Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili


III BOB ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TAHLILINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə17/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#145527
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili

III BOB ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TAHLILINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI


3.1. Ishlab chiqarish zahiralari holati va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili

Korxonalarda moddiy resurslardan to’liq, bir me’yorda hamda samarali foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni ifodalaydigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. Shu jumladan asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik hamda aylanma fondlar va mablag’lar bilan ta’minlanganlik darajasi hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida alohida turlari bo’yicha ham hisoblash mumkin. Masalan stanoklar bilan, xom ashyo bilan, elektr energiya bilan, yoqilg’i bilan va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini aniqlash mumkin. Moddiy resurslardan foydalanishning to’liqliligini asosan korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi isbotlaydi. Korxonalarda mehnatni moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi. Uni jami moddiy resurslar qiymatini korxonada mavjud bo’lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash mumkin. Bu ko’rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy resurslar qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham aniqlash mumkin. Uni alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda aylanma fondlar bilan ta’minganlik ko’rsatkichlari bo’yicha ham aniqlash mumkin.


Ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda materiallardan foydalanish samaradorlik
ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlari ifodalaydi. Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi.
Materiallar xarajati koeffitsienti - haqiqiy sarflangan materiallar xarajatini biznes rejadagisi haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan ko’rsatkichga nisbatini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarish jarayonida materiallar sarfidan iqtisod (yoki ortiqcha sarf)ga erishganligini ifodalaydi. Bu koeffitsient 1 dan katta bo’lsa moddiy resurslardan samarali foydalanilganligini bilish mumkin.
Material sig’imini alohida ko’rsatkichlari moddiy resurslarning ayrim turlaridan samarali foydalanishni xarakterlaydi. Ular qatoriga yoqilg’i sig’imi, material sig’imi, xom-ashyo sig’imi kabi ko’rsatkichlarni kiritish mumkin. Odatda material sig’imini o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir etadi. Material sig’imining omilli tahlilining tuzilishini quyidagi 4-chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin bo’ladi.
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlarining natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga bevosita bog’liqdir. Chunki, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasda bo’lishligini ob’ektiv ravishda taqozo etadi. Shuning bilan birgalikda u resurslar zamon talabiga ham mos kelishi lozim. Korxonalarning material resurslariga bo’lgan talabini aniqlashda me’yoriy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Ya’ni, qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo’yicha alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi(4-chizma).






Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə