O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi



Yüklə 208,47 Kb.
səhifə1/36
tarix11.12.2023
ölçüsü208,47 Kb.
#146778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O\'zbekistonda sement sanqati-hozir.org


O'zbekistonda sement sanqati

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


«KIMYOVIY TEXNOLOGIYa» KAFEDRASI
«BOG’LOVCHI MODDALARNING KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI»

fanidan
FarPI uslubiy kengashi Yig`ilishida kurib chiqilgan. Majlis bayoni № « » 2010 yil


FARG’ONA – 2010 y.

Ushbu muammoli ma’ruzalar matni «Bog’lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi» fanidan tayyorlangan bo’lib, ma’ruza matnlari V.5522400


«Kimyoviy texnologiya» yo’nalishi uchun Oliy kasbiy taolimning Davlat standarti talabalari asosida tuzilgan bo’lib uning mazmuni va xajmi ushbu yo’nalish bo’yicha tasdiqlangan o’quv reja va fanning dasturiga mos keladi.
Ma’ruzalar matnlari ushbu yo’nalish bo’yicha taolim olayotgan talabalar uchun 20 soatga mo’ljallangan bo’lib, talabalarni ma’ruza mashьulotlarida olgan nazariy bilimlarini musta’kamlashga, ularni mustaqil ishlashga ko’nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi. Bu fan talabalarga bog’lovich moddalarni ishlab chiqarish va uning turlari, ularning fizik-kimyoviy xossalari, olinish usullari, цement ishlab chiqarish texnologiyalari hamda ularni qishloq va xalq xo’jaligidagi ahamiyati, hamda qo’llanilishi bilan tanishtiradi.
Ma’ruza matnlari «Kimyoviy texnologiya» kafedrasining uslubiy seminarida muxokama qilingan (2010 yil seminar bayoni).
Ma’ruza matnlari Kimyo texnologiya fakulptetining uslubiy komissiyasi tomonidan maoqullangan (2010 yil dagi yiьilish bayoni № ).
Tuzuvchilar: t.f.n. Кodirova D.T.

Mavzu: O'ZBEKISTONDA SEMENT SANOATI


Reja:



  1. O'zbekistonda sement sanoatining taraqqiyot bosqichlari.


  2. Ilmiy-texnika taraqqiyotining sement sanoatidagi samaradorligi.


  3. Anorganik (mineral) bog'lovchi materiallar.

Markaziy Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda sement sanoati vujudga kelishining o'ziga xos tarixi bor.
1926-yilning iyunida Bekobod sement zavodi O'rta Osiyoda birinchi bo'lib sement ishlab chiqara boshladi.
Korxona dastlabki uch yil davomida portlandsement ishlab chiqarishni o'zlashtirib, yiliga 28 ming tonnadan mahsulot berdi. O'sha kezlarda zamonaviy hisoblangan bu zavod soatiga 4 tonna klinker ishlab chiqaradigan bitta 45 metrli aylanma pechga ega edi. Unda xomashyo va klinkerni tuyuvchi shar tegirmonlar va 1000 kVt quvvatli elektrostansiya bor edi.
1936-1937-yillardagi birinchi rekonstruksiyadan so'ng Bekobod zavodi yiliga 155000 tonna mahsulot bera boshladi. Zavod 1959- yili qayta rekonstruksiya qilinib, ancha kengaytirildi. Ikkita 118 metrli aylanma pech o'rnatildi. 1961-yili yana bitta 150 metrli pech ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik quvvati 720000 tonnaga yetdi. Endilikda zavod texnologiyasi uzluksiz takomillashib, ulkan korxonaga aylandi. 1970- yili korxona quvvati 800000 tonnani tashkil etgan bo'lsa, 1990-yil oxiriga borib sement ishlab chiqarish 1 million tonnaga yaqinlashdi.
Shuni aytish kerakki, mazkur zavodda dastlabki vaqtlarda sementning asosiy tarkibiy qismi bo`lmish ohaktoshdan tashqari Suluktadan keltiriladigan maxsus tuproq ham ishlatilar edi. Geolog olim, O'zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi A.S.Uklonskiyning taklifiga binoan 1927-yili Sulukta tuprog'i mahalliy lyoss bilan almashtirildi. Shundan beri respublika zavodlarida sement ishlab chiqarishning ikkinchi tarkibiy qismi sifatida mahalliy lyoss tuprog'i ishlatilmoqda. 1929-yili hukumat qaroriga binoan Quvasoy sement zavodi qurila boshlandi. Bu zavod 1932-yilning 21-fevralida ishga tushirildi. Birinchi yili Quvasoy zavodi 42,2 tonna sement ishlab chiqardi. Ammo hali murakkab jarayonlarning ko'p qismi qo'l kuchi bilan bajarilar edi. Texnologiya takomillashib, ishchi va muhandis-texnik xodimlar malakasining o'sishi tufayli birinchi besh yil ichida zavodning ishlab chiqarish quvvati 120500 tonnaga yetdi. 1946-1951- yillarda zavod rekonstruksiya qilinishi natijasida sement ishlab chiqarish yiliga 200000 tonnani tashkil qildi. 1951-1959-yillar mobaynida Quvasoy zavodida qayta ta'mirlash ishlari amalga oshirildi, zavod kengaytirildi va 150 metrli pechlar bilan jihozlangan, to'la mexanizatsiyalashgan ikkita texnologik liniya ishga tushirildi. 1959-yilga kelib hamma pechlar gaz bilan ishlaydigan bo'ldi. Zavod quvvati 1960- yili 670000 tonnani, 1970-yili esa qariyb 800000 tonnani tashkil qildi. 1990 yil oxirida zavod 1 million tonnaga yaqin mahsulot bera boshladi.
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Rossiya zavodlaridan ko'chirib keltirilgan jihozlar hisobiga Angren shahrida bir soatda 6,2 tonna sement ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo`lgan, uzunligi 57,5 metr, diametri 3 metr bo'lgan bir pechli zavod qurildi. Kichik zavod hisoblangan bu zavodning yillik quvvati 40 ming tonnaga ham yetmas edi. Zavod 60-yillarning o'rtalarida qayta jihozlanib, 80 metrlik pechlar o'rnatildi va zavodning o'rtacha yillik quvvati 50 ming tonnani tashkil etdi.
Respublikamizda oq va rangli sementga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib, Angren sement zavodi oq sement ishlab chiqarishga moslashtirildi va qayta jihozlandi. Bunda laboratoriya va zavod sharoitida Angrendagi past sifatli kaolinitli tuproqdan va Ohangaron ohaktoshidan juda yaxshi qovushib, pishadigan yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan oq sement olish mumkinligi aniqlandi. Bunday sementga turli rang berish ham oson edi. 1977-yilning boshiga qadar Angren sement zavodi yiliga 60 ming tonna oq sement ishlab chiqara boshladi.
Sement sifatini, xususan, uning oqlik darajasini oshirish va rangli xillarini ko'paytirish maqsadida Angren sement zavodini yangi texnika bilan qayta jihozlash va 2-pechni o'rnatib ishga tushirish zarurati tug'ildi. Buning natijasida zavod quvvati ikki marta ortdi.
1968-yilning boshida Ohangaron sement zavodi ishga tushirildi. Hozirgi kunda bu zavod yiliga qariyb 2 million tonna sement ishlab chiqarmoqda.
O'zbekiston sementchilari olimlar bilan hamkorlikda ish olib borib, uysozlik zavodlariga tez qotadigan, irrigatsiya inshootlari uchun sulfatga chidamli sement, neft va gaz quduqlari uchun tamponaj, yo`l qurilishi hamda pardozlash ishlariga oq rangli sement hamda boshqa xil sementlar ishlab chiqarishni o'zlashtirdilar.
Korxonalardagi mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanish, yangi xomashyo manbalarini so'nggi texnologiya chizmalari asosida qo`llash loyihalari yaratilmoqda. Ohangaron kaolini, aluniti, Olmaliq, Samarqand ammofos zavodlarining chiqindisi - fosfogips va boshqa mineral xomashyolarni kompleks qayta ishlash natijasida qo'shimcha ko'plab sement tayyorlash imkoniyatlari mavjuddir.
«Yujgiprosement» instituti loyihasi (Ukraina Respublikasi) asosida qad ko'targan Navoiy sement zavodi ko'p jihatlariga ko'ra odatdagi korxonalardan farq qiladi. U O'rta Osiyoda birinchi marotaba «quruq usul» deb ataladigan texnologiya asosida ishlaydi. Bunda xomashyoni kuydirish uchun sarflanadigan yonilg'ining 30-35 % i tejaladi. Bu usul bilan olib boriladigan ish jarayonida ko'p chang ajralib chiqqanligi uchun uzoq vaqt qo'llanilmay kelindi. Haqiqatan ham sement changi uzoq masofadagi havoni ifloslantirib, atrof-muhitga ma'lum darajada zarar keltirar edi. Yangi korxonada xomashyoni kuydirishga tayyorlovchi ulkan (balandligi 20 qavatli binoga teng) siklonli issiq almashtirgichlar o'rnatilgan. Ular qo'shimcha chang tozalash moslamalari bilan birgalikda havoni ham tozalaydi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avto-matlashtirish darajasi bu korxonada yuqori. Hozirgi zavodlarda ishlab turgan eng yirik aylanuvchi pechlarning diametridan bir yarim, ikki barobar katta yetti metr diametrli va uzunligi 95 metr bo'lgan pechlar ilk bor o'rnatilmoqda. Ular har ishchi boshiga 2700 tonna sement ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bu hozirgi kunda g'oyat yuqori ko'rsatkich hisoblanib, AQSH va Yaponiyaning eng ilg'or sement zavodlari ko'rsatkichlaridan ancha ko'p.
Xomashyoni kondan uzatish, uni dozalash, pishirish, tuyish, texnologik
rejimlarning to'g'ri ishlashini ta'minlash kabi jarayonlar programmali boshqaruvchi va avtomatik tuzilmali elektron hisoblash mashinalari yordamida kuzatib turiladi. Hozirgi vaqtda ishlab turgan pechlarga siklonli issiqlik almashtirgichlar o'rnatilsa, ish unuml 20-25% ga ortadi, yonilg'i sarfi 30-35%, shuningdek, mablag' va metall sarfi sezilarli darajada kamayadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sementni «quruq» usulda ishlab chiqarish tayyorlanayotgan jami mahsulotning 50 foizini tashkil etsa, ayni vaqtda bir qator xorijiy mamlakatlarda mazkur usul yetakchi hisoblanadi. Jumladan, bu usul salmog'i Germaniyada 90%, Yaponiyada 78%, Vengriyada 55%, Bolgariyada 45%, AQSH da 42% ni tashkil etadi. Respublikamiz korxonalarida sement tayyorlashning bunday usulini joriy etish, so'zsiz katta iqtisodiy samara beradi.

    1. Ilmiy-texnika taraqqiyotining sement sanoatidagi samaradorligi.


Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati zamonaviy asbob-uskuna, ilg'or texnoiogiya va ishlab chiqarishning potok-konveyer usullari, avtomatlashtirishning zamonaviy vositalaridan foyda-lanishga asoslangan, yuqori darajada rivojlangan sanoat tarmog'iga aylanmoqda. Natijada qurilish materiallari sanoatining hozirda bir qancha muhim tarmoqlari, ya'ni sement, yig'ma temir-beton, asbosement ishlab chiqarish vujudga keldi.
Eng keng tarqalgan qurilish materiallaridan biri - sement qurilish «noni»dir. Yuqorida qayd qilib o'tilgan murakkab vazifa - sement sanoatini texnik jihatdan qayta qurollantirish va shu yo'l bilan texnologik jarayonlarning yuqori samaradorligiga erishish, bu sohaning jadallik bilan rivojlanishiga olib keladi.
Ushbu tarmoqning texnikaviy bazasini quyidagi muhim omillar bo'yicha yanada rivojlantirish mumkin:
Yangi va yanada unumli pechlar, tegirmonlar, shuningdek, boshqa turdagi asbob-uskunalar (agregatlar, mashina, mexanizm va apparatlar)ni joriy etish va o'zlashtirish.
Asbob-uskunalarni modemizatsiyalash.
Mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangi texnologik jarayonlarni joriy qilish.
Ishlab chiqarishdagi og'ir va sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish hamda kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish.
Materiallar va yonilg'ilarning yangi turlarini ishlatish, asosiy hamda yordamchi materiallar xomashyosining sifatini yaxshilash.
Sement sanoati korxonalarining texnik darajasini oshirishning asosiy yo'nalishlaridan biri yangi, ko'p quvvatli asbob-uskunalar yaratish va o'zlashtirishdir. Shuni aytish kerakki, sement ishlab chiqarish hajmi faqat yangi zavodlar qurish hisobiga emas, balki klinker kuydiriladigan pechlar va maydalash agregatlarining yangi turlarini joriy qilish bilan ham oshiriladi. Hozirgi vaqtda qo'l- lanilayotgan uzunligi 150-185 m, diametri 4-5 m bo'lgan aylanuvchi pechlar o'rniga yaqin vaqtiarda dunyoda eng yirik pechlar - uzunligi 230 m va diametri 7 m bo'lgan, soatiga 125 tonna yoki yiliga 1 million tonna klinker ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo'lgan pechlar, shuningdek, diametri 7 m, uzunligi 95 m va siklon issiqlik almashtiruvchisi bo'lgan pechlar qo'llaniladi. Yangi pechlar 150 metrli pechlarga nisbatan 5 marta, 185 metrli pechlarga nisbatan esa 1,7 marta unumli. Tonna quvvat hisobidagi solishtirma kapital sarflar 40-15%, klinker kuydirish tannarxi 20-10% kam. Mamlakatimizda Navoiy shahridagi zavodda ikkita shunday liniya mavjud.
Yuqori unumli asbob-uskunalar qoilashning katta iqtisodiy samara berishiga Ohangaron sement kombinatida ishga tushirilgan 7 kilometr uzunlikdagi lentali transportyor yaqqol misol bo`ladi. U maydalash fabrikasidan ohaktosh yetkazib beradi. O'n yillar mobaynida bu transportyor nuqsonsiz ishlamoqda. Lentaning tutashadigan qismlari uzilib qolsa, vulkanizatsiya usulida biriktiriladi. O'n yillar mobaynida umumiy uzunligi 14000 metrlik lentaning 700 metri yoki 5 foizi almashtirildi. Uch smenali ishda transportyorga 26 kishi xizmat qiladi. Avtomobil transportiga qaraganda transportyorda tashilganda xomashyoning tannarxi ancha kamaymoqda.
Texnika yutuqlarini joriy etishning yana bir yo'li asosiy texnoiogiya asbob- uskunalarini modemizatsiyalash bo'yicha kompleks ishlar olib borishdir. Masalan, Ohangaron sement zavodida pech muzlatkichlari va yuritmalarini o'zlashtirish orqali aylanuvchi pechlardan foydalanish ancha yaxshilandi, natijada ulardan foydalanish koeffitsiyenti 1-1,5% ortdi. Bekobod sement kombinatida aylanuvchi pech qayta ta'mirlandi (diametri 3 metrdan 3,6 metrgacha kattalashtirildi). Natijada mehnat unumdorligi ortdi. Hozirgi kunda boshqa pechlar ham qayta ta'mirlanmoqda.

1 - jadvalda ko'rinib turibdiki, 3,6x3,3x3,6x150 m o'lchamli pechlarda qayta ta'mirlash ishlarini olib borish, ularni 170 metrga qadar uzaytirish, diametrini esa 4, 6-5 metrgacha kengaytirish, takomillashgan klinker sovitgichlar o'rnatish pechlarning samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, pechlar yanada takomillashgan tayanch qurilma konstruksiyalarga, kuydirish jarayonlarini avtomatik rostlash tizimini, pechning holatini va korpus qizishini kuzatuvchi apparatlarga ega bo'lishi kerak.




Yüklə 208,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə