Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə22/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

jadval “Korrect-mebel” MCHJda LIFO va FIFO usullarida hisoblangan ishlab chiqarishga

berilgan materiallar bahosini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga ta’sirining tahlili21





Ko’rsatkichlar

LIFO
usulidagi hisob

FIFO
usulidagi hisob

LIFOning FIFOdan
farqi (+,-)

1

Material xarajatlar

356000

307000

49000

2

Boshqa xarajatlar

89000

89000

0

3

Maxsulot tannarxi, so’m

445000

396000

49000

4


1 so’mlik maxsulot tannarxida material
xarajatlar,so’m

80


77,5


2,5


Yuqoridagi 11-jadval ma’lumotlaridan xulosa qilib aytish mumkinki korxona ishlab chiqarayotgan maxsulot tannarxida material xarajatlarning salmog’i yuqori. U mahsulot tannaxining LIFO usulida 80 %ni, FIFO usulida 77,5 %ni tashkil etmoqda. Bu esa o’z navbatida korxonaning material xarajatlariga alohida e’tibor berishini va ularning salmog’ini me’yoriy darajada ushlab turishini taqozo etadi. Jadvalda materiallarning ishlab chiqarishga berilishi 2 usulda ko’rib chiqilib ularning mahsulot tannarxiga ta’siri o’rganib chiqildi. Korxonada FIFO usuli qo’llanilishi ko’rsatib o’tilganligi tufayli, uning LIFO usuli bilan taqqoslama tahlili o’tkazildi. Bizga ma’lumki materiallarni LIFO usulida ishlab chiqarishga bersak ishlab chiqarishga berilgan materiallar qiymati 356000 so’mni, FIFO usulida bersak 307000 so’mni tashkil etmoqda. Boshqa xarajatlarning har ikki usulda ham tengligi sababli mahsulot tannarxining farqi ham aynan material xarajatlari farqini, ya’ni 49000 so’mni ko’rsatib turibdi. Demak ishlab chiqarishga berilgan materiallar miqdori o’zgarmasdan, LIFO va FIFO usullarida hisoblangan tannarx 49000 so’mga farq qilib, sun’iy ravishda ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Bir so’mlik maxsulot
21Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
tannarxidagi material xarajatlar LIFO usuli bo’yicha 80 so’mni, FIFO usuli bo’yicha esa 77,5 so’mni tashkil etgan. Bu esa bir so’mlik maxsulot tannarxini sun’iy ravishda 2,5 so’mga oshishiga sabab bo’lgan daromad solig’i bazasiga sotilgan mahsulot tannarxining ta’sir etishini hisobga oladigan bo’lsak soliq bazasi sezilarli ravishda kamayib ketadi. Natijada soliq summasi va korxona sof foydasi ham kamayib ko’rsatilishiga asos bo’ladi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari – ko’p jihatdan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish ko’rsatkichlariga bog’liqdir. Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo’lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun etarli bo’lmaydi.
“Ishlab chiqarish zahiralarilardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo’shimcha mahsulot barpo etilganligini aniqlash bo’lib hisoblanadi. Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin:

  • korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi;

  • erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi;

  • moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo’yicha ko’zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi”22.

Shu tartibda ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish natijasida erishilgan iqtisod asosida qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ularni tejab-tergab foydalanmaslik oqibatida ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishi
zaminida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanishni yanada chuqurroq tadqiq etish maqsadida quyidagi 12-jadvaldan foydalanamiz:

  1. Yüklə 0,86 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə