jadval
“Korrect-mebel” MCHJda materiallar xarajatlarga sarf me’yori va baho ta’sirining tahlili
Material turlari
|
Materiallar xarajati, so’mda
|
Farqi (+,-)
|
Reja miqdor va baho
|
Haqiqiy miqdor haqiqiy baho
|
Shartli, haqiqiy miqdor va reja bahosi
|
Jami
|
Shu jumladan
|
Sarf
me’yorining o’zgarishi hisobiga
|
Material bahosining o’zgarishi
hisobiga
|
1
|
2=V*VI
|
3=II*III
|
4=II*VI
|
5=3-2
|
6=4-2
|
7=3-4
|
Karton A
|
14000
|
16800
|
15680
|
+2800
|
+1680
|
+1120
|
Karton B
|
13920
|
16250
|
15600
|
+2330
|
+1680
|
+650
|
Jami
|
27920
|
33050
|
31280
|
+5130
|
+3360
|
+1770
|
“Korrect-mebel” MCHJ materiallar xarajatlariga e’tibor beradigan bo’lsak maxsulot ishlab chiqarish uchun ikki turdagi karton qog’ozlari kerak bo’ladi. Agar maxsulot ishlab chiqarish uchun haqiqatda sarflangan materiallar xarajatini rejadagisi bilan solishtiradigan bo’lsak u rejaga nisbatan 5130 so’mga ko’p. Shundan 1770 so’mi materiallar bahosining ortishi evaziga, qolgan 3360 so’mi esa sarf me’yoriga rioya qilmaslik tufayli yuzaga kelgan. Materiallar bahosi A turdagi karton bo’yicha 8 so’mga oshishi tufayli bu turdagi materiallar xarajatlarni 1120 so’mga oshishiga olib kelgan, B turdagi karton bo’yicha esa 5 so’mga narxning ko’tarilishi ushbu turdagi materiallar bo’yicha xarajatlarni 650 so’mga oshishiga olib kelgan. Tahlil davomida materiallar sarfining o’zgarish sabablari, ishlab chiqarish stanoklarining texnik nosozligi, xom-ashyo sifati, ishchilarning malakasi, materiallar bahosiga inflyatsiyaning ta’siri va boshqa sabablarga alohida ahamiyat beriladi. Materiallar samaradorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar tizimiga materiallar qaytimi va va mamateriallar sig’imi ko’rsatkichlari kiritiladi. Materiallar qaytimi ularning har bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulot hajmini tavsiflasa, sig’imi har bir so’mlik mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan materiallar qiymatini tavsiflaydi. Materiallarni har ikki ko’rsatkich bo’yicha tahlil etishda ularning qiyosiy farqlanishlarini va o’zgarish sabablarini o’rganishimiz lozim. Materiallar qaytimi va sig’imi tahlilida
materiallar qiymati va qaytimi ta’sirida mahsulot hajmining o’zgarishlariga baho
beriladi. Mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir etuvchi moddiy omillar tahlilida ularning o’rtacha yillik qiymatlarining o’zgarishi va materiallar qaytimi o’zgarishlariga muhim ahamiyat beriladi. Bu bevosita korxonada mavjud ichki imkoniyatlarni aniqlash va belgilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi(10- jadval).
Dostları ilə paylaş: |