Ишлаб чикариш дастури


Ishlov berilayotgan detalning yuzalari va bazalari



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə16/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Ishlov berilayotgan detalning yuzalari va bazalari.


Detallarni dastgohlarda o’rnatib ishlov berishda quyidagi yuzalar va bazalar mavjud:
a) ishlov berilayotgan yuza, bu yuzadan ishlov berish natijasida ma’lum qatlamdagi metall olib tashlanadi;
b) bazaviy yuzalar, bu yuzalar ishlov berish jarayonida detalni holatini belgilaydi;
v) ishlov berishda ta’minlanadigan o’lcham uchun o’lchov boshi yuzasi;
g) mahkamlashda qisish kuchini qabul qiluvchi yuza;
d) ishlov berilmaydigan yuza; baza vazifasini yuzalar chiziqlar, nuqtalar va ularning yig’indisi bajarishi mumkin.
Texnologik bazalar o’rnatish va o’lchov bazalariga bulinadi. O’rnatish bazasi deb detalni ishlov berish uchun dastgohga yoki kesuvi asbobga nisbatan o’rnatishda foydalanilgan yuzaga aytiladi. O’rnatish bazasi sifatida ishlov berilgan va ishlov berilmagan yuzalar qo’llaniladi. Mexanik ishlov berilmagan yuza qora, ishlov berilgani esa toza baza deb yuritiladi.
O’rnatish bazalari asosiy va yordamchi bo’ladi. Asosiy o’rnatish bazasi deb detalni ishlov berish jarayonida o’rnatadigan va boshqa yuzalar bilan tutash hamda tutash yuzalar bilan yig’ilgan mashinada birgalikda xizmat bajaruvchi detallar yuzasiga aytiladi. Masalan, tishli g’ildirakni markaziy teshigi.
Yordamchi o’rnatish bazasi deb, faqatgina detala ishlov berish jarayonida o’rnatish yuzasi bulib xizmat qiladigan va uni boshqa yuzalari bilan birgalikda yig’ilgan mashina ish bajarmaydigan yuzasiga aytiladi. Bunday yuzalar sun’iy o’rnatish bazasi ham deb yuritiladi. Mexanik ishlov berishda uz vazifasini bajargandan sung bu yuzalar qirqib yubriladi.
O’lchov bazasi deb detalni boshqa yuzasini joylashishini ifodalovchi o’lcham uchun o’lchov boshi bulib xizmat qiluvchi yuzaga aytiladi.
Yig’ish bazasi deb, detalni yig’ilgan mashinada boshqa detallarga nisbatan holatini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig’indisi) aytiladi.
Konstruktiv (tuzilishni ifodalovchi) baza deb, konstruktsiyani (tuzilmani) ishlab chiqishda boshqa detallarni o’lchamlarini va holatlarini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig’indisi) aytiladi. Konstruktiv yuza real, agarda u material yuzani ifodalasa yoki geometrik, agarda u geometrik o’qdan iborat bulsa, ********kurinishda buladi.


Bazalarni doimiylik va qo’shilish tamoyillari.


Detallarga mexanik ishlov berish usullari bilan tayyorlashda yo’qori aniqlikka erishish uchun ularning bitta yuzasini doimiy ravishda o’rnatish bazasi sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiq buladi. CHunki o’rnatish bazasi almashishi bilan ishlov berish aniqligi pasaydi. Buni asosiy sababi har bir o’rnatishda detalni yuzalarini uzaro joylashuvini ifodalovchi o’qlar siljib qoladi. Tabiyki, qator operatsiyalarni bajarishda faqat bitta yuzadan o’rnatish bazasi sifatida foydalanish mumkin emas. Bunga sabab detal yuzalarining uzaro joylashish tartibi, dastgohning texnologik imkoniyatlari va kesuvchi asboblarning tuzilishi buladi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə