Ишлаб чикариш дастури


Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə11/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari.


Ishlab chiqarish dasturiga, mahsulotni turiga va ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish texnik-iqtisodiy shart-sharoitlariga qarab mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi mavjud: donali (yakka hollab), seriyali va yalpi. Har bir ishlab chiqarish turining texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni tashkil qilishining shakllari uziga xos xususiyatlariga ega.


Yo’qoridagi tushunchalarni yanada yaqqol ifodalash maqsadida ishlab chiqarish dasturi bilan tanishib chiqamiz.
Mashinasozlik korxonasining ishlab chiqarish dasturi tayyorlangan mahsulotning turi, har-bir turdagi mahsulotning bir yilda tayyorlanadigan miqdori, ehtiyot qismlarning turlari va miqdorlaridan iborat buladi.
Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan har-bir detalni bir yilda tayyorlash dasturi yaratiladi:
Rqma+r , dona/yil, (1.1)
bu yerda: R-detalni bir yillik ishlab chiqarish dasturi; bir yil davomida tayyorlanadigan mahsulotlar soni; m - bitta mahsulotdagi detalning soni; r - ehtiyot qismlar soni.
Ishlab chiqarish dasturiga mahsulotni umumiy kurinishidagi chizmalari, alohida detallar va yig’ma birikmalarning chizmalari ilova qilinadi.
SHuni inobatga olish kerakki bitta korxonaning yoki bir sexning uzida turli xil ishlab chiqarish sharoitlari mvjud bulishi mumkin. Masalan, bir xil detal kup miqdorda ikkinchi xil detal esa o’z miqdorda tayyorlanishi mumkin.
Donali ishlab chiqarish sharoitida mahsulot bir nusxada tayyorlanadi. Tayyorlangan mahsulotlar turli tuzilishga, o’lchamlarga ega bulib ular umuman takror tayyorlanmasligi yoki juda kam hollarda takrorlanishi mumkin.
Bu turdagi ishlab chiqarish sharoitida universal dastgohlardan keng foydalaniladi. Universal dastgohlar turli xil ishlov berish usullarini bajara olish imkoniyatiga ega bulishi kerak. Xuddi shuningdek, universal, universal qayta sozlanuvchi moslamalar va standart kesuvchi asboblardan foydalaniladi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə