Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə16/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

Korxonaga materiallarning qabul qilinishi12
3-jadval





Sotib olish sanasi



Miqdori

Bir birlik materialning qiymati, so’m



Jami qiymat, ming so’m

10 mart

1000

600

600

28 may

1700

800

1360

9 noyabr

1500

900

1350

Jami

4200




3310

Yil davomida 2800 so’mlik material sarflandi va omborda 1400 so’mlik material qoldi.FIFO usuli bo’yicha materiallarni baholaymiz(4-jadval):





FIFO usulida materiallarni baholanishi13
4-jadval




Materiallar sarfi

Miqdori

Bir birlik materialning qiymati, so’m

Jami qiymat, ming so’m

1-partiya

1000

600

600

2-partiya

1700

800

1360

3-partiya

100

900

900

Jami sarflandi

2800




2860

Ombordagi qoldiq

1400

900

1260




LIFO usuli bo’yicha materiallarni baholaymiz(5-jadval):


LIFO usuli bo’yicha materiallarni baholanishi14

  1. jadval




Materiallar sarfi

Miqdori

Bir birlik materialning qiymati, so’m

Jami qiymat, ming so’m

1-partiya

1500

900

1350

2-partiya

1300

800

1040

3-partiya

-

-

-

Jami sarflandi

2800




2390

Ombordagi qoldiq

400
1000

800
600

320
600

Jami qoldiq

1400




920





12 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan 13 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan 14 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan

AVECO usuli bo’yicha materiallarni baholaymiz(6-jadval):
AVECO usuli bo’yicha materiallarni baholanishi15



  1. jadval




Materiallar sarfi

Miqdori

Bir birlik materialning qiymati,
so’m

Jami qiymat, ming so’m

1-partiya

1000

600

600

2-partiya

1700

800

1360

3-partiya

100

900

900

Jami sarflandi

2800

788.8

2207

Ombordagi qoldiq

1400

788.8

1103

Eslatma. Material birligining o’rtacha qiymati AVECO usulida quyidagicha aniqlanadi: (3310/4200)=788.8 so’m. Yuqorida keltirilgan usullardan foydalanib, sarflangan material tannarxi hamda yil oxirida zahiralarga taqsimlanadigan xarajatlarni aniqlash lozim(-jadval):

  1. jadval.

Sarflangan material tannarxi hamda yil oxirida zahiralarga taqsimlanadigan
xarajatlarni aniqlash16

FIFO usuli bo’yicha:




Sotishdan olingan daromad

3250

Jami material tannarxi

3310

Hisobot davri oxirida material qoldig’i

1260

Sarflangan material tannarxi

2050

Yalpi foyda

1200

LIFO usuli bo’yicha:




Sotishdan olingan daromad

3250

Jami material tannarxi

3310

Hisobot davri oxirida material qoldig’i

920

Sarflangan material tannarxi

2390

Yalpi foyda

860

AVECO usuli bo’yicha:




Sotishdan olingan daromad

3250

Jami material tannarxi

3310

Hisobot davri oxirida material qoldig’i

1103

Sarflangan material tannarxi

2207

Yalpi foyda

1043



15 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
16 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan

Yuqoridagi 7-jadvallardan ko’rinib turibdiki, materiallarni baholashning turli xil usullarini qo’llash sharoitida korxonaning yalpi foydasi turlicha bo’ladi. LIFO usuli «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun ko’proq talabga javob beradi. Ammo amaldagi bahoning oshishi yoki pasayishi sharoitida ishlab chiqarish zahiralari qiymatini joriy balansda baholash uchun unchalik maqsadga muvofiq emas va uning O’zbekistonda qo’llanilishiga ruxsat berilmagan.
Balans tuzishda FIFO usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir, chunki ishlab chiqarish zahiralari qiymati hisobot davri oxirida joriy bahoga yaqinroq bo’ladi va korxona aktivlarini aniq aks ettiradi. Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalarini o’z vaqtida bajarish va buning natijasida boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sharoit yaratish zarur, chunki aynan ishlab chiqarish zahiralari to’g’risidagi aniq ma’lumotlar ularning me’yoriy hajm darajasida ushlab turishga imkon beradi va bu o’z navbatida saqlash xarajatlari, yaroqsizlikdan zararlarni kamaytiradi. O’z navbatida shuni ham aytib o’tishimiz lozimki ishlab chiqarish zahiralari hisobi vazifalarini bajarish uchun ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning asosiy tamoyillarini bilish lozim.


  1. BOBGA XULOSA


“Ishlab chiqarish zahiralari hisobining amaliy asoslari” deb nomlangan bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida ishlab chiqarish zahiralari harakatini buxgalteriya schyotlari va hujjatlarida aks ettirish tartibi, ishlab chiqarish zahiralarini baholash tartibi hamda ular hisobini takomillashtirish masalalari talaba shaxsiy fikr-mulohazalari asosida bayon qilingan. Jumladan, ushbu bobda Materiallarni to’g’ri hisobga olishda ularning faktura bahosini aniqlash muhimdir. Xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha materiallarni joriy hisobda hisobga olishda ularning haqiqiy qiymatini bilish juda muhim. Xalqaro savdo amaliyotidagi faktura bahosini aniqlashda moddiy qiymatliklar bahosi va qoplanadigan transport tariflari, yuklarning sug’urta to’lovlari, eksport soliqlari va bojxona yig’imlarining malum tartibda qoplanishi va uni tomonlar
qoplanishini belgilash zarur.
Ishlab chiqarish zahiralarining kirim va chiqim operatsiyalari bo’yicha kundalik rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlar belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Materiallarning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya yoki boshqa usullar yordamida hisobga olinadi. Ushbu usullarning mohiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordagi hisobi son shaklida, buxgalteriyada esa pul shaklida yuritiladi. Buxgalteriyada yuritiladigan hisob materiallarning harakati bo’yicha omborda rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlardagi malumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang’ich hujjatlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar to’g’riligi ombor varaqalarining «nazorat» bo’limida imzo bilan tasdiqlanadi. Hisobot oyining oxirida ombordagi hisob buxgalteriyada yuritiladigan sintetik hisob malumotlari bilan taqqoslanadi.
AVECO usuli materiallarning o’rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo’yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o’xshash birliklarning o’rtacha o’lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o’xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O’rtacha qiymat davriy asosda yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektda mavjud bo’lgan vaziyatga ko’ra, har bir qo’shimcha etkazib berish davomida hisoblanishi mumkin.
FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi bo’yicha baholanadi, so’ngra ikkinchi partiya bahosi bo’yicha va hokazo. FIFO usulida xom-ashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo’yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat’iy nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usulidan qo’llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi. LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi partiya tannarxi bo’yicha yoziladi, so’ngra avvalgi partiya va hokazo.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə