Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili


Ishlab chiqarish zahiralari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə8/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

Ishlab chiqarish zahiralari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslari


Ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar) ishlab chiqarish omili sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Bozor munosabatlari sharoitda, ya’ni ehtiyojlar cheksizligi va doimo o’sib borishi, hamda iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida korxonalar ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanib, maxsulot ishlab chiqarish xajmining optimal miqdorini topa olishlari kerak. Korxonalar, nafaqat kishilik jamiyatining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishlari kerak, balki ishlab chiqarish zahiralarini tejashlari lozim.


Korxonalarda bozor munosabatlari sharoitida xom-ashyolar, materiallar, yoqilg’ilar va elektr-energiyalar xarajatlari salmog’ini kamaytirishga o’xshagan sifat ko’rsatkichlariga alohida e’tibor berishlari kerak. Bunga esa, ilg’or konstruktsion materiallardan, metall upalari (poroshoklari) va plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatiga u qadar ta’sir ko’rsatmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan o’rinbosar materiallardan foydalanish orqali erishish mumkin bo’ladi. Bunga erishishni osonlashtirish uchun tabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur bo’ladi. Turli xil yo’qotishlar va noratsional sarflarga barham berish kerak. Korxonalar oborotiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo’l-yo’lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya etish maqsadga muvofiqdir.
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat normalarini kamaytirish, materiallarin oqilona saqlash va ular butligini ta’minlash yo’li bilan maxsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri
mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular ishlab chiqarish zahiralari yoki materiallar deb ataladi.
Bu borada ishlab chiqarish zahiralari hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish zahiralarini hisob tamoyillariga muvofiq baholanishi va hisobga olinishini tashkil etish;

  • ishlab chiqarish zahiralarini joylarda saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish ustidan nazorat qilish;

  • ishlab chiqarish zahiralari harakati bo’yicha barcha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida hujjatlashtirish;

  • ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni aniqlash va aks ettirish;

  • saqlash joylari va balans moddalari bo’yicha sarflangan materiallar va ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;

  • belgilangan zahira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha foydalanilmaydigan ishlab chiqarish zahiralarini aniqlash, ularni sotish;

  • material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish, yo’ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.

Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalarini o’z vaqtida bajarish va buning natijasida boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sharoit yaratish zarur, chunki aynan ishlab chiqarish zahiralari to’g’risidagi aniq ma’lumotlar ularning me’yoriy hajm darajasida ushlab turishga imkon beradi va bu o’z navbatida saqlash xarajatlari, yaroqsizlikdan zararlarni kamaytiradi. O’z navbatida shuni ham aytib o’tishimiz lozimki ishlab chiqarish zahiralari hisobi vazifalarini bajarish uchun ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning asosiy tamoyillarini bilish lozim.
Moddiy ishlab chiqarish zahiralari buxgalteriya hisobiga o’zining haqiqatdagi tannarxi bo’yicha qabul qilinadi. Ishlab chiqarish zahiralarining tannarxi xarid qilish va ularni olib kelish va tegishli holatga keltirish bilan bog’liq transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi. Xarid qilish chog’ida
qiymati chet el valyutasida belgilangan materiallarni buxgalteriyaga qabul qilish sanasiga bo’lgan O’z.Res. Markaziy bankining kursi bo’yicha so’mda amalga oshiriladi.
Materiallarni ishlab chiqarishga berishda ularning baholanishi FIFO yoki AVECO usullarining biridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish schyotlarida ikkita baholashdan eng pasti - haqiqatdagi tannarxi ishlab chiqarish tannarxi yoki bozor bahosi sof sotish qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Yil davomida narxi tushirilgan yoki ma’naviy eskirgan yoki o’zining boshlang’ich sifatini qisman yo’qotgan qimmatliklar balansda hisobot yilining oxirida sotilishi mumkin bo’lgan baho bo’yicha, agar u sotib olishning boshlang’ich qiymatidan past bo’lsa, narxlardagi farqni korxonaning moliyaviy natijalariga kiritish bilan aks ettiriladi. 6
Ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish texnologiyasi muhim ahamiyatga egadir. O’z vaqtida sotib olishning muhimligi shundaki, agar korxonada ishlab chiqarish zahiralari tamom bo’lib qolsa, unda ishlab chiqarishlar ham to’xtab qolishi mumkin. Buning natijasida esa mahsulot ishlab chiqarilmaydi va shartnomalar bajarilmaydi. Oqibatda korxona katta miqdorda moliyaviy zarar ko’rishi mumkin. Aksincha, ishlab chiqarish zahiralarining haddan tashqari ko’p sotib olinishi ularni saqlash bo’yicha katta harajatlarga olib kelishi mumkin. Buning uchun esa korxonada doimiy ishlovchi ombor xo’jaligi faoliyat yuritishi kerak. Ombor xo’jaligida ma’lum guruxga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish zahiralar o’zining guruxiga tegishli ishlab chiqarish zahiralari omborlarida saqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralari ombor ichida sektsiyalar bo’yicha, keyin tip, razmerlari bo’yicha taxlanib, tokcha va polkalarda shunday saqlanishi kerakki, ularni qabul qilib olish, jo’natish va tekshirish tez va oson bo’lsin. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliqlar yopishtirilib qo’yiladi. Bulardan tashqari omborlar to’g’ri torozio’lchovlar va o’lchov idishlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
6 I.A. Zavalishina «Yangicha buxgalteriya hisobi», «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», T.: 2003, 264 b.
Material qiymatliklarini qabul qilish va jo’natish, bu muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini ta’minlaydigan lavozimli va mas’uliyatli shaxslar (ombor mudiri, omborchi, ekspeditor va boshqalar) ro’yxatini belgilashi kerak. Bu shaxslar bilan moddiy javobgarligi to’g’risida shartnoma tuziladi. Ombordan ishlab chiqarish zahiralarini olish va jo’natish hujjatlariga imzo qo’yadigan, shuningdek ishlab chiqarish zahiralarini korxonadan olib chiqishga ruxsat beradigan lavozimli shaxslar ro’yxatini korxonada barcha bilishi kerak.
Ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun quyidagilarga qat’iy amal qilish talab etiladi:

  • narx-nomenklaturaga ega bo’lish;

  • aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini belgilab olish;

  • belgilangan tartibda ishlab chiqarish zahiralari qoldiqlarini inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini buxgalteriyada o’z vaqtida aks ettirish;

  • hisobni avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo’llash;

  • ishlab chiqarish zahiralari butligini amaliy nazorat qilishni ta’minlashda korxonada marketing(ta’minot)ni tashkil etish.

Mahsulot ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi oshgan sari materiallarni xalq xo’jaligidagi roli oshib borishiga mos holda, ularni tejab-tergab sarflash ustidan nazorat qilishning ahamiyati ham ortib boradi. Ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va me’yorida amalga oshirish uchun ishlab chiqarish zahiralarining zarur turlari bilan o’z vaqtida kerakli miqdorda ta’minlab turish kerak. Shuning uchun korxona moddiy texnika rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilib borish va xodimlarni moddiy-texnika ta’minotida ro’y berayotgan kamchiliklar to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilib turish materiallar hisobining eng asosiy vazifalardan biridir.
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati kattadir. Korxonada moddiy resurslardan qay
darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlilining o’tkazilish ketma- ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Biz quyida «Diyor» korxonasining ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlili ketma-ketligi chizmasini taklif sifatida keltirib o’tamiz. Demak quyidagi 4–chizmadan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish zahiralari tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.



Materiallar bilan ta’minlangan lik darajasini
tekshirish
Materiallarni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni aniqlash
Materiallardan samarali foydalanish ning darajasiga baho berish


Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish zaxiralari bilan bog’liq bo’lgan omillarni aniqlash
Yakuniy xulosalarga kelib, korxona ishlab chiqarish zaxiralari holati va ulardan samarali foydalanish tahlili bo’yicha takliflar berish



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə