O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi


Suvli va suvsiz kalsiy sulfat modifikatsiyasi



Yüklə 208,47 Kb.
səhifə8/36
tarix11.12.2023
ölçüsü208,47 Kb.
#146778
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
O\'zbekistonda sement sanqati-hozir.org

Suvli va suvsiz kalsiy sulfat modifikatsiyasi


Harorat va qizish sharoitlariga bog`liq holda suvli kalsiy sulfatning turli modifikatsiyalarini hosil qilish mumkin, ular kristallarning zichligi, shakli va oichamlari, gidratatsiya issiqligi, issiqlik sig'imi, optik xossalari va boshqa
xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Kalsiy sulfat modifikatsiyasini, ulaming barqaror mavjudlik sharoitlarini, birining ikkinchisiga aylanishini tekshirishga bir qancha tadqiqotlar bag'ishlangan (Le Shatelye, Vant Goff, A.A. Baykov, D.S. Belyankin, P.P. Budnikov, Kelli, Suttard, Anderson, Flerks va boshqalar). Biroq hozirga qadar uning suvli va suvsiz modifikatsiyalari soni, ularning tuzilishlari hamda flzik-kimyoviy xossalari xususida yagona fikr yo'q. D.S.Belyankin va L.G.Berg tadqiqotlari bo'yicha, shuningdek, Kelli, Suttard, Anderson ma`lumotlari asosida kalsiy sulfatning quyidagi modifikatsiyalari ma`lum:

  1. ikki molekula suvli kalsiy sulfat (gips) CaSO4 • 2H2O.




  2. a - yarim molekulali suvli kalsiy sulfat (a - yarim gidrat) a - CaSO4 • 0,5H2O, B - CaSO4 • 0,5H2O.


  3. B - yarim molekula suvli kalsiy sulfat (B - yarim gidrat).


  4. a - suvsizlantirilgan yarim gidrat a - CaSO4.


  5. B - suvsizlantirilgan yarim gidrat B - CaSO4.


  6. a - eruvchan angidrid a - CaSO4.


  7. B - eruvchan angidrid B - CaSO4.
  8. Erimaydigan angidrid (odatda angidrit deb ataladigan) CaS04.


Gips suvsizlantirilganda dastlab yarim gidratga aylanadi so'ngra qizish jarayonida suvsiz modifikatsiyalarga - angidridlarga aylanadi. a- va B- modifikatsiyalarining hosil boiishi issiqlik ta'sirida ishlov berish sharoitlariga bog`liq.



B- yarim gidrat deb ataluvchi modifikatsiya digidratatsiya jarayonida suvning bug' holida chiqish sharoitida hosil boiib, natijada bu modifikatsiya zarralari ichki yuzasi ancha rivojlangan tarkibiy tuzilish hosil qiladi.

B - yarim gidratdan farqli ravishda a - yarim gidrat gipsga suvda yoki tuz va kislotaning suvdagi eritmalarida issiqlik ta'sirida ishlov berilayotganda hosil bo`ladi. Bunda suv suyuq tomchi holatida ajralib, a- yarim gidratning zich kristallari hosil boiishi uchun sharoit tug'iladi. Natijada B- yarim gidrat zarrachalarining solishtirma sathi a- yarim gidratnikiga nisbatan ancha (2,5-5 marta) yuqori bo`ladi.
Zarrachalar ichki sathining xilma-xilligi yordamida B va a yarim gidratlarning sindirish va zichlik ko'rsatkichlaridagi farqni izohlash mumkin.


a yarim gidrat suvda qorilganda B- yarim gidratga nisbatan kam suv sarflab qo'zg'aluvchanligi keraklicha boigan xamir olish mumkin. Demak, gipsning a - yarim gidratli modifikatsiyasidan qotgan gips B- yarim gidratliga nisbatan ancha zich va mustahkam bo`ladi. Agar a va B- yarim gidratlar teng hajmdagi suvda qorilsa, hosil bo`ladigan gipstoshning mustahkamligi ham o'zaro teng bo`ladi.
Suvda qorilganda a - yarim gidrat B- yarim gidratga nisbatan birmuncha sust tishlashadi, bunda B - yarim gidrat zarrachalarining chinakam sathi yuqori darajada rivojlanganligi tufayli gidratatsiya tezligi ortadi


Yüklə 208,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə