Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili


Ishlab chiqarish zahiralarini baholash tartibi va ular hisobini takomillashtirish masalalari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə11/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

Ishlab chiqarish zahiralarini baholash tartibi va ular hisobini takomillashtirish masalalari


Korxonalar ishlab chiqarish jarayonini zarur bo’lgan miqdordagi materiallar bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turishi uchun moddiy qiymatliklarning zahiralarini doimo to’ldirib turishlari lozim bo’ladi. Bu jarayonni muntazam tashkil qilish uchun kelib tushayotgan materiallarni to’g’ri rasmiylashtirish talab qilinadi. Korxonalarga materiallarning kelib tushishi maxsus nizomga ko’ra hisobga olinadi. Bu nizomda buxgalteriya hisobi materiallarning saqlanayotgan joylarda butligini nazorat qilish, materiallar harakatiga tegishli bo’lgan muomalalar to’g’ri o’z vaqtida hujjatlashtirilishi, ularni tayyorlash bilan bog’liq sarflarni aniqlash va aks ettirishi, shuningdek, materiallar xarajatlari to’g’risidagi barcha ko’rsatkichlarni o’z vaqtida ta’min qilib turish ta’kidlanadi. Shunday ekan ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish yoki ularni ishlab chiqarishga berish, boshqa korxonalarga sotib yuborish materiallar harakatini ifodalaydi.
Korxona omborida materiallarning but saqlanishini tashkil etish ularni to’g’ri hisobga olib borilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ombor xo’jaligi ishlarini tashkil qilishga muayyan talablar qo’yiladi. Korxona omborida materiallarni hisobga olishning to’g’ri tashkil qilinishi materiallarni hisobga olish usuliga, hisob ro’yxati (registri)ning turiga, miqdoriga, foydalanilgan ko’rsatkichlarga va ularning o’zaro solishtirilishiga bog’liq.
Korxona ombori ixtisoslashtirilgan bo’lishi kerak, chunki xilma-xil materiallarning kimyoviy hamda fizik xossalari ularni turli xil sharoitlarda saqlashni talab qiladi. Omborxona tegishli materiallar joylashtiriladigan stellajlar, tokchalar, shkaf va yashiklar bilan jihozlanishi lozim. Materiallarning
har biriga ularning nomi, nomenklatura raqami, navi, o’lchami, o’lchov birligi ko’rsatilgan yorliq yozilib, saqlash joyiga yopishtirib qo’yiladi. Tez yonishga moyil bo’lgan materiallar maxsus omborlarda saqlanishi lozim. Bu omborlar yong’inga qarshi qurilmalar bilan jihozlangan bo’lishi shart.
Ochiq havoda saqlanishi lozim bo’lgan materiallar omborxona hovlisida maxsus ajratilgan, yog’ingarchilikdan saqlanadigan bostirmaga joylashtiriladi. Hamma omborxonalar tosh-tarozi, o’lchov idishlari va boshqa shunga o’xshash zarur moslamalar bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Ombor mudiri moddiy ma’sul shaxs hisoblanib, omborxonada saqlanayotgan hamma materiallar harakati faqat u orqali amalga oshiriladi. Omborchini ishga olish, boshqa lavozimlarga o’tkazish va xizmat vazifasidan ozod qilish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ombor mudirini ishga qabul qilishda uning to’la ravishda shaxsiy moddiy javobgarligi haqida shartnoma tuziladi. Uni ishdan bo’shatish saqlanayotgan mollarning to’liq inventarizatsiyasi o’tkazilib, javobgarligi ostidagi moddiy boyliklar boshqa shaxsga o’tgandan keyingina amalga oshiriladi.
Omborda materiallarning qoldiqlari to’g’risida to’liq malumot olish maqsadida ularni alohida turlari, navlari, razmeri va nomenklatura raqamlari bo’yicha hisobga olish zarur.Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda materiallar bo’yicha analitik hisobni to’g’ri yuritish muhim. Shu sababli ular hozirgi paytda uch xil usul bo’yicha yuritiladi(5-chizma):


Materiallar bo’yicha analitik hisobni yuritish usullari


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə