta’lim olayotgan talabalarning reyting nazoratini turli kurinishlariga mustaqil tayyorlanishida foydalanishi uchun muljallangan.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə