Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə18/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

Yuk tashishmasofasi










Transport turi










Transport xizmati ta’rifi











  1. chizma. Material sig’imining omilli tahlilini tuzilishi17



Korxonada ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga boshqa omillar bilan bir qatorda moddiy resurslar bilan ta’milanish darajasi ham ta’sir qiladi. Moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasini aniqlash uchun korxonada mavjud bo’lgan moddiy resurslarning xaqiqiy hajmini (miqdorini) me’yor bo’yicha talab qilinadigan hajmiga (miqdoriga) bo’lish kerak. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik bo’yicha ham, har bir moddiy resursning turi (TMZ turlari bo’yicha va
17 Chizma muallif tomonidan tayyorlangan
boshqalar) bo’yicha ham aniqlanadi.
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish ahvolining tahlili solishtirish, ko’rsatkichlar farqi, zanjirli bog’lanish usullari yordamida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda ular bilan ta’minlanish darajasining umumiy o’zgarishi, so’ngra ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri aniqlanib, moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga baho beriladi. Shundan so’ng moddiy resurslardan foydalanish darajasining tahlili amalga oshiriladi.
“Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. Bularga quyidagi nisbiy miqdorlar kiradi:

    1. Moddiy resurslar qaytimi;

    2. Moddiy resurslar sig’imi;

    3. Moddiy resurslar rentabelligi;

    4. Moddiy resurslar xarajati koeffitsienti;

    5. Sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi”18.

Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun etarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.
Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Korxonalarning material resurslari bilan ta’minlanganligini hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so’mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko’rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishini bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so’mlik material resurslari zarurligi aniqlangan. Demak, korxona uchun ularga bo’lgan talab to’liq qondirilayotgani yo’q. Bu masalani hal etish uchun korxona
18 Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroximov A.T. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. Darslik. T.; Iqtisod-Moliya, 2013
qo’shimcha 70 mln so’mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo’yicha tuzilgan shartnomalarda o’z aksini topadi. Korxonani moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so’mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo’ladi. ( 100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to’liq ta’minlanmagan, ya’ni, ularning miqdori 11,8 % ga kam bo’lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to’liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o’rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanganlik tahlili ishlarining muvaffaqiyati ko’p jihatdan uni qanday tashkil etilganligiga va rejalashtirishga bog’liqdir. Odatda tahlil ishlarida nafaqat korxonani boshqaruv tarkibi, balki boshqaruvning funktsional organlari, jamoatchilik a’zolari hamda mehnat jamoasigacha qatnashishi mumkin bo’ladi.
Fikrimizcha, amaliyotda ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlili quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir:

  1. Tahlilning rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil o’tkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko’rsatib o’tiladi. Bundan tashqari bizning fikrimizcha, tahlil dasturida quyidagilar aniq ko’rsatilgan va belgilanib olingan bo’lishi lozim:

  • tahlilning maqsadi va vazifasini aniqlash;

  • tahlil ob’ektini aniqlash;

  • iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;

  • tahlil mazmunini izohlash;

  • ijrochilarni tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;

  • tahlil o’tkazish muddatini belgilab olish;

  • tahlil manbalari va ularni natijalarini rasmiylashtirish tartibini aniqlab olish.

  1. Tahlil uchun kerakli bo’lgan manbalarni aniqlash, yig’ish hamda hhisoblanadigan ko’rsatkichlarni belgilash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

    • tahlil uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;

    • tahlil manbalarini to’plash;

    • qo’shimcha ma’lumotlarni jalb etish;

  1. To’plangan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. To’plangan manbalarni to’g’riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo’ladi va ushbu manbaalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:

    • tahil usullarini aniqlab olish;

    • ma’lumotlarni soddalashtirish;

    • jadval, sxema va maketlarni tuzish;

    • ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash;

    • rezervlarni aniqlash.

  1. Bevosita xo’jalik sub’ektlarining barcha sohalarini belgilangan tartibda tahlil qilib chiqish bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo’lib, bevosita tahlil ishlari bajariladi, ko’rsatkichlar hisoblanadi, o’zgarish sabablari va farqlar aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

    • mezon ko’rsatkichlarini aniqlash;

    • ko’rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarni baholash;

    • baholashda ekspertizadan foydalanish;

    • natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar;

    • tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.

  1. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o’rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o’zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo’ladi:

    • korxona faoliyati natijalarining o’zgarish sabablarini aniqlash;

    • korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;

    • aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;

    • tahhlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.

  1. Tahlil natijasida ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotda qo’llash shart- sharoitlarini ko’rsatib berish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahhlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo’llash yo’llari ko’rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotga tadbiq etishni ko’rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.

Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlili natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o’tkazganligimizga qarab bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o’tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buyrug’i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko’rsatilgan bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko’rsatiladi.

    1. Yüklə 0,86 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya