Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə15/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

chizma. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash usullari11

Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash ko’p mehnat va vaqt talab qiladi. Shuning uchun ham ko’pchilik hollarda moddiy boyliklar joriy hisobda - o’rtacha sotib olinish bahosi, reja tannarxi bo’yicha va boshqa baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o’rtacha sotib olinish bahosi yoki reja tannarxi o’rtasidagi farq ularning guruhlari bo’yicha alohida hisobvaraqlarda hisobga olinadi. Amaliyotda kompyuterlarning keng qo’llanilishi material zahiralari har bir turining haqiqiy tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo’llash bilan amalga oshirish mumkin.
AVECO usuli materiallarning o’rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo’yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o’xshash birliklarning o’rtacha o’lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o’xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O’rtacha qiymat davriy asosda yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektda mavjud bo’lgan vaziyatga ko’ra, har bir qo’shimcha etkazib berish davomida hisoblanishi mumkin.
FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi bo’yicha baholanadi, so’ngra ikkinchi partiya bahosi bo’yicha va hokazo. FIFO usulida xom-ashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo’yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat’iy nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usulidan qo’llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi. LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi partiya tannarxi bo’yicha yoziladi, so’ngra avvalgi partiya va hokazo. Zahirada qolgan materiallar qiymati hisobot davrining oxirida birinchi sotib olingan material tannarxi bo’yicha hisoblanadi. LIFO usulidan foydalanish inflyatsiya davrida eng past foydani, deflyatsiya, ya’ni narxlarning pasayishi vaqtida eng yuqori foydani keltiradi. Bir qancha mamlakatlarning
11 Chizma muallif tomonidan tayyorlangan
soliq qonunchiligida, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida bu usulni qo’llash taqiqlanadi. Chunki bu usulda korxona foydasidan to’lanadigan soliqni hisoblash bazasi kamayib ketadi. Misol. Korxonada yil davomida quyidagi materiallar sotib olindi(3-jadval):




Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə