Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə4/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, mazmunan bog’langan uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati va ilovalardan iborat. Xususan, bitiruv malakaviy ishi mavzusining mohiyatini ochib berishda buxgalteriya hisobi va auditga oid O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident asarlari, ilmiy maqolalar, chet el adabiyotlari va internet ma’lumotlaridan keng foydalanilgan. Shu bilan birga bitiruv malakaviy ishi mavzuga oid chizmalar, sxemalar va jadvallar bilan boyitilgan.
Ishning I bobida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlilining nazariy asoslari xususida fikr yuritilgan bo’lib, unda korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanishning ahamiyati, ular tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari, ishlab chiqarish zahiralari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslarining mohiyati aniq hamda ravon tilda ochib berilgan. Malakaviy ishning II bobi ishlab chiqarish zahiralari hisobining amaliy asoslari mavzuga oid etakchi mutaxassis-olimlar fikrlari hamda amaliy misollar asosida o’rganilgan. Bitiruv malakaviy ishining III bobida korxonalar Ishlab chiqarish zahiralari holati va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili va uni mukammallashtirish yo’nalishlari nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida bayon etilgan.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishining natijalari bo’yicha korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlilini takomillashtirishga qaratilgan xulosalar qilinib, taklif va tavsiyalar umumlashtirilgan.

I BOB IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARI HISOBI VA ULARDAN FOYDALANISH TAHLILINING NAZARIY ASOSLARI


    1. Korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanishning ahamiyati, ular tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari

Bozor munosabatlari sharoitida har qanday korxona ishlab chiqarish faoliyatini mo’’tadil yuritishi va uning samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarish zahiralari bilan etarli darajada ta’minlangan va ulardan samarali foydalangan bo’lishi kerak. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida ishlab chiqarish zahiralarining o’rni juda kattadir. Ishlab chiqarish zahiralari asosiy vositalardan farq qilib, bir ishlab chiqarish jarayonida o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tannarxiga o’tkazadi. Shunday ekan aylanma mablag’lar xarakatchanligi bevosita ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishga bog’liq. Aylanma mablag’larning korxona uchun umumiy miqdori yuqori tashkilotlar, ya’ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo’yicha me’yoriy miqdori korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish to’xtovsiz davom etib turishida belgilangan me’yorga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlar ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Jumladan, ishlab chiqarish zahiralari tarkibidagi ishlab chiqarish zahiralarini to’g’ri, tejamli sarflash xalq xo’jaligini yanada rivojlantirishda, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omildir.


Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish zahiralarining mahsulot tannarxidagi salmog’i borgan sari oshib bormoqda. Agar ijtimoiy ishlab chiqarishning kengayib borayotgan ko’lamini ko’z oldimizga keltirsak, ishlab chiqarish zahiralarini tejab-tergab sarflash xalq xo’jaligiga katta samara keltirishini tushunib etish qiyin emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday
korxona asosiy maqsadiga erishishi uchun aylanma mablag’larni jumladan ishlab chiqarish zahiralarini tejab foydalanishga alohida e’tibor beradi. Chunki shuning natijasida ular o’z raqobatdoshliligini oshirishga va foydalarini ko’paytirishga, oqibat natijada o’z foydalilik darajasini oshirishga erishadilar.
Ishlab chiqarish zahiralarini bir qancha belgilariga ko’ra turkumlarga ajratish mumkin. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ishlab chiqarish zahiralarini turkumlanishini quyidagi 1-chizmada ko’rishimiz mumkin.





  1. Yüklə 0,86 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə