Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili


Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə3/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ish ob’ekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobiga oid iqtisodiy ma’lumotlar hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti bo’lib, Respublikamiz xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlilini amalga oshirish tartibini takomillashtirish masalalari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlilining nazariy, amaliy jihatlarini o’rganish hamda uni takomillashtirish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir.
Yuqorida qo’yilgan maqsadga erishish va bitiruv malakaviy ishi mavzusini chuqur o’rganish maqsadida biz quyidagi masalalarni o’rganishni oldimizga maqsad qilib olganmiz:

  • Korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanishning ahamiyati, ular tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalarini o’rganish;

  • Ishlab chiqarish zahiralari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslarini o’rganish;

  • Ishlab chiqarish zahiralari harakatini buxgalteriya schyotlari va hujjatlarida aks ettirish tartibini tadqiq etish;

  • Ishlab chiqarish zahiralarini baholash tartibi va ular hisobini takomillashtirish masalalarini o’rganish;

  • Ishlab chiqarish zahiralari holati va ulardan foydalanish samaradorligining tahlilini amalga oshirish;

  • Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlili va uni mukammallashtirish masalalarini tadqiq etish.

Bu vazifalardan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlilini chuqur o’rganish, amaliyotga tadbiq etish va takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlili bo’yicha keltirilgan xulosa hamda takliflardan Respublikamiz xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlilini tashkil etish va amalga oshirishda foydalanish hamda bitiruv malakaviy ishidagi ko’pgina nazariy qoidalarni o’rta maxsus o’quv yurtlarida “Buxgalteriya hisobi” va “Moliyaviy
tahlil” fanlarini o’qitish jarayoniga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati uning asosiy natijalarini respublikamiz xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlilini yuritish bo’yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda qo’llash mumkinligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari korxonalarda ma’muriy-boshqaruv xarajatlari hisobi va tahlili jarayonini takomillashtirishda axborotlarning to’liq, aniq va batafsil aks ettirilishini ta’minlaydi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə