Ишлаб чикариш дастури


Ma’ruza №3 MASHINASOZLIKDA ISHLAB CHIQARISH VA TEXNOLOGIK JARAYONLAR



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə9/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Ma’ruza №3


MASHINASOZLIKDA ISHLAB CHIQARISH VA TEXNOLOGIK JARAYONLAR.
Reja:

  1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar.

  2. Texnologik jarayon tarkibi.

  3. Mashinasozlik korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tarkibi.



Mavzuning maqsadi:
1. Talabalarga ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan mashrut karta, texnologik jarayonlar tuzilishi bilan tanishtirish.
2. Texnologik struktura haqida asosiy tushinchalar berish.
Mavzuda ishlatiladigan tayanch iboralar: Ishlab chiqarish jarayoni mashinasozlik zavodi tarkibi, texnik nazorat, yordamchi yurish, ishchi yurish, sozlash va sinash, texnologik jarayon, texnologik o’tish, pozitsiya.

Ishlab chiqaruvchi jarayon deganda materialdan tortib tayyor mausulotgacha bo’lgan jarayondagi har bir amalga oshuvchi jarayon tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nafauat asosiy, balki detal tayyorlash uzviy bog’liq bo’lgan jarayonlar kiradi. Masalan: material va detallarni transportirovka qilish, detallarni kontrol qilish, instrumentlarni ish jarayoniga tayyorlash.


Texnologik jarayon deganda yarim fabrikalar, zavodlar detalalrini to’liq uolda qabul qilishi yoki ma’lum aniqlikka javob berishi jarayonida detal formatning birin-ketin o’zgarib borishi, razmer, material xossasining o’zgarishi tushiniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi etaplarga bo’linadi:

  1. Detallarni tayyorlash - quyish, shtampovka qilish yoki birlamchi qayta ishlov qilish.

  2. Oxirgi formaga keltirish uchun metal qirquvchi dastgoh qayta ishlash.

  3. Alohida detallarni yig’ish va ish joyidagi mashinalarga yig’ishga tayyorlash.

  4. Mashinani yig’ish.

  5. Mashinani qo’llab qurish.

  6. Mashinani kraskalash (kraskalash ishlari bir necha etaplarga bo’linadi: shpaklyovka, gruntovka, birinchi kraska, qayta ishlangan detalni kraskalash va barcha mashinani oxirgi kraskalash).

Mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish tarkibi. Mashinasozlik zavodi alohida ishlab chiqarish birligidan ya’ni sex va har xil uskunalardan tarkib topgan. Sexning tarkibi, uskunasi va zavod jihozlanishi mahsulotning chiqish hajmi bilan texnologik jarayon harakteri bilan mahsulot sifati darajasi bilan aniqlanadi.
Mashinasozlik zavodi tarkibini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  1. Tayyorlash sexlari (chugun quyish, qorishma uuyish, rangli metallar quyish, temir, temirli – Presli, Presli shtampovkali).

  2. Qayta ishlovchi sexlar (mexanik, termik, sovo’q shtamplash, yog’ochni qayta ishlovchi, metal qoplash, yig’ish va kraskalash.)

  3. Yordamchi sexlar (instrumentli, modeli, remontli-mexanikaviy, elektroremontli, eksprementli va ishga tushirib quruvchi).

  4. Ombor jihozlari (metal, instrument, uchun formaga soluvchi, tayyor mahsulot uchun youilg’i model va hokazolar.)

  5. Energetik jihozlar (elektrostantsiya, issiqlik elektr stantsiyasi, kompressorli va gazgenertorli jihozlar).

  6. Transport jihozlari.

  7. Sanitar texnik jihozlar (isitish ventilyatsiya, suv bilan ta’minlash kanalizatsiya).

  8. Zavod binolari har xil labaratorilar, kantora, med punkt, oshxona va boshqalar.

Texnologik operatsiya deb ishchi barcha birin ketin bijargan ishini bir ish joyidagi texnologik jarayonning bir qismiga aytiladi. Masalan: valni yig’ishda bir tomonidan boshlab birin ketinlikda bajarilgan ish va uni stanokdan olmasdan turib keyingi, boshidan boshlash bir operatsiya hisoblanadi.
Pozitsiya deb materialning stanokdagi har bir ishlov berish uchun qotirilish jarayoni tushiniladi.
Texnologik o’tish - texnologik operatsiyaning tugallangan qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni xom-ashyodan yoki chala mahsulotda tayyor mahsulot olish uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) yig’indisidan iborat.
Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexanik ishlov berish ularni yig’ish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: detallarni tashish, nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi jarayonlar ham kiradi.
Texnologik jarayon material yoki xom-ashyodan tayyor mahsulot olish maqsadida ularning shaklini, o’lchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket uzgartirishdan iborat.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat buladi:
1) xom-ashyo tayyorlash, quyish, bolђalash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish;
2) mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgohlarida ishlov berish;
3) yig’ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish;
4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig’ish;
5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash;
6) mashina yoki mahsulotni buyash va ularni konservatsiya qilish.
Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning barcha operatsiyalarida texnik nazorat o’tkaziladi. Texnik nazorat utkazishdan maqsad mahsulotni talab qilingan texnik shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni kam materiall va mehnat resurslarini sarflagan holda talab etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan bulishi kerak.
Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyihali, ishchi, donaviy, tipaviy, standart, vaqtli, taraqqiy harakterdagi (kelgusida qullaniluvchi), mashrutli, operatsiya uchun va mashrutli-operatsiyali bulishi mumkin.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə