Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə12/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Nazorat savollari:

1. Mashinasozlik texnologiyasi fanining asosiy maqsadi nima?


2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon tushunchalari nimalardan iborat?
3. Texnologik jarayon qaysi tarkibiy qismlarga bulinadi?
4. Donali, seriyali va yalpi ishlab chiqarish bir-biridan farqi nimada?
5. Yillik ishlab chiqarish dasturi qanday aniqlanadi?
6. Mashinasozlikda ishlab chiqarishni tashkil qilishni qanday shakllari mavjud?
7.Texnologik operatsiya nima?
Adabiyotlar:

  1. Matalin A.A. Texnologiya mashinostroeniya. L.: Mashinostroenie. 1985-496s.

  2. Kovshov A.N. Texnologiya mashinostroeniya. M.: mashinostroenie,1987-320s.

  3. Texnologicheskie protsessq v mashinostroenii, Uchebnoe posobie / N.P. Solnqshkin i dr. ; pod obu. red. N.P. Solnqshkina-SPb.: Izd-vo SPbGTU, 1998-278s.

Ma’ruza № 4


KON MASHINA DETALARINING KONSTRUKTIV-TEXNOLOGIK XARAKTERISTIKASI.


Reja:
1. Detallar konstruktivlik, texnologlik xarakteristikalari.
2. Kon mashina va mexanizmlariga quyilgan aniqlik va mustahkamlik.
3. Har xil ishlov berishlarda aniqlik.


Mavzuning maqsadi: Kon mashina detallari tayyorlashda ularning tayyorlanish texnologiyasi, konstruktsiyasi , aniqlik va mustahkamlikni o’lchash usullari bilan tanishish.
Mavzuda ishlatiladigan tayanch iboralar: Konstruktsiya, texnologik, mexanik ishlov berish, turkumli ishlab chiqarishga, ommaviy to’g’ri oqimli ishlab chiqarish, ouimli-ommaviy ishlab chiqarish.


Ishlab chiqarish dasturi.
Mashinasozlik zavodining ishlab chiqarish dasturi yasalayotgan buyumlar (ularning tiplari va o’lchamlarini ko’rsatib) nomeklaturasi, yil davomida ishlab chiqarishga mo’ljallangan har bir nomdagi buyumlar soni, ishlab chiqarilayotgan buyumlarga ehtiyot detallar soni va ro’yxatidan iborat.
Zavod umumiy ishlab chiqarish dasturi asosida har bir berilgan sexda (quyish, temirchilik, mexanik va boshqalar) tayyorlash va ishlov berishga mo’ljallangan va bir necha sexlarda ishlov berishdan o’tadigan detallarning yo’qori va sof og’irligi, soni, nomlanishlarini ko’rsatadigan sexlar hamda qanday detallar va qanday miqdorda o’tishini ko’rsatadigan bitta yig’ma dastur tuziladi. Sexlar bo’yicha detallab dasturlar tuzishda ishlab chiqarish dasturi bilan aniqlanadigan detallarning umumiy soniga ishlab chiqariluvchi mashinalarga ilova qilinadigan ehtiyot detallar, shuningdek ekspluatatsiyada (foydalanishda) bo’lgan mashinalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ehtiyot qismlar sifatida jo’natiladigan detallar qo’shiladi.
Ishlab chiqarish dasturiga mashinalar umumiy ko’rinishi chizmalari, yig’ish va alohida detallari chizmalari, detallar spetsifikatsiyalari, shuningdek, mashinalar konstruktsiyalarining bayoni va ularni tayyorlash hamda topshirishga texnik shartlar ilova qilinadi.
Ishlab chiqarish ko’rinishlar va ular texnologik jarayonlarining xarakteristikasi ishning tashkiliy shakllari.
Ishlab chiqarish dasturi o’lchami, mahsulot tabiati, shuningdek ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning texnikaviy va iqtisodiy sharoitlaria bog’liq ravishda barcha turli tuman ishlab chiqarishlar shartli ravishda uch assosiy turga bo’linadi: bittalik (yakka), turkumli va ommaviy. Bu turlardan har birida ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar o’z harakterli xususiyatlariga ega va ularning har biriga ishni tashkil qilishning ma’lum shakli xosdir.
SHuni alohida takidlash kerakki, bitta va o’sha korxonada va hattoki bitta va shu sexda ishlab chiqarishning turli urinishlari mavjud bo’lishi mumkin, ya’ni alohida (ba’zi buyumlar va detallar zavod yoki sexda har xil texnologik printsiplar bo’yicha tayyorlanish mumkin: ba’zi detallarni tayyorlash texnologiyasi bittalik ishlab chiqarishga, boshqalarniki - ommaviy ishlab chiqarishga yoki ba’zilariniki - ommaviy), boshqalarniki esa - turkumli ishlab chiqarish va hokazoga mos keladi.
Masalan: Yakka ishlab chiqarish harakteriga ega, og’ir mashinasozlikda, katta miqdorda talab qilinadigan mayda detallar turkumlab va hattoki ommaviy ishlab chiqarish printsiplari bo’yicha tayyorlanishi mumkin.
SHunday qilib, butun zavod yoki sex ishlab chiqarishini butunicha faqat ishlab chiqaruvchi va texnologik jarayonlarining afzal tabiatlilik alomati bo’yicha harakterlash mumkin.
Bittalik deb, shunday ishlab chiqarishga aytiladiki, unda buyumlar konstruktsiyalari va o’lchamlariga ko’ra xilma-xil bittalab nushalarda tayyorlanadi, chunonchi bu buyumlarning takrorlanishi juda kam yoki butunlay mavjud emas.
Bittalik ishlab chiqarish universal, ya’ni buyumlarning har xil tabiatli turlarini qamrab oladi, shuning uchun u juda eluvchan (moslashuvchan), turli tuman topshiriqlarni bajarisha moslashgan bo’lishi kerak. Bu uchun zavod qisman keng nomenklaturadagi buyumlar tayyorlashni ta’minlaydigan universal uskuna to’plamiga ega bo’lishi kerak. Uskunani bu to’plami shunday tanlanishi kerakki, toki bir tomondan turli ishlov berish turlarini qo’llash mumkin bo’lsin, boshqa tomondan uskuna zavodning ma’lum o’tkazuvchi qobiliyatini egallasin.
Ishlab chiqarishning bu ko’rinishida detallarni tayyorlash texnologik jarayoni zichlashtirilgan tabiatiga ega: bir dastgohda bir nechta operatsiya bajariladi va xilma-xil konstruktsiyali va turli materiallardan tayyorlanadigan detallarga turli ishlov berish amalga oshiriladi.
Dastgohlarda detallarga ishlov berish uchun moslamalar bu yerda universal tabiatga ega, ya’ni turli hollarda ishlatilishi mumkin (masalan, detallarini mahkamlash uchun diskalar, ugolьniklar, uamragichlar va h. k.)
Maxsus moslamalar qo’llanilmaydi yoki ularni tayyorlashga sarflanadigan katta xarajatlar iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamagani uchun kam qo’llaniladi.
Ishlab chiqarishning ushbu turida zarur bo’lgan asbob ham universal bo’lishi kerak (standart parmalar, kengaytirgichlar, frezalar, oddiy turdai keskichlar u.k.), negaki ishlov beriluvchi detallar xilma-xil bo’lganligi uchun maxsus asbobning qo’llanilishi iutisodiy jihatdan imkonsiz bo’lib hisoblanadi.
Teng ravishda detallarga ishlov berishda qo’llaniladiga o’lchov asbobi ham universal bo’lishi kerak. Ya’ni xilma-xil o’lchamli detallarni o’lchash kerak; bu uolda shtangentsir qqllar, mikrometrlar, mikromerlar, indiqatorlar va boshqa universal asboblar keng qo’llaniladi.
Ishlab chiqarish bu turining ko’rsatilgan xususiyatlari ishlab chiqariladigan buyumlarning nisbatan yo’qori tannarxini asoslaydi. Maskur mahsulotga ehtiyojning oshishi uning nomeklaturasini o’sha vaqtning o’zida kamaytirish bilan va buyumlar konstruktsiyasining turg’unlashuvi (barkarorlashuvi) bittalik ishlab chiqarishda turkumlab ishlab chiqarishga o’tish imkoniyatini yaratadi.
Turkumlab ishlab chiqarishda bittalik va ommaviy ishlab chiqarish orasidagi oraliq vaziyatni egallaydi. Turkumlar ishlab chiqarishda buyumlar to’dalar (partiyalar) yoki turkumlab yasaladi. Ishlab chiqarishga qo’yiladigan bir nomli konstruktsiyasi bo’yicha bir tipli va o’lchamlari bo’yicha bir xil buyumlardan tashkil topgan bo’ladi. Ishlab chiqarish bu turining asosiy tarkibi bo’lib, detallarga ishlov berishda ham, yig’ishda ham butun to’dani tayyorlash hisoblanadi. Turkumlab ishlab chiqarishda turkumdagi buyumlar soniga, ular harakteri va mehnat hajmiyligiga, yil mobaynida turkumlarning takroriylik chastotasiga bog’liq ravishda mayda turkumli, o’rta turkumli va yirik turkumli ishlab chiqarishlar farqlanadi. Bunday bo’linish mashinasozlikning turli sohalari shartli bo’lib hisoblanadi: turkumlab ishlab chiqarishda texnologik jarayon ko’pincha tabaqalashtirilgan, ya’ni ma’lum dastgohlarga maxkamlangan alohida operatsiyalarga ajratilgan bo’ladi.
Bu yerda xilma-xil ko’rinishdagi: universal, ixtisoslashtirilgan, maxsus, avtomatlashtirilgan, agregatli dastgohlar qo’llaniladi.
Ommaviy deb, shunday ishlab chiqarishga aytiladiki unda bir xil buyumlar ishlab chiqarishning yetarli darajada katta miqdorida ularni tayyorlash ish joylarida bir va o’sha doimiy takrorlanuvchi operatsiyalarni uzluksiz bajarish yo’li bilan olib boriladi.
Ommaviy ishlab chiqarish uuyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
a. Ouimli-ommaviy ishlab chiqarish, unda texnologik operatsiyalar ketma-ketligi tartibida joylashgan, ma’lum ishchi o’rinlarida mahkamlangan va detallarni ishlab chiqarish tarkbiga to’g’ri keladigan taxminan bir xil vaqt oralig’ida bajariladigan ishchi o’rinlari bo’yicha detallar harakatining uzluksizligi amalga oshiriladi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə