Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili


Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlili va uni mukammallashtirish yo’nalishlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə19/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlili va uni mukammallashtirish yo’nalishlari


Ma’lumki, tahlilda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijaviyligini qanday ekanligini aniqlash o’ta muhim ahamiyatga egadir. Korxona faoliyati natijaviyligi esa asosiy vositalar va ishlab chiqarish zahiralariidan qanchalik samarali foydalanishiga bog’liq. Buning uchun esa,
ishlab chiqarish zahiralariidan oqilona foydalanish zarur. Chunki ishlab
chiqarish zahiralariidan unumli foydalanish natijasida olinadigan umumiy daromad korxonaning foydalilik darajasi va moliyaviy qobiliyatini yanada mustahkamlaydi.
Ishlab chiqarish zahiralariiga to’g’ri baho berishda ishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslangan aniq aktsiyadorlik jamiyatlari va ««Korrect- mebel” MCHJ» xususiy korxonasi misolida tahlil qilindi.
Bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqarish zahiralarii quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahlil qilingan:

  • ishlab chiqarish zahiralarii holatining tahlili;

  • ishlab chiqarish zahiralarii bilan ta’minlanganlik tahlili;

  • ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanish samaradorligi tahlili;

  • ishlab chiqarishga berilgan materiallarning ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga ta’sirining tahlili;

  • material xarajatlarga sarf me’yori va baho o’zgarishi ta’sirining tahlili.

Materiallar moliyaviy hisobotlar hisoblanmish balans va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari bilan quyidagicha bog’liqdir:

  • 150-satr. Ishlab chiqarish zahiralari;

  • 160-satr. Tugallanmagan ishlab chiqarish;

  • 170-satr. Tayyor mahsulot.

Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari bilan bog’liqligi:

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek tahlilchi oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra ishlab chiqarish zahiralarini yo balans moddalariga ta’siri bo’yicha, yo moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari bo’yicha tahlil ishlarini amalga oshiradi. Ishlab chiqarish zahiralariini balans moddalari bilan bog’liqligini ko’rib chiqamiz:
Ishlab chiqarish zahiralariini keltirish, sotib olish, transport xarajatlari va har bir buyurtma bilan bog’liq rasmiylashtirish xarajatlari bevosita 150-satr
ishlab chiqarish zahiralari qiymatiga ta’sir etadi va bu xarajatlar jamlanib balansning shu satrida ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish zahiralarini mahsulot ishlab chiqarish tannarxida tarmoq xususiyatidan kelib chiqib 60-80% ni tashkil etishini ta’kidlab o’tsak, uning tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot moddalariga ta’sirini izohlab o’tirishning keragi yo’q.
Ishlab chiqarish zahiralarini moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari bilan bog’liqligini ko’rib o’tamiz:
Agar biz ishlab chiqarish zahiralari samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni topmoqchi bo’lsak bevosita biz 020-satr va 240,250,260- satrlarda keltirib o’tilgan sotilgan maxsulot tannarxi, sof tushum va sof foyda ko’rsatkichlaridan foydalanamiz. Aynan korxonaning rentabellik ko’rsatkichlari rentabellk turlariga qarab korxona sof foydasi, sof tushum, sotilgan mahsulot tannarxi kabi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalaridan foydalaniladi. Masalan korxona asosiy vositalar, aylanma aktivlar, mol-mulk xususiy kapital rentabellik ko’rsatkichlarida sof foyda, sotishga nisbatan rentabellik ko’rsatkichida sof tushum va ishlab chiqarishga nisbatan rentabellik ko’rsatkichlarida sotilgan mahsulot tannarxi moddalaridan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish zahiralarii holatini tahlil qilishda zahiralarning ma’lum sanaga mavjud hajmi, ularning tarkibi va tuzilmasini aniqlash, ularning yil davomida o’zgarishini hisoblab chiqish, zahiralarning joylashtirilishini tahlil qilish kerak bo’ladi. Yuqorilarda ko’rib o’tganimizdek Ishlab chiqarish zahiralarini korxonada eng optimal hajm darajasida ushlab turishga harakat qilinadi. Buning uchun eng avvalo zahiralar turlari bo’yicha aniq ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Chunki aynan ishlab chiqarish zahiralari turlari bo’yicha qancha miqdorda zahira kerak bo’lishi aniqlab olinadi.
Biz ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish darajasini ko’proq ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga nisbatan o’rganamiz. ishlab chiqarish zahiralaridan noishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari jarayonlarda foydalanishni esa korxona sarflarining alohida tarkib qatorida qaraladi. Ishlab chiqarish omillarining bir ko’rsatkichi bo’lgan materiallarning
cheklanganligi, avvalo ulardan samarali va to’g’ri foydalanishni talab etadi. Shuning uchun korxonaning ishlab chiqarish zahiralari bilan qay darajada ta’minlanganligi va ulardan qanchalik samarali foydalanayotganligiga katta e’tibor qaratish lozim. ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish darajasini ko’proq ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga nisbatan o’rganar ekanmiz avvvalo material xarajatlarga sarf me’yori va baho o’zgarishining ta’sirini o’rganib chiqishimiz lozim. Material xarajatlar mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi o’zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Shu sababli ularning o’zgarishini o’rganishda, albatta, o’zaro aloqadorlik darajasiga ham ahamiyat berish talab etiladi. Bunda har bir so’mlik mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan yoki ishlab chiqarish xarajatlarining material sig’imi ko’rsatkichlariga muhim e’tibor berilishi lozim. Mahsulot hajmining o’sishi bilan birga o’zgaruvchan xarajatlar bilan bir qatorda, doimiy xarajatlar ulushi ham o’zgarib boradi. Lekin, hisob-kitob qilinadigan yuqorida keltirib o’tganimizdek ikki omil, bular, material xarajatlar sarf me’yori hamda material xarajatlar bahosining o’zgarishidir(8-jadval).




  1. Material turlari

    Haqiqatda

    Rejada

    Sarf miqdori (kg)

    Material birligi bahosi
    (so’m)

    Summa (so’m)



    Sarf miqdori (kg)

    Material birligi bahosi
    (so’m)

    Summa (so’m)



    I

    II

    III

    IV=II*III

    V

    VI

    VII=V*VI

    Karton A

    140

    120

    16800

    125

    112

    14000

    Karton B

    130

    125

    16250

    116

    120

    13920

    Jami

    x

    x

    33050

    x

    x

    27920



    jadval “Korrect-mebel” MCHJda mahsulotni ishlab chiqarish uchun materiallar sarfi19

Biz 8 va 9-jadvallarda sarf me’yori va material bahosi o’zgarishining materiallar harajatiga ta’sirini ko’rib chiqamiz(9-jadval).






19 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan


  1. Yüklə 0,86 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə