Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə13/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bog’lanish9i

  1. jadval




T/r

Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Mol etkazib beruvchilardan materiallar olindi

1010-1090

6010

2

Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan
materiallarning qiymati

1090

9210

3

Ta’sischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil
materiallarning kelib tushishi

1010-1090

4610

4

Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik
jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi

1010-1090

6110, 6120

5

Boshqa shaxslardan materiallarning tekinga olinishi

1010-1090

8530

6


Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan yaroqsizlik (defekt) bo’yicha mol etkazib beruvchiga
bildirilgan da’vo

4860


1010-1090



7

Transport-tayyorlov xarajatlarining materiallar
tannarxiga kiritilishi

1010-1090

1510

8

Yaroqsiz mahsulotdan qolgan materiallarning kirim
qilinishi

1090

2610

9

Materiallarning haqiqiy tannarxi bo’yicha kirim
qilinishi (1500 schyot qo’llanilganda)

1010-1090

1510

10

O’zida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim
qilinishi

1010-1090

2310

11

To’lovi inkor etilgan oldin bildirilgan da’vo
summasining hisobdan chiqarilishi

1010-1090

4860

12


Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga materiallarning
chiqarilishi

2010, 2310,
2510, 2710

1010-1090



13

Ma’muriy ehtiyojlar uchun materiallarning berilishi

9420

1010-1090

14

Yaroqsiz mahsulotni tuzatish uchun materiallarning
sarflanishi

2610

1010-1090

15

Mahsulotlarni sotish uchun idishlarning sarflanishi

9410

1060

16

Chetga chiqib ketayotgan materiallarning qiymatini
hisobdan chiqarish

9220

1010-1090

17

Tabiiy ofat natijasida yo’qotilgan materiallarning
hisobdan chiqarilishi

9720

1010-1090

18

Inventarizatsiya natijasida materiallarning
kamomadi aniqlandi

5910

1010-1090



9 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan

Mol etkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga materiallarning qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
Qabul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki etishmasligi aniqlansa, u holda materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol etkazib beruvchilar hujjatlarida ko’rsatilganidan ortiq bo’lsa, u holda ko’p chiqqan material qiymatiga tegishli material schyotlari debetlanib, 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» hisobvarag’i kreditlanadi.
Sotib olingan materiallar bo’yicha mol etkazib beruvchilar schyotining to’lanishiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Korxonaning o’zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Materiallar mol etkazib beruvchilardan sotib olinganida ko’p hollarda ularni sotib olish hamda tayyorlash bilan bog’liq operatsiyalar 1510-
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag’ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa hisobvaraqlarning kreditlari bo’yicha materiallarning sotib olish qiymati qiymati shakllanadi.
Shuningdek bu erda materiallar bilan bog’liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi. Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo’yicha haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi. Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og’ishlar» hisobvarag’iga o’tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og’ishlar» hisobvarag’ining debetida yig’ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtiyojlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag’iga ko’chiriladi.
1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag’i debetidagi qoldiq korxonaga hali kelib tushmagan yo’ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi. Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. Bularga materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog’liq barcha xarajatlar kiradi. Quyidagi jadvalda korxona bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab topish misoli keltirilgan(2-jadval):

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə