Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə25/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

BOBGA XULOSA


Bitiruv malakaviy ishining 3-bobida ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilini amalga oshirish yo’nalishlari xususida fikr yuritilgan bo’lib, ishlab chiqarish zahiralari holati va ulardan foydalanish samaradorligining tahlilini amalga oshirish amaliy misollar asosida bayon etilgan. Shuningdek , bitiruv malakaviy ishining mazkur bobida ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda materiallardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlari ifodalaydi. Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi.
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish ahvolining tahlili solishtirish, ko’rsatkichlar farqi, zanjirli bog’lanish usullari yordamida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda ular bilan ta’minlanish darajasining umumiy o’zgarishi, so’ngra ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri aniqlanib, moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga baho beriladi. Shundan so’ng moddiy resurslardan foydalanish darajasining tahlili amalga oshiriladi.
“Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. Bularga quyidagi nisbiy miqdorlar kiradi:

      1. Moddiy resurslar qaytimi;

      2. Moddiy resurslar sig’imi;

      3. Moddiy resurslar rentabelligi;

      4. Moddiy resurslar xarajati koeffitsienti;

      5. Sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi”

Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun etarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə