O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi



Yüklə 208,47 Kb.
səhifə11/36
tarix11.12.2023
ölçüsü208,47 Kb.
#146778
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
O\'zbekistonda sement sanqati-hozir.org

Mavzu: OHAK TEXNOLOGIYASI

Reja:



  1. Havoda qotadigan ohak.


  2. So'ndirilmagan kesak-ohak.


  3. So`ndirilgan oxak.

Havoda qotadigan ohak deb, tarkibida 8% gacha gil qo'shilmalar bo'lgan va erib yopishib qolmaydigan qilib bir me'yorda kuydirilgan ohaktoshlarni mayda tuyish natijasida hosil bo`ladigan havoda qotuvchan bog'lovchi moddalarga aytiladi.
Hali tuyilmagan kuydirish mahsuloti so'ndirilmagan kesak ohak (qaynama) deb ataladi. U shu holicha bog'lovchi modda hisoblanmaydi va uni qorishma hamda beton tayyorlashda ishlatib bo'lmaydi. Bog'lovchi modda boiishi uchun kesak-ohak mayda tuyilishi zarur.
Kesak-ohakni maydalashning ikki usuli qo'llaniladi: mexanik usul - zo'ldirli yoki boshqa tegirmonlarda tuyiladi;
so'ndirish usuli - ohak bo'laklariga suv bilan ta'sir qilinadi; shunda ohak o'z- o'zidan mayda zarrachalarga parchalanadi (dispergirlanadi).
Kesak-ohak qanday usulda maydalanganiga qarab, havoda qotadigan tovar ohakning quyidagi turlari bo'ladi:

  • kesak-ohak (qaynama)ni mexanik usulda maydalab tayyorlanadigan so'ndirilmagan tuyilgan ohak. U tarkiban asosan kalsiy oksididan tashkil topgan bo'ladi;


  • kesak-ohak (qaynama)ni ma'lum miqdordagi suv bilan (kukunsimon holatga kelgunicha) so'ndirib tayyorlanadigan so'ndirilgan gidrat ohak (pushonka- kukun). Kimyoviy tarkibi jihatidan u kalsiy gidrati Ca(OH)2 dan iborat bo'ladi;


  • kesak-ohak (qaynama)ni ortiqcha suv bilan so'ndirish natijasida hosil bo'ladigan mahsulot - ohak xamiri; ohak xamiri asosan gidrat oksidi va suvdan iborat bo'ladi.


Kesak-ohakni so'ndirib yoki tuyib maydalash jarayoniga faol yoki gidravlik mineral qo'shilmalar (domna va yoqilg'i shlaklari, kul, vulkan kuli, pemza, tuf, kvars qum, semyanka, trepel va gips tosh) qo'shish mumkin. Ohakka qancha mineral qo'shilma qo'shish mumkinligi ohakning faolligi (%CaO + % MgO) bilan aniqlanadi. Ammo 12-jadvalda ko'rsatilgan miqdordan kam bo'lmasligi kerak.


Ohak ishlab chiqarish uchun ohaktoshlardan foydalaniladi. Ohaktoshlarda kalsiy karbonatdan tashqari ozmi-ko'pmi magniy karbonat ham bo'ladi. Kuydirilayotganda karbonat tuzlari qattiq CaO va MgO oksidlari hamda gazsimon mahsulot - CO2 ga dissotsiatsiyalanadi. Gazsimon mahsulot chiqarib tashlanadi, qolgan qattiq oksidlar esa havoda qotadigan so'ndirilmagan ohak tarkibiga kiradi. Havoda qotadigan ohak qancha magniy oksidi borligiga qarab oz magnezialli (5% gacha magniy oksidi bor), magnezialli (5 dan 20% gacha magniy oksidi bor) va dolomitli (20 dan 41% gacha magniy oksidi bor) ohaklarga bo'linadi.
Ohakda magniy oksidi va gil-aralashmalar bo'lishi uning xossalariga, jumladan, so'nish tezligiga1 katta ta'sir qiladi. Havoda qotadigan ohak so'nish
jarayonining davom etish muddatiga qarab ikkiga bo'linadi: tez so'nuvchan ohak 20 daqiqa ichida so'nadi va asta so'nuvchan ohak 20 daqiqadan ortiq muddatda so'nadi.
Qaynama-ohakni so'ndirayotganda ohak xamiri harorati har xil bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham havoda qotadigan ohak ko'rsatkichiga qarab shartli ravishda ikkiga bo'linadi: past ekzotermik ohak (so'ndirilayotgan vaqtdagi eng yuqori harorati 70°C dan past) va yuksak ekzotermik ohak (so'ndirilayotgan vaqtdagi eng yuqori harorati 70°C dan ortiq).

Yüklə 208,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə