Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə9/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

chizma.Ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlilining o’tkazilish ketma-ketligi7

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ishlab chiqarish zahiralari tahlili oldiga ham o’ta muhim vazifalar qo’yiladi:



  • korxona, birlashmalarning zaruriy material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;

  • moddiy resurslarni korxonaga etkazib berish hajmini, kompleksligini, sifatliligini, navliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash;

  • moddiy resurslarni etkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash;

  • moddiy-texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga yaqinligini tekshirish;

  • ishlab chiqarish zahiralari aylanuvchanligini o’rganish;

  • ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga uning tannarxiga ta’sirini miqdor jihatdan hisoblash;

  • muhim samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishini omilli tahlil qilish;

  • xom-ashyo, yoqilg’i va materiallardan foydalanilmagan ichki imkoniyatlarini aniqlash va boshqalar.

Har bir korxona ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish zahiralarni tashkil qiladi va uni rejali ravishda to’ldirib boradi. Korxonalarda ishlab chiqarish hajmining o’sib borishi bilan ishlab chiqarish zahiralarning saqlanishini ratsional tashkil etish va ulardan unumli foydalanishni to’la ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifalarning hal etilishida har bir xo’jalikda zarur nazorat ishlarini omilkorlik bilan tashkil qilish orqali erishish mumkin.

I-BOBGA XULOSA


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlilining nazariy asoslariga bag’ishlangan mazkur bobda, korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanishning ahamiyati, ular tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari, ishlab chiqarish zahiralari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me’yoriy- huquqiy asoslari batafsil aks ettirilgan.
Shuningdek, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning


7 Chizma muallif tomonidan tayyorlangan
ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilining eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

    • korxonalarning zaruriy moddiy resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;

    • ishlab chiqarish zahiralarini korxonaga etkazib berish hajmini, kompleksliligini, sifatliligini, sortliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash;

    • ishlab chiqarish zahiralarini etkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash;

    • moddiy-texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga mosligini tekshirish;

    • transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;

    • ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor jixatdan hisoblash;

    • muhim samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishini omilli tahlil qilish;

    • ishlab chiqarish zahiralari aylanuvchanligini o’rganish;

    • ishlab chiqarish zahiralariga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.

Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilini yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga taaluqli bo’lmagan, ya’ni qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya, soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, inspektorlar taqdim etgan ma’lumotlar, auditorlik xulosalari, radio va televideniya ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari, ishchi va xizmatchilar bilan bo’lgan muloqot natijalari kiradi. Har bir korxona ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish zahiralarini tashkil qiladi va uni rejali ravishda to’ldirib boradi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə