Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə4/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Donali ishlab chiqarish sharoitidagi texnologik jarayon integral xususiyatga ega bulib bitta dastgohda turli, bir necha, operatsiya bajariladi. Bitta dastgohda turli tuzilishga ega bulgan, turli o’lchamli va turli materiallardan tayyorlangan detallarga ishlov beriladi. Birgina dastgohda turli ishlar bajarilganligi va universal vositalardan foydalanganligi uchun sarflangan vaqt tarkibidagi asosiy vaqtning miqdori kichik buladi.
Bundan tashqari, ushbu ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladigan nazorat qilish asboblari ham universalligi bilan harakterlanadi.
Seriyali ishlab chiqarish, bu ishlab chiqarish turi donali va yalpi ishlab chiqarishning urtasida bulib oraliq harakterga ega buladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar partiyalab yoki seriyalab tayyorlanadi. Bitta partiya (seriya) tarkibidagi detallar tuzilishining, o’lchamlarining va materialining bir xilligi bilan ajralib turadi. Bir partiya yoki seriyadagi detallar birdaniga tayyorlab olinib keyin ikkinchisiga utiladi.
«Partiya» suzi detallarga ta’lo’qli bulsa, «seriya» suzi esa mashinalarga ta’lo’qlidir. Partiyadagi detallar soni va seriyadagi mashinalar soni turlicha bulishi mumkin.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida yil davomida tayyorlanadigan seriyadagi mahsulot (detal) miqdoriga qarab mayda kichik seriyali, urta seriyali va kup seriyali ishlab chiqarish buladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonning operatsiyalari differentsiallashgan buladi yoki texnologik jarayon operatsiyalarga bulib yuboriladi.
Bu ishlab chiqarish sharoitida turli xil dastgohlar qo’llaniladi: universal, mahsus, maxsusulashgan, avtomatlashtirilgan, agregat va shu kabilar. Dastgohlar tayyorlanayotgan mahsulotni turini uzgartirilganda ularni tayyorlash imkoniyatiga qarab maxsusulashtiriladi.
Universal dastgohlardan keng foydalanilgan holda maxsusulashtirilgan, maxsus moslamalar, standart kesuvchi asboblar bilan bir qatorda maxsus kesuvchi asboblar ham qo’llaniladi. Xuddi shuningdek, bu ishlab chiqarish sharoitida chegaraviy kalibrlar, shablonlardan keng foydalaniladi. Barcha dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va nazorat asboblari uz tannarxini tez qoplay oladi. Buning asosiy sababi tayyorlanayotgan mahsulot miqdorining donali ishlab chiqarishga nisbatan ancha kupligidir.
Seriyali ishlab chiqarish sharoiti keng tarqalgan bulib, kompressorlar, presslar, dastgoular, to’qimachilik mashinalari, yoђochga ishlov berish sanoati, oziq-ovqat va urmonchilik sanoati mashinalari, komunal xujalik mashinalari tayyorlashda va shu kabilarda qo’llaniladi.
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti tayyorlanayotgan mahsulotning kupligi sababli doimiy (yil davomida) takrorlanmaydigani operatsiyalarni bajaruvchi ishchi urinlar yiђindisidan iborat.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə